56
(«mukofot» yoki «super» ma’nolarini anglatadi) va oktan soni
90–94 bo‘lgan «Regular» (regular – «doimiy» ma’nosini anglata-
di) benzinlardan foydalaniladi. Yevropa iqtisodiy hamkorlik mam-
lakatlarida ishlatiladigan benzinning 78 foizi «Premium» va 22
foizi «Regular» markali benzinlarga to‘g‘ri
keladi Barcha benzinlar
etillangan bo‘lib, ularning tarkibida 0,15–0,4 g/
l qo‘rg‘oshin bo‘-
ladi.
Yaponiyada ishlatiladigan benzinlarning asosiy qismi (97 foizi)
oktan soni (tadqiqot usulida aniqlanganda) 91 bo‘lgan «Regular»
markali benzinlardan iborat bo‘lib, «Premium» benzinining ulushi
2 foiz atrofida, etillangan benzin esa 0,5 foiz atrofidadir.
AQSHda oktan soni 96 bo‘lgan benzinlarning ulushi 15 foizni,
oktan soni 93 bo‘lgan benzinlar ulushi 40 foizni, oktan soni
92 bo‘lgan benzinlar ulushi esa 45 foizni tashkil etadi. Etillangan
benzinlarning ulushi esa 35
foizni tashkil etadi, ularning tarkibida
0,29 g/
l qo‘rg‘oshin bo‘ladi. Hozirgi
paytda AQSHda faqat etillan-
magan benzindan foydalanish bo‘yicha qaror qabul qilingan. Ok-
tan soni 92 bo‘lgan (umumiy ishlab chiqarishdagi ulushi 85 foiz)
«Regular» va oktan soni 96 bo‘lgan «Premium» benzinlarini ishlab
chiqarish rejalashtirilmoqda.
Yevropa iqtisodiy hamkorlik mamlakatlarining 20. 03. 85- yil-
dagi № 85/210 sonli qaroriga binoan, tadqiqot usuli bilan aniqlan-
gan oktan soni 95 (motor usulida 85) bo‘lgan etillanmagan «Pre-
mium» benzinidan foydalanishga o‘tilgan. «Regular» markali
benzinlarning oktan soni 91–92 oralig‘ida bo‘ladi.
Xorijda ishlab chiqarilayotgan benzinlarning boshqa
xususiyat-
lari mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan benzinlardan deyarli
farq qilmaydi (2. 4- jadval).
2. 4- jadval