• Benzinning aktiv yemirilish ko‘rsatkichlari
  • Suvda eriydigan kislota va ishqorlar.
  • K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    usulida olingan benzin-
    ning induksion davri T ga 
    antioksidlovchilar konsen-
    tratsiyasining ta’siri.
    2. 10- rasm. Termik kreking usulida 
    olingan benzin tarkibida haqiqiy 
    smola С hosil bo‘lishiga paraokside-
    fenilamin ta’sirining benzinni saqlash 
    muddati τ ga bog‘liqligi.
    Antioksidlovchilar qo‘shilgan benzinlarni ishlatishda alohida 
    qoidalarga rioya etish talab etiladi. Jumladan, bunday benzinlar 
    tarkibida suv bo‘lmasligi lozim, chunki benzin tarkibidagi antiok-
    sid lovchilar suvda eriydi. Natijada benzin tarkibidagi antioksid-
    lovchilar miqdori kamayadi va bu benzin tarkibida muddatidan 
    avval smolalar hosil bo‘lishiga olib keladi. 


    46
    2. 9. Benzinning aktiv yemirilish ko‘rsatkichlari
    Yonilg‘ining korroziyalash xususiyati faqatgina uni dvigatelda 
    ishlatishni baholash uchungina zarur bo‘lib qolmay, balki saqlash, 
    tashish, uzatish jarayonlari uchun ham ahamiyatlidir. 
    Benzinlarning metallarga korrozion ta’siri boshqa neft mah-
    sulotlari kabi minimal bo‘lishi lozim. Yonilg‘i tarkibida kislota-
    lar, ishqorlar, oltingugurt va oltingugurtli birikmalarning bo‘li-
    shi metallarning korrozion yeyilishiga sabab bo‘ladi. Benzinning 
    metallarga korrozion ta’sirini yonilg‘i tarkibidagi korroziyalovchi 
    birikmalarning korroziyalashdagi o‘rni nuqtayi nazaridan ko‘rib 
    chiqamiz. 
    Suvda eriydigan kislota va ishqorlar. Mineral kislotalar va 
    boshqa suvda eriydigan birikmalar qora va rangli metallarga nis-
    batan kuchli korrozion ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ularning 
    yonilg‘i tarkibida bo‘lishiga ruxsat etilmaydi. Ishqorlar esa rang-
    li metallarga kuchli korrozion ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun 
    yonilg‘i tarkibida ishqorlarning bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
    Suvda eruvchi kislotalar va ishqorlar metallarga kuchli korro-
    zion ta’sir etadi. Shuning uchun ham yonilg‘i tarkibida ularning 
    bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ularning miqdorini davlat standarti 
    (DS 6307–75) asosida aniqlanadi. Buning uchun o‘rtasidan ikki 
    bo‘lakka bo‘lingan voronkaga 50 ml tekshirilayotgan yonilg‘i qu-
    yi ladi, yarmiga esa distillangan suv quyiladi va ular aralashtiriladi. 
    Keyin indikatorlar (metiloranj kislotalar uchun; fenolftalein ishqor-
    lar uchun) ta’sir ettirilib, aralashmada suvda eruvchi kislota va ish-
    qor bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. Agar ularning mavjudligi aniqlan-
    sa, bu yonilg‘i dvigatelda ishlatilmaydi. 

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish