54
Qishki va yozgi benzinlardan to‘g‘ri foydalanilsa,
dvigatel
ishonch liroq va tejamliroq ishlaydi. Qish mavsumidan yoz mav-
sumiga, aksincha, yoz mavsumidan qish mavsumiga o‘tishda (bir
oy mobaynida) har ikki turdagi benzindan va ularning aralashma-
sidan foydalanishga ruxsat etiladi. Yilning
qolgan davrida benzin
turi ob-havo sharoitlariga qat’iy mos kelishi lozim. Qishda yozgi
benzinlardan foydalanilganida dvigatelni yurgizib yuborish qiyin-
lashadi, ba’zan butunlay mumkin bo‘lmay qoladi, yonilg‘i sarfi,
benzinning kondensatsiyalanishi ortadi, moy suyulib ketadi. Nati-
jada dvigatel detallari tez yeyiladi. Aksincha, qishki yonilg‘idan
yozda foydalanish mumkin emas, chunki bunda bug‘lanish hiso-
biga yonilg‘i
isrofgarchiligi keskin ortadi, dvigatel qizib ketadi,
ta’minlash tizimida bug‘ tiqinlari hosil bo‘ladi, yonilg‘i me’yorda
berilmaydi, dvigatel beqaror ishlaydi, ish rejimi keskin o‘zgargani-
da to‘xtab qoladi, yonilg‘i sarfi ortadi. Aralashgan benzinlardan
foydalanilganida ham yuqorida aytilgan hodisalar ro‘y beradi.
Avtomobil benzinlarini ishlatish bo‘yicha
yuqorida keltirilgan
yil fasllari va hududning iqlim sharoitlari bo‘yicha umumiy ma’lu-
motlardan tashqari, ishlatilayotgan benzinning ekspluatatsion xu-
susiyatlari bo‘yicha aniq tasavvurga ega bo‘lish lozim. Bunday
tasavvurni hosil qilishda benzinning har bir markasi uchun to‘ldi-
riladigan pasportdan foydalaniladi. Pasportda har bir markadagi
benzin (yoki boshqa mahsulot) uchun davlat standarti talablari aso-
sida u yoki bu ko‘rsatkichning aniq qiymatlari keltirilgan bo‘ladi.
Pasportda yonilg‘ining zichligi, motor usulidan aniqlangan oktan
soni, tetraetilqo‘rg‘oshin miqdori, to‘yingan bug‘lar bosimi, oltin-
gugurt va haqiqiy smola miqdori, yonilg‘i fraksiyalarining haydal-
ish haroratlari, benzinni haydashdagi qoldiq hamda yo‘qotishlar
miqdori ko‘rsatiladi. Yonilg‘i pasporti asosida uning sifatini stan-
dart talablariga javob berishi tegishli standart ko‘rsatkichlari bilan
solishtirib aniqlanadi. Agar pasport ma’lumotlari standart talabla-
rini qanoatlantirsa, bunday yonilg‘ini ishlatish mumkin. Standart
talablarini, hech bo‘lmaganda, bitta ko‘rsatkich bo‘yicha
qanoat-
lantira olmaydigan yonilg‘ilar
nostandart yonilg‘i deyiladi. Ammo
55
standart talablariga to‘la mos kelmaydigan yonilg‘ini ishlatishga
umuman yaroqsiz deb hisoblash noto‘g‘ri. Nostandart yonilg‘ilar,
moylash materiallari va boshqa neft mahsulotlarining sifat ko‘rsat-
kichlari standart ko‘rsatkichlardan chetga chiqishi ruxsat etilgan
miqdorda bo‘lsa, bunday yonilg‘i hamda moylash materiallaridan
belgilangan maqsadlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri foydalanish mumkin.
Avtomobil benzinlari ko‘rsatkichlarining asosiy standart ko‘rsat-
kichlardan chetga chiqishining ruxsat etilgan qiymatlari 2. 3- jad-
valda keltirilgan. Ushbu jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga asos-
lanib, nostandart benzinlarini ishlatish bo‘yicha xulosa chiqarish
mumkin. Agar chetga chiqish ruxsat etilgan chegarada bo‘lsa, bun-
day benzinlarni hech qanday chegaralashlarsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri
ishlatish mumkin.
2. 3- jadval