• Termik kreking
  • K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    induksion davr bilan baholanadi. Induksion davr deganda, quruq va 
    toza kislorod muhitida 0,7 MPa bosim ostida hamda 100°С haro-
    ratda benzinning o‘z tarkibini o‘zgartirmasdan (oksidlanmasdan) 
    saqlanish davri tushuniladi. Bu davr minutda o‘lchanadi. Turli mar-
    kadagi benzinlar uchun induksion davr qiymati 600–900 daqiqaga, 
    sifat belgisi berilgan benzinlar uchun 1200 minutga teng. 
    Benzinning induksion davri qanchalik katta bo‘lsa, u shunchalik 
    turg‘un bo‘ladi va uni shunchalik uzoq muddat saqlash mumkin. 
    Quyida shimoliy, mo‘tadil va janubiy iqlim sharoitlarida avtomo-
    bil benzinlarining ruxsat etilgan saqlash muddatlari (yil hisobida) 
    keltirilgan:
    Sig‘imlarda:
    yer osti va yarim yer ostiga o‘rnatilgan ..........................6 5 4


    44
    yer ustiga o‘rnatilgan ......................................................5 4 3
    Bochkalarda .........................................................................4 3 2
    Yonilg‘i baklarida .................................................................2 1,5 0,5
    Benzinning ruxsat etilgan saqlash muddatining minimal qiy-
    mati (yarim yil) yonilg‘ini saqlash noqulay bo‘lgan janubiy iqlim 
    sharoitiga (bochkalarda), saqlash muddatining maksimal qiymati 
    (6 yil) esa yonilg‘ini saqlash qulay bo‘lgan shimoliy sharoitiga (yer 
    ostiga joylashtirilgan sig‘imlarda) to‘g‘ri keladi. 
    Benzinning smolaliligi uning tarkibidagi haqiqiy smolalar miq-
    dori bilan aniqlanadi. 
    Standartlarda haqiqiy smolalarning miqdori me’yorlanadi. Ular-
    ni aniqlashning mohiyati ma’lum miqdordagi yonilg‘ini issiq havo 
    bilan yuqori haroratda (150°C) bug‘lantirishdan iborat. Yonilg‘i 
    bug‘latilganidan keyin qolgan qoldiq smola miqdorini bildiradi. U 
    100 ml yonilg‘i hisobiga milligrammda o‘lchanadi. 100 ml yonilg‘i 
    tarkibidagi smola miqdori benzinning turli markalari uchun quyi-
    dagi qiymatlardan ortmasligi lozim: A–72 va A–76 markalardagi 
    benzinlar uchun 15 mg; АИ–93 markali benzinlar uchun 10 mg. 
    Agar haqiqiy smolalarning miqdori standartlarda ko‘rsatilgan-
    dek bo‘lsa, dvigatellar ko‘p miqdorda smola va qurum hosil qil-
    masdan uzoq muddat ishlaydi. Ko‘pincha yonilg‘i tarkibida smo-
    lalar ancha ko‘p bo‘ladi. Agar u me’yordan ikki-uch marta ko‘p 
    bo‘lsa, karburatorli dvigatelning motoresursi 20–25 foiz kamayishi 
    isbotlangan. 
    Agar benzin tarkibidagi haqiqiy smolalar miqdorining ortishiga 
    qarshi zarur chora-tadbirlar ko‘rilmasa, bir necha haftadan so‘ng 
    benzin tarkibida smolalar paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun 
    tarkibida termik yoki katalitik kreking fraksiyalar bo‘lgan benzin 
    tarkibiga zavod sharoitida maxsus oksidlanishga qarshi qo‘shil-
    malar (antioksidlovchilar) qo‘shish lozim. Antioksidlovchilar (in-
    gibitorlar) sifatida yog‘ochli smolalar (0,05–0,15 foiz), ФЧ–16 
    (0,03–0,10 foiz) yoki paraoksidifenilamin (0,007–0,10 foiz)lar-
    dan foydalaniladi. Bu antioksidlovchilarni benzinga ko‘rsatilgan 
    45
    miqdorda qo‘shish benzinning induksion davrini bir necha baro-
    bar orttiradi (2. 9- rasm), benzinning tarkibida smola hosil bo‘lish 
    jarayonini birdaniga pasaytiradi (2. 10- rasm) va benzinlar uzoq 
    muddat saqlashga yaroqli bo‘ladi. 
    2. 9- rasm. Termik kreking 

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish