K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




Download 6,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/156
Sana16.11.2023
Hajmi6,9 Mb.
#99491
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   156
Bog'liq
K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

nematik qovushoqlik deyiladi. Yonilg‘ining yonish kamerasida 
to‘zitilish sifati kinematik qovushoqlikka bog‘liq. Yonilg‘ining 
qovushoqligi juda katta bo‘lsa, u mayin to‘zimaydi, bug‘lanish-
ga ko‘p vaqt kerak bo‘ladi, oqibatda yonilg‘i chala yonadi (yonib 
ulgurmaydi), uning sarfi ortadi, qurum hosil bo‘lishi ko‘payadi, 
chiqindi gaz qorayib chiqadi, tutay boshlaydi. Yonilg‘ining qo-
vushoqligi kichik bo‘lsa, yonilg‘i nasosining detallariga yonilg‘i 
yaxshi surkalmaydi, buning oqibatida nasosning plunjerli juftlari 
tez yeyiladi. Bundan tashqari, yonilg‘i oqimi yonish kamerasining 
ichkarisiga yetib bormaganligi sababli silindrlarda aralashma hosil 


62
bo‘lish sharoitlari yomonlashadi. Yonilg‘i forsunka teshiklari orqa-
li sizib chiqishi mumkin. Bu esa qurum hosil bo‘lishini ko‘paytira-
di. Yonilg‘ining sizib chiqishi va oqishi tufayli uning sarfi ortadi. 
Qovushoqligi o‘rtacha bo‘lgan dizel yonilg‘isidan foydalanish 
maqsadga muvofiq. Bunda yonilg‘i juda mayda va bir xil tarkibli 
tomchilar tarzida to‘zitiladi, bug‘lanish, aralashma hosil bo‘lishi 
va uning yonish jarayonlari yaxshilanadi. Manfiy haroratda bun-
day yonilg‘ining oquvchanligi yaxshiroq bo‘ladi, u quvurlar, mayin 
tozalash filtrlari, yuqori bosimli nasoslardan oson o‘tadi. Bundan 
tashqari, ichki ishqalanishni yengishga kamroq energiya sarflanadi. 
Yuqorida keltirilgan fikrlar, dizel yonilg‘ilari ma’lum (opti-
mal) qovushoqlikka ega bo‘lishi lozimligini taqozo etadi. Harorat 
o‘zgarishi bilan qovushoqlik ham o‘zgaradi. Shuning uchun qo-
vushoqlikning qiymatini ko‘rsatishda u qanday haroratda aniqlan-
ganligini ham ko‘rsatish zarur. Davlat standarti talablariga binoan, 
dizel yonilg‘isi uchun 20°C haroratdagi qovushoqlik me’yorla-
nadi. Standart talablariga binoan yozgi yonilg‘ining qovushoqli-
gi 3,0–6,0 mm
2
/s; qishki yonilg‘ilar uchun 1,8–3,2 mm
2
/s; arktik 
yonilg‘ilar uchun 1,5 mm
2
/s ga teng deb belgilangan. 
Qovushoqligining oshishi yonilg‘ining yurgazib yuborish xos-
salariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Yozgi va qishki yonilg‘ilar qovu-
shoqligining o‘zgarish tavsifi 3. 1­ rasmda ko‘rsatilgan.
3. 1- rasm. Dizel 

Download 6,9 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   156




Download 6,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

Download 6,9 Mb.
Pdf ko'rish