78
ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zi birikmalar, ayniqsa, naftenli kislotalar dizel
yonilg‘isining filtrlanishini kamaytiradi, bunda mayin tozalash fil-
trlari tiqilib qoladi, ba’zan dag‘al tozalash filtrlarida cho‘kindilar
hosil bo‘ladi. Natijada yonilg‘i quyish kolonkalarining filtrlovchi
elementlari ishdan chiqadi va ifloslangan yonilg‘i tozalanmasdan,
transport vositasining yonilg‘i bakiga tushadi.
3. 6- rasm. Dizel yonilg‘isining tozaligini tekshirish:
a)
mexanik aralashmalar yo‘q;
b)
ishlatishga yaroqli (aralashmalar
bor);
d) anchagina ifloslangan (mexanik aralashmalar miqdori 0,01%);
e) ishlatishga yaroqli (mexanik aralashmalar miqdori 0,055%).
Suv yonilg‘ining filtrlanishini yanada yomonlashtiradi. Sovuq
vaqtda yonilg‘idagi suv muzlab, mayda muz kristallarini hosil qila-
di. Ular filtr teshiklarini berkitib qo‘yishi mumkin. Issiq vaqtda naf-
tenli kislotalar va suv sovuq cho‘kindi – sovun hosil qiladi. Ular
filtrlovchi elementlarda to‘planadi. Demak, tezyurar dvigatellar
yonilg‘ilarini tozalashda bu kerakmas birikmalarni chiqarib tash-
lash lozim.
Yonilg‘ining filtrlarning tiqilib qolishining oldini olish xususi-
yati
filtrlanuvchanlik koeffitsiyenti bilan baholanadi. Bu koeffitsi-
79
yent laboratoriyada maxsus asbobda aniqlanadi. Tozalanish dara-
jasiga ko‘ra, hozirgi zamon dizel yonilg‘isining filtrlanuvchanlik
koeffitsiyenti 2–3 dan oshmaydi.
Dizel yonilg‘ilarining mexanik aralashmalar va suv ta’sirida if-
loslanganligini kamaytirish uchun ular 10 kun va undan ortiq mud-
datda maxsus sig‘imlarda tindirilishi lozim.
3. 10. Dizel yonilg‘isi xossalarining qurum