1-mavzu. Texnologik mashinalar va jihozlar detallarining yeyilishi.
Reja
Texnologik mashinalar va jihozlar detallari yeyilishining turlari.
Mexanik va Molekulyar-mexanik yeyilish.
Zanglash oqibatida yeyilish
Mashinalarning xizmat muddati ularning yeyilish darajasi bilan aniqlariadi. Yeyilish deganda, mexanizmlarning dastlabki ekspluatatsion sifatlarini ancha yo‘qotishi tushuniladi. Yeyilish mashinalarni ishlatish vaqtida detallari o‘lchamlarming o’rganish jarayonidir. Bunda, odatda, detallar ish sirtlarining shakli, o‘lchamlari va holati o‘zgaradi. Bunday o’zgarishlar ma’lum kattalikka yetganda aynan metallar, mexanizmlar hamda butun agregatning ekspluatatsion sifatlari keskin yomonlashadi va ularni ta’mirlash zarurati tug‘iladi. Jihoz detallari har xil yeyiladi: ishlash sharoitiga qarab ayrim detallar tezroq, boshqalari esa sekinroq yeyiladi. Asta-sekin (yeyilish natijasida) va to‘satdan (avariya darajasida) ishlamay qolishlar. Asta-sekin ishlamay qolishlar to‘g‘ri foydalariilganda mashinalar uzoq muddat ishlashi natijasida ro‘y beradi. Bunda uning ish sifati sezilarli darajada pasaymaydi. To'satdan ishlamay qolish mashina detallarining tez kattalashib boruvchi yeyilishi natijasida yuz berib, qisqa vaqt ichida shu darajaga yetadiki, oqibatda mashinani bundan keyin ishlatish mumkin bo’lmay qoladi.
Avariya darajasida yeyilishlarga mashinaga yaxshi qaramaslik xususan moylash rejimiga rioya qilmaslik, mashinaga ortiqcha yuklama berish va kechikib yoki yomon ta’mir qilish sabab bo‘lishi mumkin. Avariyalar ko‘p hollarda jihozni
uzoq vaqtga ishdan chiqaradi, Avariyadan keyin jihozni ta’mir qilishga ko‘p mablag’ sarflashga to‘g‘ri keladi. Detallar sinishining asosiy sabablaridan biri saqlash, blokirovkalash qurilmalari va harakatni cheklagichlarning yo'qligi yoki borlarining buzuqligidir. Qator detallar uchun yo’l qo'yilgan chekli yeyilish, ya’ni shu detalni bundan keyin ishlatish mumkin bo'lmagan yeyilish kattaligi belgilarigan. Odatda, detallar uchun chekli yeyilish quyidagi alomatlarga qarab belgilariadi:
detallar mustahkamligi va puxtaligining pasayishi;
tutashma xarakterming o’zgarishi;
yeyilgan detallarning yig’ish birligidagi boshqa detallar ishiga ta’siri.
Jihoz detallarining yeyilish intensivligi (tezligi) ularning
ishlash sharoiti va rejimiga, ishqalariuvchi juftning materialiga, moylariish xarakteriga, sirpanishning solishtirma kuchi va tezligiga tutashish zonasidagi temperaturaga va atrof-muhitga (havoning ifloslariish darajasiga va hokazo) ko‘p jihatdan bog‘liq. Mexanik, molekular va korrozion yeyilishlar bo’ladi. Mexanik yeyilish bir detal boshqa detalda sirpanganda vujudga keluvchi ishqalariish kuchi ta’sirida yuz beradi. Yeyilishning bu turida birgalikda ishlaydigan detallar sirtidagi metall qatlami yeyilib, natijada bu detallarning geometrik o‘lchamlari o‘zgaradi. Mexanik, yeyilish
val-podshipnik stanina-stol, porshen-silindr va shu kabi keng tarqalgan detallar tutashmalari ishlaganda ro‘y beradi. Dumalash sirtlari ishqalariganda ham mexanik yeyilish sodir bo’ladi, chunki ishqalariishning bu turi albatta sirpanish ishqalariishi bilan birga yuz beradi, lekin bunday hollarda yeyilish juda kichik bo’ladi. Detallarning yeyilish kattaligi va xarakteri metallar ustki qatlamlarining fizik-mexanik xossalariga, tutashuvchi detallarning ish sharoitiga, bosimga,
nisbiy harakat tezligiga, ishqalariuvchi sirtlarning moylariish sharoitlariga, g‘adir-budurlik darajasiga va hokazolarga bog'liq. Ishqalariuvchi sirtlar mayda abraziv va metall zarrachalari bilan ifloslariganda yuz beradigan abraziv yeyilish detallarni kuchli yemiradi. Odatda, bunday zarrachalar ishqalariuvchi sirtlarga quyma zagotovkalarga (detallarga) ishlov berayotganda tushadi yoki sirtlarning o‘zi yeyilganda, chang o‘tirganda paydo bo'ladi va hokazo. Bunday zarrachalar qirqish xususiyatlarini uzoq vaqt saqlaydi,
sirtlarni tirnaydi, shiladi va iflosga aralashib, abraziv pastaga aylariadi, ana shu pasta ta’sirida tutashma sirtlar tez ishqalariadi hamda yeyiladi.
Detallarning yeyilishi boshqa sabablarga,
shu jumladan, tutashuvchi sirtlarining o‘zaro ta’siriga ham bog‘liq. Detallar bir-biriga nisbatan surilmasdan o'zaro ta’sirlashganda metallar eziladi, masalari, shponkali,
shlitsali, rezbali va boshqa birikmalarda shunday bo‘ladi.
Mashinalar ishlayotganda uning ko'pgina detallari (vallar, tishli g'ildiraklarning tishlari, shatunlar, prujinalar, podshipniklar) uzoq vaqt o'zgaruvchan yuklamalar ta’sirida bo‘ladi. Bu dinamik yuklamalar detallar mustahkamligiga statik yuklamalarga qaraganda ko‘proq xavf tug‘diradi. O‘zgaruvchan yuklamalar ta’sir
etganda detallar sezilarli qoldiq deformatsiyalarsiz