yemiriladi (mo‘rt sinish). Mexanik yeyilishga jihoz detallariga yomon xizmat ko‘rsatilishi ham sabab bo’ladi. Surkov moyi berish rejimi




Download 48,27 Kb.
bet2/2
Sana30.01.2024
Hajmi48,27 Kb.
#148718
1   2
Bog'liq
1-maruza. TARMOQ MASHINALARINI YEYILISHI VA TA’MIRLASH USULLARI fanidan

yemiriladi (mo‘rt sinish). Mexanik yeyilishga jihoz detallariga yomon xizmat ko‘rsatilishi ham sabab bo’ladi. Surkov moyi berish rejimi buzilganda, kechikib va sifatsiz ta’mir qilinganda, mashinaga ortiqcha yuklama berilganda detallar tezroq yeyila boshlaydi. O‘zgaruvchan yuklamalar ta’sirida materialning yemirilish hodisasiga materialning toliqishi sabab bo'ladi.
Vallar, prujinalar va boshqa detallar kondalarig kesimidagi toliqish tufayli yemiriladi. Bunda sinishning ikki zonali: kattalashgan darzlar zonasi bo‘lgan va sinish ro'y bergan zonali o‘ziga xos turi yuzaga keladi. Birinchi zonaning sirti silliq, ikkinchi zonaning sirti esa g‘adir-budur (kovakli, ba’zan donador) bo’ladi. Bunday sinish toliqish tufayli yuz beradi. Toliqib yemirilishning oldini olish uchun, yangitdan tayyorlariadigan yoki ta’mir qilinadigan detalning ko'ndalarig kesimi o‘lchamlarini to‘g‘ri tanlash hamda detalni uning O‘lchamlari keskin farq qilmaydigan qilib tayyorlash juda muhim. Bunda yomon ishlov berilgan sirt, chizilish va tirnalishlar toliqish darzlarga olib kelishini esdan chiqarmaslik kerak.
Mashinalar to‘g‘ri ishlatilsa, o‘z vaqtida va sifatli ta’mir qilinsa, Avariyalar bo‘lmaydi va mashinalarning xizmat muddati ancha uzayadi.
Molekular-mexanik yeyilish bir sirtning boshqasiga yopishib (tishlashib) qolishdan iborat. Bu hodisa surkov moyi kam, solishtirma bosim past bo'lganda kuzatiladi. Bunda ikkita sirt bir-biriga shunchalik yaqinlashib qoladiki, natijada molekulyar kuchlar ta’sir eta boshlashi oqibatida ishqalariish paytida sirtlar tishlashib qoladi. Korroziya suv, havo, kimyoviy moddalar, temperatura bevosita ta’sir etadigan mashina hamda ustanovkalar detallarida paydo bo‘ladi. Agar ishlab chiqarish xonalaridagi temperatura turg‘un bo’lmasa, u har gal ko’tarilganda havo tarkibidagi suv bug‘lari sovuqroq metall detallarga tegib, ularga kondensat ko'rinishida o‘tiradi. Bu hol metallning zanglashiga, ya’ni metallning havo kislorodi bilan qo‘shilishiga olib keladi.
Korroziya ta’sirida detallarda chuqur yeyilishlar paydo bo’ladi, material sirtida g'ovaklar hosil bo‘ladi, material mexanik mustahkamligini yo‘qotadi. Bu hodisa, xususan, bug’ yoki suv muhitida ishlaydigan gidravlik presslar va bug’ bolg'alari detallarida kuzatiladi.
Odatda, korrozion yeyilish bir detalning boshqasiga tutashishi tufayli mexanik yeyilish bilan birga yuz beradi. Bu holda korrozion-mexanik yeyilish, ya’ni kompleks yeyilish ro’y beradi.
Mexanik yeyilish - uch turga, ya’ni abraziv, plastik dcformatsiyali, mo‘rt yeyilishlarga bo'linadi.
Abraziv yeyilish - ikki sirt orasidagi o‘tkir qirrali va tirnovchi zarrachalarning ishqalanishidan hosil bo‘ladi.
Plastik deformatsiyali yeyilish - detallarga zo'riqish bilan kuchli ta’sir etib, og‘irligini o'zgartirmay, o’lchamlarini o'zgartirishi natijasida sodir bo‘ladi.
Mo'rt yeyilish - o'zaro bog'langan detallar sirtidagi metall qobig'i ishqalanishi va plastik deformatsiya natijasida parchalanib, uning ostidagi uchidan mo‘rt o‘zak qismining ezilishi natijasida hosil bo‘ladi.
Molekulyar mexanik yeyilish - ishqalanuvchi detallar sirtlarining, molekulyar bir biriga ilashishi natijasida hosil bo'ladi.
O‘zaro bog’langan detallar ishqalanuvchi sirtiga noteks ishlov berilishi natijasida metallning o'tkir qirrali qismi bir-biri bilan o‘zaro to'qnashadi. Bu to'qnashuv natijasida sirtdagi zarrachalar bir-biridan bo'linib ajraladi, bu esa yeyilish hisoblanadi.









Download 48,27 Kb.
1   2




Download 48,27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



yemiriladi (mo‘rt sinish). Mexanik yeyilishga jihoz detallariga yomon xizmat ko‘rsatilishi ham sabab bo’ladi. Surkov moyi berish rejimi

Download 48,27 Kb.