|
12-Ma'ruza. Detallar sirtlarining g‘adir budurliklari
|
bet | 1/4 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,31 Mb. | | #228296 |
Bog'liq (Lotin) 12-ma\'ruza MS
12-Ma'ruza. Detallar sirtlarining g‘adir budurliklari
Maʼruza rejasi:
1.Detal yuzasi sifati to‘g‘risida tushuncha.
2.Sirtqi qatlamlarning sifatini mashina detallarining ekspluatatsion xususiyatlariga taʼsiri.
3.Umumiy tushunchalar va taʼriflar. Sirt g‘adir-budurlikgi tushunchasi.
4.Sirt g‘adir-budurliklarining parametrlari.
5.Sirt g‘adir-budurliklarini chizmalarda belgilanishi.
Tayanch tushunchalar: Sirt g‘adir-budurligi - baza uzunligi chegarasida qadamlari nisbatan kichik bo‘lgan yuza shakli notekkisliklarning majmuidir.
Baza uzunligi - baza uzunligidan kattarok qadamga ega bo‘lgan, boshqa turdagi
notekisliklarni hisobga olmasdan sirt g‘adir-budurligini o‘lchash uchun tanlangan yuza uchastkasining uzunligidir.
Adabiyotlar.
[1] 185-196 betlar, [2] 94-104 betlar, [4]20-30 betlar.
Detal yuzasi sifati to‘g‘risida tushuncha.
Mexanik ishlov berilgan Detalningng yuzasining sifati quyidagi asosiy ikki xususiyati bilan xarakterlanadi:
a) mexanik ishlov berilgan metall sirtining fizik-mexanik xususiyatlari;
b) yuzaning g‘adir-budirlik darajasi (boshqacha qilib aytganda yuzaning tozaligi yoki tekisligi).
Detalning sirt qatlamini fizik-mexanik xususiyatlari mexanik ishlov berish usullari va metallning xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Mexanik ishlov berish jarayonida hosil bo‘lgan issiqlik va kuchlar taʼsirida metallning sirt yuzasini xususiyatlari o‘zgaradi, yaoni uning qattiqligi ortadi, qoldiq kuchlanishlar paydo bo‘ladi, naklyop sodir bo‘ladi, bularning barchasi plastik deformatsiya asosida vujudga keladi. Naklyoplanish darjasi va qoldiq kuchlanishlar kattaligi plastik deformatsiyani qanchalik chuqurlikda taʼsir etishiga bog‘liq. Bu holat o‘z navbatida kesish maoromlariga bog‘liq bo‘ladi.
Geometrik nuqtai nazaridan ishlov berilgan yuza quyidagi ko‘rsatkichlari bilan xarakterlanadi:
a) yuzaning makrogeometriyasi bo‘lib, u to‘g‘ri geometrik shakldan og‘ish bilan ifodalanadi (ovallilik, konussimonlik, bochkasimonlik va shu kabilar);
b) yuzaning to‘lqinsimonligi bu davriy ravishda takrorlanuvchi tahminan bir xil to‘lqinsimon og‘ishlar;
v) yuzaning mikrogeometriyasi yoki yuzaning g‘adir-budirligi. Yuza mikrogeometriyasi uni tozaligini ifodalaydi. Yuza to‘lqinsimon va bir vaqtda g‘adir-budir bo‘lishi mumkin.
9.1.1-rasmda turli xil yuzalar keltirilgan.
Yuza sifati quyidagi asosiy omillarga bog‘liq bo‘ladi: a) ishlov berilayotgan materialning turi va xususiyati; b) ishlov berish usuli (yo‘nish, randalash, jilvirlash);
v) materialni kesib ishlash maoromlari (kesish tezligi, kesish chuqurligi , uzatishlar miqdori);
g) texnologik ishlov berish tizimining bikrligi; d) kesuvchi asbobning geometrik parametrlari;
ye) kesuvchi asbob materiali;
j) kesish jarayonida sovutish-moylash suyuqliklarini qo‘llash;
1.1-rasm. Yuzalarning turlari: 1- to‘lqinsimon va g‘adir- budir; 2- to‘lqinsimon va toza; 3 – tekis va g‘adir-budir; 4 - tekis va toza.
|
| |