Sirtqi qatlamlarning sifatini mashina detallarining ekspluatatsion xususiyatlariga taʼsiri




Download 1,31 Mb.
bet2/4
Sana13.05.2024
Hajmi1,31 Mb.
#228296
1   2   3   4
Bog'liq
(Lotin) 12-ma\'ruza MS

2.Sirtqi qatlamlarning sifatini mashina detallarining ekspluatatsion xususiyatlariga taʼsiri.
Mashina detallarini ishlashining tahlili ishonchli ravishda shuni ko‘rsatadiki, to‘g‘ri loyihalangan va ekspluatatsiya qilinuvchi buyumlar sinib buzilishi natijasida ishdan chiqmas ekan. Agar sinish, avariya, biron hodisa bo‘lgan bo‘lsa ham normal sharoitda ekspluatatsiya qilishdan emas, balki favqulotdagi vaziyatdan kelib chiqar ekan. Shu bilan birgalikda, mashinalarning xizmat qilish muddati doim cheklangan bo‘ladi. Mashinalarning ishdan chiqish sababi, ularning detallarini sirtqi qatlamlarini takomillashmaganligida ekan. Aniqlik muammosi bilan bevosita bog‘langan tanavorlarga ishlov berishning texnologik usullari, sirtqi qatlamlarning sifatiga eng hal qiluvchi obrazda taʼsir qiladi va mashina sifatini shakllantiradi.
“Sirtqi qatlamlarning sifati” atamasi deganda, uchta ko‘rsatkichlarning birligi tushuniladi: sirt g‘adir-budirligi, uning to‘lqinsimonligi va qatlamning fizik-mexanik tavsiflari. Ular alohida alohida ko‘rilsa ham, ularning o‘zaro taʼsiri ravshan. Detalning xizmat vazifasiga bog‘liq holda hali bir, hali boshqa ko‘rsatkichini aniqlovchi bo‘lib xizmat qiladi.
Sirtqi qatlamning sifatini baholashda uning tuzilishiga ahamiyat berish kerak. Shartli ravishda chegaralangan qatlam alohida qismini ajratish mumkin. Yig‘ilgan mashinada tutashgan detallar bir-biri bilan kontaktda bo‘ladi. Chegaralangan qatlamning o‘zi bir nechta keltirilgan atomlar qatlamlaridan tashkil topgan. Ularning joyi chuqur qatlamlarda turgan atomlar joyidan sezilarli farq qiladi. Chuqur qatlamlarda joylashgan atomlar har tarafi boshqa atomlar bilan o‘ralgan va kuchlar maydonlari bilan muvozanatlashgan bo‘ladi. Bunday atomlar turg‘un muvozanat holatida bo‘ladi. Sirtda yotuvchi atomlar esa faqat qo‘shni va pastda yotuvchi atomlar taʼsirini qabul qiladi. Shuning uchun ular turg‘un bo‘lmay, muvozanatlashmagan holatda bo‘ladi, chegaraviy qatlam esa ozod sirtqi energiyalar zaxirasiga ega. Sirtqi energiyalar qismi (potensial energiya) kristallik reshyotkani deformatsiyalash uchun sarflanadi. Ikkinchi qismi (kinetik energiya) esa chegaraviy qatlam atomlarini tebratish jarayoniga sarflanadi.
Sirtqi qatlam energetik aktivligining ortganligi uning xususiyatini xizmati bilan bevosita bog‘langan, vaholanki bunday aktivligi uchun sirt atrof-muhit elementlarini, avvalom bor suv bug‘larini, gazlarni, yog‘larni va boshqalarni adsorbsiyalaydi (o‘ziga shimib oladi). Bu muhit detallarni boshqa sirtlar bilan kontaktlashishiga taʼsir qiladi. Adsorbsiyalangan qatlam qalinligi bir necha mikrometrdan tortib to ularning mingdan bir ulushigacha bo‘lgan miqdorni tashkil etadi.
Sirtlarda turli kimyoviy birikmalar paydo bo‘ladi. Ular ko‘pchilik hollarda oksidlardan iborat bo‘ladi.
Chegaralangan qatlamdan pastroqda kuchli deformatsiyalangan metall zarralaridan iborat qatlam joylashgan. Bunday deformatsiya oldingi amallarni bajarishda asbobni yuzaga texnologik taʼsir ko‘rsatishidan paydo bo‘ladi. Sirtqi qatlamni maydalangan kristallari oralig‘ida shunday qatlamlar joylashgan bo‘lib, joylashgan ko‘p sonli asosiy metalldan va shuningdek, donalarning chegaralari bo‘yicha konsentratsiyalashtiriluvchi turli aralashmalardan tashkil topgan.
Metallardagi aralashmalar – bu sirtqi qatlamning hamma hajmi bo‘yicha tarqalgan g‘ayritabiiy atomlardan iborat. Ularning qatnashishi kristallik reshyotkani buzadi, ular detallar yuzalarini fizik, mexanik, magnitlik va boshqa xossalariga juda ham kuchli taʼsir ko‘rsatadi.
Keskich asboblarning detallar yuza qatlamlariga taʼsiri natijasida sirtqi qatlamlarda kuchlanishlar vujudga keladi. Bu kuchlanishlar detallarning xizmat qilish xususiyatlariga sezilarli taʼsir ko‘rsatadi.
Sirtqi qatlamlarning eyilishi detallar va mashinalar sifatiga katta taʼsir ko‘rsatadi. Eyilish natijasida 80% mashinalar ishdan chiqishi kuzatilgan.
Mashina detallarining eyilishi sezilarli darajada tutashtiriluvchi yuzalarning g‘adir-budirliklariga bog‘liq. Amalda har qanday materialdan tayyorlangan detallarning ishlovchanligi (prirabotka) davrida, eyilish, yuzalarga mazkur ishlov berish usulining o‘ziga xosligi bilan aniqlanadi. Shuning uchun mashinasozlik texnologiyasi fani eng yuqori darajada eyilishga turg‘unlikni taʼminlash bilan bog‘langan tadbirlar olib borishi lozim. Amalda g‘adir-budirlikning optimal parametrlarini taʼminlash bilan ishlovchanlik davrini 2–2,5 marta kamaytirishga erishish mumkin.
Ko‘p sonli tekshirishlardan o‘rnatilgan, yuzalar charchaganligi oqibatida, buzilishlar sodir bo‘la boshladi. Charchaganlik hodisasi, yuzalar g‘adir-budirliklari va sirtqi qatlamning fizik-mexanik tavsiflari bilan uzviy bog‘langan. G‘adir-budirlik qancha kichik bo‘lsa, boshqa har qanday teng holatlarda charchash mustahkamligi shuncha yuqori bo‘ladi. Binobarin, har bir yuza notekisligi kuchlanishni to‘plovchi va buzilishning o‘chog‘i hisoblanadi. Kuchlanishlarning to‘planishi, nafaqat taʼsir qiluvchi asbob mikroiz chuqurligiga, balki bu qatlamlar shakllariga ham bog‘liqdir.
Sirtqi qatlamlarning tavsiflari kontakt bikrlik, titrash turg‘unligi, zanglash turg‘unligi, tutashmalar mustahkamligi, birikmalarning jipsligi, issiqlik aks etishi, qoplama bilan tutashish mustahkamligi, gaz oqimiga qarshilik ko‘rsatishi va boshqa ekspluatatsion ko‘rsatkichlar bilan bevosita bog‘liqdir.

Download 1,31 Mb.
1   2   3   4




Download 1,31 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sirtqi qatlamlarning sifatini mashina detallarining ekspluatatsion xususiyatlariga taʼsiri

Download 1,31 Mb.