KOMPYUTER
O P T I K K A B E L L A R
Tayyorladi:Ikromova Shahzoda
TARMOQLARI
Tekshirdi: Babakulov Bekzod
Mavzu: Optik tolali kabellar
Reja:
2.Optik tolaning tasnifi.
3.Optik tolali kabelni tuzilishi.
1.Optik tolali kabellar va ularning afzalliklari
Optik tolali kabellar va ularning afzalliklari
Optik tolali kabel – bu kabel turida axborot elektr
signali ko’rinishda emas, yorig’lik ko’rinishida
uzatiladi. Bu turdagi kabelning asosiy elementi –
shaffof shisha tola bo’lib, u orqali yorug’lik juda
katta masofalarga (o’nlab kilometrgachan) kam
(sezilarsiz) so’nish bilan uzatiladi.
Optik tolaning tuzilishi juda oddiy bo’lib u
koaksial elektr kabel tuzilishiga o’xshash (1–rasm).
1-rasm. Optik tolali kabelning tuzilishi
Faqat markaziy mis sim o’rniga bu
kabel turida ingichka (diametri 1 – 10
mkm atrofida) shisha tola ishlatilgan,
ichki ximoya qoplama o’rniga esa,
yorug’likni shisha tola tashqarisiga
tarqatmaydigan shisha yoki plastik
qoplamadan foydalanilgan.
Bu xolda biz ikki modda chegarasidan xar xil sinish koefitsentli to’liq ichki
qaytish xolatiga ega bo’lamiz (shisha qoplamaning sinish koefitsenti
markaziy tolaning sinish koefitsentiga nisbatan ancha kam). Kabelda sim
to’qma yo’q, chunki tashqi elektromagnit to’siqlardan ximoya kerak emas.
Ammo bazi xollarda tashqi mexanik tasirdan saqlash uchun sim to’qima
bilan o’raladi. Bunday kabelni bazi xolda yuqori darajada ximoyalangan
(bronevoy) deb xam ataladi, u simli to’qima ichida bir necha optotolali
kabellardan tashkil topgan xamda umumiy PVX qoplamaga olingan bo’lishi
mumkin.
Optik
tolali
kabel
to’siqlardan
ximoyalanish
va
uzatilayotgan
axborotni
sir
bo’lib
qolish
ko’rsatgichlari yuqoridarajaga egaligi
bilan ajralib turadi. Xech qanday
tashqi elektromagnit to’siq nurli
signalni o’zgartira olmaydi, signalni o’zi
esa
xech
qanday
elektromagnit
nurlanish xosil qilmaydi.
Tarmoqdan ruxsat etilmagan axborotni olish uchun kabelga mexanik
ulanish amalda mumkin emas, chunki bunday ulanish tufayli kabelni
butunligi buzilib ishga yaroqsiz bo’lib qoladi. Nazariy jixatdan bunday
kabelni signal o’tkazish yo’lagi 1012 Gts gachan etadi, boshqa turdagi elektr
kabellarga qaraganda bu juda xam yuqori ko’rsatgich. Optik tolali kabel
narxi yil sayin arzonlashib xozirgi vaqtda taxminan ingichka koaksial kabel
narxi bilan tenglashib qolgan.
Biroq bu xolda maxsus optik qabul qiluvchi va uzatuvchi qurilmalardan
foydalanish kerak. Bu qurilmalar yorug’lik signalini elektr signaliga va teskariga
o’zgartirib berishi uchun xizmat qiladi. Bunday qurilmalar tarmoq narxini sezilarli
darajada oshirib yuboradi.
Maxalliy tarmoqlarda foydalaniladigan chastotada optotoladagi signalning
so’nishi odatda taxminan 5 dB/km tashkil qiladi, past chastotali elektr kabel
ko’rsatgichiga to’g’ri keladi. Optik tolali kabelda signalni kabel orqali uzatish
chastotasi oshishi bilan signalni so’nishi juda kam bo’ladi.
Gelning yoriglik sinish koeffitsenti shisha tolaning yorig’liq sinish koefitsentiga
teng bo’ladi. Xar qanday xolatda xam bu ishlarni amalga oshirish uchun
maxsus moslamalar va yuqori malakali mutaxassislar kerakdir. Shuning uchun
optotolali kabellar turli uzunlikda va uchlariga kerakli turdagi razem
o’rnatilgan xolda savdoga chiqariladi.
Yuqori chastotada (ayniqa 200 MGts dan yuqori) uning ustunligi shubxsiz va
xech qaysi elektr kabel turi raqobat qila olmaydi.
Lekin optik tolali kabelning xam bazi bir kamchiligi mavjud.
Ulardan eng asosiysi – yig’ish (montaj) ishlarining murakkabligi. Razemlarni
o’rnatishni mikron aniqlikda amalga oshirish lozim, shisha tolani uzish
aniqligi va uzilgan yuzani shafoflash aniqligidan razemdagi signalning so’nish
ko’rsatgichi judayam bog’liq. Raz’emlarni o’rnatish uchun kavsharlanadi
(svarka) yoki maxsus gel yordamida yopishtiriladi.
Optik tolali kabellar mis asosidagi an'anaviy kabellarga nisbatan bir qancha
afzalliklarga ega:
- Yuqori tarmoqli kengligi: optik tolali kabellar mis kabellarga qaraganda ancha
yuqori tezlikda va katta quvvatlarda ma'lumotlarni uzatishi mumkin. Ular yuqori
tarmoqli kengligini ta'minlaydi va yuqori tezlikda ma'lumotlarni uzatishni qo'llab-
quvvatlaydi.
- Uzoq masofaga uzatish: optik tolali kabellar signalning sezilarli darajada
yomonlashuvi yoki yo'qolishisiz uzoq masofalarga ma'lumotlarni uzatishi mumkin.
Bir rejimli tolalar signallarni o'nlab yoki hatto yuzlab kilometrlarga uzata
oladi..
- Elektromagnit parazitlarga qarshi immunitet (EMI): Mis kabellardan farqli
o'laroq, optik tolali kabellar elektromagnit parazitlardan ta'sirlanmaydi. Ular
radiochastota shovqinlariga (RFI) va elektromagnit nurlanishga chidamli bo'lib,
ishonchli ma'lumotlarni uzatishni ta'minlaydi
Tashqi kabellar: Ushbu kabellar og'ir
ekologik sharoitlarga bardosh bera oladi,
harorat o'zgarishi kabi, namlik va UV ta'siri.
Zirhli yoki qattiq tashqi qobiq bilan
himoyalangan,
jismoniy
shikastlanishga
chidamlilik va qarshilikni ta'minlaydi.
|