|
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilarining ta’lim jarayoniga tegishli ma’lumotlarga egaligi va me’yoriy hujjatlar bo‘yicha savodxonligi bo‘yicha ma’lumot
|
Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 16,54 Kb. | | #157215 |
Bog'liq Ma\'lumotlar seminar yanvar
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilarining ta’lim jarayoniga tegishli ma’lumotlarga egaligi va me’yoriy hujjatlar bo‘yicha savodxonligi
bo‘yicha
MA’LUMOT
Filialda mavjud kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar ta’lim jarayoniga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar bilan yanada kompetensiyalarini oshirish, mustahkamlash maqsadida joriy yilning 3-4-yanvar kunlari talabalar qishki ta’til davrida HEMIS axborot tizimidan samarali foydalanishni o‘rganish, kredit-modul tizimidan to‘liq foydalanishni o‘rganish seminar-treninglari bo‘yicha vazirlikda tashkil etilgan seminarlarda malakasini oshirgan filial xodimlari tomonidan tashkil etilgan. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 824-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son, 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son va 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmonlari hamda 2019-yil 17-iyundagi PQ-4358-son qaror talablaridan kelib chiqqan holda ta’lim jarayonini tashkil etish va talabalar bilimini nazorat qilish tartibi to‘g‘risida akademik qoidalar haqida to‘liq tushunchalar berilgan.
Bu orqali tinglovchilar o‘quv yuklamalarini o‘zaro muvozanatlovchi “Talaba/o‘qituvchi” va “Auditoriya/mustaqil ta’lim” nisbatlarining o‘zgarishi dinamikasi, mustaqil ta’lim va shaffof baholash tizimi, mustaqil ta’lim shakllari va resurslari, amaldagi ta’lim tizimida kadr tayyorlash va kredit-modul tizimida kadr tayyorlash tizimining farqlari hamda qulayliklari to‘g‘risida tushunchalarga ega bo‘lishdi. Registrator ofisi orqali kredit-modul tizimida o‘quv jarayonlarini rejalashtirish va tashkil qilish, talabaning shaxsiy traektoriyasi shakllantirish, talabaning tanlov imkoniyatlaridan foydalanish hamda o‘quv jarayonini raqamlashtirish bo‘yicha qizg‘in muhokamaga kirishishdi.
Me’yoriy hujjat bilan ishlashni yanada tizimlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 15-yanvardagi 30-sonli buyrug‘i bilan kredit-modul tiziminini joriy etishning tashkiliy masalalariga taalluqli hujjatlarni mohiyati to‘liq ochib berilganligi kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilarning bu soha bo‘yicha savodxonligi yetarli darajada ekanligini ko‘rsatadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilarining ta’lim jarayoniga tegishli ma’lumotlarga egaligi va me’yoriy hujjatlar bo‘yicha savodxonligi bo‘yicha ma’lumot
|