|
Zamonaviy tekshiruv usullari. Diagnostik asbob- uskunalar haqida tushuncha
|
bet | 1/5 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 168,47 Kb. | | #233344 |
Bog'liq Bino va inshootlarni texnik holatini baholash fanidan mustaqil ish
Mavzu: Tadqiqot o‘lchov ishlari. (Turlari va asboblari)
Reja:
Mexanik usullar
Fizik usullar
ZAMONAVIY TEKSHIRUV USULLARI. DIAGNOSTIK ASBOB- USKUNALAR HAQIDA TUSHUNCHA
Qurilgan va ekspluatatsiya qilinayotgan bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalari va materiallarining mustahkamlik, deformatsiya va boshqa fizik- mexanik tavsiflarini aniqlash uchun mexanik va fizik usullardan foydalaniladi.
Mexanik usullar:
Statik yoki dinamik yuk ostida shtampni botirish yo‘li bilan beton yuzasiga tushadigan izning o‘lchamlari bilan mustahkamlik o‘rtasidagi bog‘liqlikka asoslangan plastik deformatsiya usuli. Beton yuzasidagi iz press ostidagi statik yukning, zarb ostidagi dinamik yukdan plastik yoki elastik-plastik deformatsiyani tavsiflaydi.
Yorish bilan qo‘porib olish sinov usuli. Bu usul konstruksiya qismidan beton bo‘lakchasini yorib qo‘porib olish uchun talab qilinadigan kuch bo‘yicha mustahkamlikni aniqlashga asoslangan. Buning uchun betonda parmalangan
teshikchaga sement qorishmasi bilan anker qurilmasi olinadi. Bu usul beton yuzasiga epoksid yelimi bilan o‘rnatilgan diskni yuqoridagi asbob bilan ko‘chirib olish orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
v) Prujina ostidagi bolg‘achani beton yuzasidan qaytishining o‘zgarishiga asoslangan va betonning mustahkamligini betonga urilgandagi qaytish kattaligi bo‘yicha tavsiflaydi.
Fizik usullarga impulsli, radioizotop tekshiruvlar misol bo‘ladi.
Impulsli usullardan, ultratovush usuli keng qo‘llaniladi. Bu usul ultratovush to‘lqinining betonda tarqalishiga ketadigan vaqtning o‘zgarishiga asoslangan.
Radioizotop usul betonning zichligini va oldindan o‘rnatilgan bog‘liqliklarga ko‘ra g‘ovakli betonlarning mustahkamligini aniqlash imkonini beradi. U radioaktav izotoplar manbalaridan chiqadigan gamma-nurlardan foydalanishga asoslangan.
Mustahkamlikni aniqlashdagi xatolarni kamaytirish maqsadida betonni kompleks sinovlarga, namunalarni buzuvchi usullarda beton mustahkamligini aniqlashni tavsiya etadi.
Temirbeton konstruksiyalarni metal konstruksiyalari hamda armaturasining fizik-mexanik tavsiflarini xuddi o‘sha elementdan kesib olingan namunani standart bo‘yicha sinash orqali o‘rnatiladi.
Hozirgi kunda bino va inshootlar konstruksiyalarining tekshirish bo‘yicha juda ko‘plab zamonaviy asbob va uskunalar mavjud bo‘lib, ular yordamida konstruksiyalar va konstruktiv elementlarining materialini tekshirish, ularning mustahkamligini aniqlash, ulardagi defektlarni, darzlarning chuqurligini, materialning bir jinsliligini, g‘ovakligini, elastiklik modulini, zichligini hatto armaturalarning zo‘riqtirilganlik darajalarini tekshirish imkoniyati mavjud. Bunday asbob va uskunalar yordamida konstruksiyalarni tekshirish buzuvchi va buzmaydigan usullarga ko‘ra aniqlanadi.
jadval
|
| |