|
Metrologiya, standartlashtirish va o’zaro almashuvchanlik Fanidan mustaqil ishi mavzu: Shlitsali birikmalarning shartli ifodalari bajardi
|
bet | 1/5 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 388,71 Kb. | | #125504 |
Bog'liq Shlitsali birikmalarning shartli ifodalari
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VA INNAVATSIYA VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITITETI OLMALIQ FILIALI
Metrologiya, standartlashtirish va o’zaro almashuvchanlik
Fanidan
MUSTAQIL ISHI
MAVZU: Shlitsali birikmalarning shartli ifodalari
BAJARDI: Xusnutdinov S. N.
TEKSHIRDI: ass. Ergashev D.Y
OLMALIQ-2023
Shlitsali birikmalarning shartli ifodalari
Reja:
1. Shlitsali birikmalarning turlari va ularning qo’llanishi.
2. Shlitsali birikmalarning ishlash qobiliyati va ularni hisoblashning asosiy mezonlari.
3. Shlitsali birikmalarning yuklanish qobiliyatini hisoblash usullari.
4. Xulosa:
5. Foydalanilgan adabiyotlar:
6. Test.
KIRISH
Shlitsali birikmalar valni detal gupchagiga biriktirish uchun ishlatiladi. Shlitsali birikmalar vallardagi tashqi tishlar va detal gupchagi teshigidagi ularga mos ichki tishlar shlitsalar orqali hosil qilinadi. Bu birikmalarni shponkalari val bilan yaxlit qilib tayyorlangan ko‘p shponkali birikma sifatida tasavvur etish mumkin. Ba'zan bu birikmalar
tishli birikmalar deb ham yuritiladi.
Shlitsali birikmalar shponkali birikmalarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
a) bir xil o'lchamlarda ishchi yuzasining sezilarli kattaligi va tishlar balandligi bo'yicha bosimning tekis taqsimlanishi evaziga yuklanish qobiliyati katta;
b) valning toliqish bo'yicha mustahkamligi yuqori;
v) detallar valda yaxshi markazlanadi va ularni val bo'ylab
surish lozim bo'lsa, aniqroq yo'naltiradi.
Shlitsali birikmalar quyidagicha qo'llanishi mumkin: detal gupchagini valga qo'zg'almas, mahkam biriktirish uchun; detallarning kichik qiymatdagi o'qdoshmasligini kompensatsiyalash uchun; yuklanishsiz va yuklanish uzatadigan qo’zg'aluvchan (o'q bo'ylab suriladigan) birikma hosil qilish uchun. O'qdoshmaslikni kompensatsiyalash detallarni tayyorlashdagi xatoliklar (kamchiliklar) yoki o'zi o'rnashadigan konstruksiyalarga bog'liq.
Yuklanish holatida o'q bo'yicha surishlarga parmalash shpindeli, avtomobillarning kardan vallari; yuklanishsiz surishlarga uzatmalar qutisidagi suriladigan tishli g'ildiraklar misol bo'ladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Metrologiya, standartlashtirish va o’zaro almashuvchanlik Fanidan mustaqil ishi mavzu: Shlitsali birikmalarning shartli ifodalari bajardi
|