O‘zaro almashuvchanlik va uning turlari




Download 254,35 Kb.
bet1/3
Sana05.12.2023
Hajmi254,35 Kb.
#111183
  1   2   3
Bog'liq
O‘zaro almashuvchanlik va uning turlari


O‘zaro almashuvchanlik va uning turlari.
O‘zaro almashuvchanlik deb, mahsulot, uning qismlarining yoki boshqa narsalarning ma’lum ko‘rsatkichlari va xususiyatlari bo‘yicha shu singari mahsulot nusxalari bilan o‘zaro almashish imkoniyatlariga aytiladi. O‘zaroalmashuvchanlik baholanish ko‘rsatkichlari asosida to‘liq, qisman, tashqi, ichki va funksional o‘zaroalmashuvchanliklarga bo‘linadi. Xalq xo‘jaligida, ishlab chiqarishda to‘la o‘zaroalmashuvchnlik qoidalaridan keng foydalaniladi. Bu qoidalar mahsulotga qo‘shimcha ishlov berilmasdan maqsad uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish imkoniyatini beradi. O‘zaroalmashuvchanlik talabiga javob berish uchun mahsulotning barcha funksional xususiyatlari bo‘yicha texnik talablarda belgilab qo‘yilgan oraliqda bo‘lishi kerak. Mahsulot ko‘rsatkichlarining aniqliga qo‘yilgan talablarning bajarilishi o‘zaroalmashuvchanlikga erishishning eng asosiy shartlaridan biridir. O‘zaroalmashuvchanlik qoidalari mahsulotni loyihalash, ishlab chiqarish va undan foydalanishda detallar, qismlar va butun mahsulotning o‘zaro almashuvchanligini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Mahsulot, uning qismlari va detallari o‘zaroalmashuvchan bo‘lishi mumkin. To‘liq o‘zaroalmashuvchanlik deb, mahsulot, uning qismlarining yoki boshqa narsalarning ma’lum ko‘rsatkichlari va xususiyatlari bo‘yicha shu singari boshqa mahsulot nusxalari bilan qo‘shimcha mexnat sarflamasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro almashish imkoniyatiga aytiladi. Ob’ektning to‘liq o‘zaroalmashuvchanligini ta’minlash, uni ishlab chiqarish va undan foydalanishda bir qancha yutuqlarga erishishga sharoit yaratadi: - mahsulot detallari va boshqa qismlarini o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan sexlarda ishlab chiqarib, mahsulotni yig‘ishni boshqa bir sexda tashkil qilish mumkin bo‘ladi; - yig‘ish jarayoni soddalashadi va bu ish yuqori saviyaga ega bo‘lmagan ishchilar tomonidan detallarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tutashtirishga keltiriladi; - yig‘ish jarayonini aniq me’yorlanishi, ishni patokda tashkil qilish va avtomatlashtirish imkoniyatini yaratadi; - zavodlar yuqori darajada mutaxassislashib, ular o‘rtasida yuqori samaradorlikga ega bo‘lgan hamkorlik o‘rnatilishi mumkin bo‘ladi; - mahsulotni ta’mirlash ishlari soddalashadi, chunki har qanday ta’mirlash ishlari, ishdan chiqqan detalni zahiradan yangi yoki oldindan ta’mirlangan detal bilan qo‘shimcha ishlov bermasdan almashtirishdan iborat bo‘ladi. Qisman o‘zaroalmashuvchanlik bo‘lganida esa mahsulot yoki uning qismlari boshqa shu singari mahsulot nusxalari bilan almashtirilishi uchun qo‘shimcha mehnat sarflab, uning xususiyatlarini moslashtirishni talab qiladi. Mahsulotning tashqi o‘zaroalmashuvchanligi deyilganda, uning ekspluatatsion ko‘rsatkichlari va shuningdek tutashish yuzalarining o‘lchami, shakli bo‘yicha bo‘ladigan o‘zaroalmashuvchanlik tushuniladi. Bu tushuncha etralicha keng ma’noga ega bo‘lib, ko‘pchilik detal, uzel va agregatlarga xosdir. Ichki o‘zaroalmashuvchanlik mahsulotning ma’lum bir turi, mexanizm, agregatga xos bo‘lishi mumkin va ularga tegishli bo‘lgan elementlarning aynan biror bir nusxa hajmida o‘zaroalmashuvchanligini ta’minlaydi. Masalan, podshipniklarning aylanuvchi sharik yoki roliklari ichki o‘zaroalmashuvchanlikga ega bo‘ladi. SHuni ta’kidlash kerakki, har qanday ob’ektni ham qarash darajsi kengayib borishi bilan, uning faqat ichki o‘zaroalmashuvchanlikga ega ekanligini isbotlash imkoniyatlari yaqqollasha boradi. Ishlab chiqarilgan mahsulotning o‘zaroalmashuvchanlik ko‘rsatkichi o‘zaroalmashuvchanlik k oeffitsienti bilan baholanadi va bu ko‘rsatkich quyidagicha aniqlanadi:

bu erda Tuad -mahsulotga kiruvchi o‘zaroalmashuvchan detallarni tayyorlash mehnat sarfi, soat; Td -mahsulotning barcha detallarini tayyorlash mehnat sarfi, soat.


Odatda Rossiya maxsus adabiyotlarida metall qirqish sanoatida o‘zaroalmashuvchanlik qoidalaridan foydalanish 1761 yil To‘la va ma’lum vaqtdan keyin Ijevsk qurol ishlab chiqarish zavodlarida qo‘llanilgan deb ta’kidlanadi. Aslida esa o‘zaroalmashuvchanlik qonun-qoidalaridan foydalanish ko‘p ming yillik o‘tmish tarixiga ega bo‘lib, Misr piramidalari qurilishida, qadimgi Rim suv quvrlari yotqizilishida keng qurilganligi ma’lum. O‘zaro almashuvchanlikning ishlab chiqarishdagi muxim axamiyatini odamlar o‘sha qadim zamonlarda ham anglab etishgan. O‘zaroalmashuvchanlikni ta’minlashda xisobga olinishi zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlardan biri maxsulot va uning elementlarini xarakterlovchi parametrlarning o‘lchamlaridir. Har qanday fizik kattaliklar ularning o‘lchamlari turlari va qiymatlari bilan aniqlanadi. O‘lchamlar odatda nominal eng katta, eng kichik ruxsat etilgan chegaraviy va haqiqiy miqdorlarga ega bo‘ladi. Odatda nominal o‘lcham qiymatlari standartlashtirilgan o‘lchamlar qiymatlari qatorida mavjud bo‘lgan sonlardan ma’lum hisoblarga asoslangan holda tanlab olinadi. Haqiqiy o‘lcham deb, ruxsat qilingan xatolik bilan o‘lchab aniqlangan qiymatga aytiladi. CHegaraviy o‘lchamlar ikkita bo‘lib, ular eng katta va engt kichik ruxsat etilgan chegaraviy o‘lchamlar deb ataladi. Ta’kidlash joizki, o‘zaroalmashuvchanlik qoidalari, o‘lchash tushunchalari asosan geometrik o‘lchamlar misolida talqin qilinadi. Mashinasozlikda mexanizmlarning aosisy detallari ish yuzalari silindrik tuzilishga ega. SHu sababdan, barcha tushunchalar asosan silindrik yuzalar o‘zaro munosabatdan kelib chiqib aniqlanadi. Nominal o‘lcham teshik va val uchun Dp va dp, eng katta va eng kichik chegaraviy ruxsat qiilngan o‘lchamlar esa tegishli ravishda D max, d max va D min, d min , bilan, haqiqiy o‘lchamlar Dx, dx bilan belgilash qabul qilingan. Ishga yaroqli detallarning haqiqiy o‘lchami chegaraviy ruxsat etilgan o‘lchamlar oralig‘ida yoki ularga teng bo‘lishi mumkin, ya’ni

N ominal o‘lcham bilan chegaraviy ruxsat qilingan o‘lchamlar paramertning yuqorigi va pastki ruxsat qlingan og‘ishlari (chetga chiqishlari) orqali bog‘langan bo‘ladi. YUqorigi ruxsat qilingan chetga chiqish eng katta ruxsat qilingan chegaraviy o‘lcham va nominal o‘lchamlar farqi bilan aniqlanadi. (ES, es). Quyi ruxsat qilingan chegaraviy og‘ish eng kichik ruxsat qiilingan chegaraviy o‘lcham va nominal o‘lcham o‘rtasidagi farq bilan aniqlanadi (EI, ei) Ular tegishli ravishda quyidagi bog‘lamlar yordamida aniqlanadi:

Haqiqiy chetga chiqish esa haqiqiy o‘lcham bilan nominal o‘lcham frqi sifatida aniqlanadi:

Hisob nazorat va chizmalarni soddalashtirish maqsadida detallarning ishchi chizmalarida nominal o‘lcham va uning o‘ng tomonidagi teproq qismida ishorasi bilan yuqorigi chegaraviy og‘ish, pastrog‘ida esa quyi chegaraviy og‘ishi millimetrlarda keltirilib, o‘lcham birligi ko‘rsatilmaydi.


Buyumlarning o‘zaro almashinuvchanligi deganda buyumlar, ulaming qismlarining ko'p sonli nusxalaridan har qanday bittasidan foydalanishda ularni boshqa bir tipdagi nusxa bilan teng tarzda almashtirish mumkinligiga doir xususiyat tushuniladi. Ishlab chiqarish va kundalik hayotda o'zaro almashinuvchanlik deb ataluvchi hodisa uchraydi. Avtomobillar konveyerda yig'iladi, uning detal va qismlari esa nafaqat boshqa sexda, balki boshqa shahar, hattoki boshqa davlatlarda ishlab chiqarilgan boiishi mumkin. Lekin, mazkur detal va qismlar bir-biri bilan hech qanday mosJashtirishlarsiz yig‘iladi. Demak, konstruksiyalami loyihalash, ham, ishlab chiqarishda ham qoilanadigan o'zaro almashinuvchanlik deb atalmish tamoyil mavjudligi sabab amalga oshiriladi. 0 ‘zaro almashinuvchanlik deb, mashinaiar, moslamalar va boshqa buyumlarning bir-biridan mustaqil ravishda, belgilangan aniqliklarda tayyorlangan detallari va tarkibiy qismlaridan, qo‘yilgan texnikaviy shartlami bajargan holda qo'shimcha ishlov bermasdan turib detallardan tarkibiy qismlar, tarkibiy qismlardan esa buyumlar yig‘ishni (yoki ta’mirlashda almashtirishni) ta’minlaydigan hossasi ataladi. 0 ‘zaro almashinuvchanlik tashqi va ichki bo'lishi mumkin. Tashqi o'zaro almashinuvchanlik deb, murakkab buyumlarga o'matiladigan tayyor vayig'ma qismlaming foydalanish ko'rsatkichi bo'yicha, shuningdek, birgalikda ishlaydigan qismlar va buyumlarga birlashtiriladigan yuzalaming oichamlari hamda shakli bo‘yicha o'zaro almashinuvchanligi ataladi. Demak, tashqi o'zaro almashinuvchanlik deb xarid qilingan hamda kooperatsiya bo'yicha olingan (boshqa murakkabroq buyumlarga o'matiladigan) va yig'ma qismlaming foydalanish ko'rsatkichlari qo'shiladigan yuzalarining shakllari oichamlari bo'yicha o'zaro almashinuvchanligi tushuniladi. Masalan, elektr dvigatellaming o'zaro almashinuvchanligi ulaming valining aylanishi soni, quwati hamda biriktiriladigan yuzalari shakli va o‘lchamlari bo‘yicha ta’minlanadi; tebranish podshipniklarida uning sirtqi halqasining tashqi diametri, ichki halqasining ichki diametri, eni va aylanish aniqligi bo‘yicha ta’minlanadi. Ichki o‘zaro almashinuvchanlik deb, qismlaming tarkibiga kirgan alohida detallaming yoki buyum tarkibiga kiruvchi qismlar va mexanizmlaming o‘zaro almashinuvchanligi ataladi. Masalan, tebranish podshipnigining g‘ildirovchi jismlari va halqalari ichki o‘zaro almashinuvchanlikka ega 0 ‘zaro almashinuvchanlik o‘z navbatida to‘liq yoki to‘liqmas (cheklangan) bo‘ladi. To‘liq o‘zaro almashinuvchanlik deb, buyumlaming talab etilgan darajada sifatli bo‘lishi uchun detallaming geometrik, mexanikaviy, elektr va boshqa ko‘rsatkichlari birlashtiriladigan har qanday tarkibiy qismlami qo‘shimcha ishlovsiz, moslamasdan, tanlamasdan yoki rostlamasdan yig‘ishga (yoki ta’mirlashda almashtirishga) imkon beradigan aniqlikda bajarilganda amalga oshuvchi o‘zaro almashinuvchanlik ataladi. To'liq o‘zaro almashinuvchanlik yig‘ish jarayonini osonlashtiradi, ya’ni, ushbu jarayon malakasi kam bo‘lshgan ishchilar hal bajaroladigan detallarni bir - biriga oddiy qo‘shish operatsiyasiga aylanadi; yig‘ish ishlari vaqtini meyorlash, ishni kerakli sur’atdajoriy qilish, oqim usulini qo‘llash imkoniyatlari yuzaga keladi detallarni tayyorlash va yig‘ish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun sharoitlar tug‘iladi; buyumlami ta’mirlash osonlashadi, chunki yeyilgan, singan detal yoki yig‘ma qism o‘miga osongina yangi (ehtiyot) qism o‘matiladi. ToMiq o‘zaro almashinuvchanlikni iqtisodiy nuqtai nazardan aniqligi 6 nchi kvalitetdan oshmagan joizlik bilan ishlangan va tarkibida ko‘p detallar bo‘lmagan yig‘ma qismlar hamda buyumlar bir qismida ham berilgan oraliq yoki taranglikka rioya qilmaslikka yo‘l qo‘yilmagan holda qo‘llash maqsadga muvofiq. Aks hollarda foydalanish talablarini qondirish uchun detal va yig‘ma qismlami kichik, iqtisodiy jihatdan mos kelmaydigan yoki murakkab texnologik jarayonlarda bajariladigan joizliklar (dopusk) bilan ishlanishi kerak. Bu holatlarda yig‘ishnmg kerakli aniqligini ta’minlash uchun detallami guruhiy saralash (selektiv yig‘ish), kompensatorlar o'matish, mashina va priborlar ba’zi qismlarining joylarini o'zgartirish, moslash va boshqa texnologik tadbirlar qoilaniladi; bunda yig'ish qismlari va detallarga boigan sifat talablari bajarilishi shart. Bunday o'zaro almashinuvchanlik toiiqmas (cheklangan) o'zaro almashinuvchanlik deyiladi. Binobarin, toiiqmas (cheklangan) o‘zaro almashinuvchanlik deb talab etilgan aniqlikni hosil qilish uchun detallami guruhlarga ajratib tanlash (selektiv yigish), kompensatorlar o'matish, mashina va priborlardagi ba’zi qismlaming holatini rostlash, moslash usullari va boshqa texnologik tadbirlar qoilanadigan o'zaro almashinuvchanlik ataladi. Toiiqmas o'zaro almashinuvchanlikning alohida bir turi - guruhiy o‘zaro almashinuvchanligidir. Guruhiy o'zaro almashinuvchanligi deb, oichamlari oldindan navlarga ajratilgan unsurlar guruhlari doirasidagina kiritish yoki almashtirish mumkin boigan o'zaro almashinuvchanlik ataladi. Bunday o'zaro almashinuvchanlikni selektiv yig‘ish deb ham atashadi. Bu usul tebranish podshipniklarini ishlab chiqarishda keng qo'llanadi. Uni ishlab chiqamvchi zavodlarda podshipniklaming tashqi, ichki halqalari va tebranish jismlari tayyor boigandan keyin oichanadi va oichamlari bo'yicha guruhlarga ajratiladi. Undan keyin, podshipnik detallari guruhlar bo'yicha yig'iladi, ya’ni birinchi guruh tashqi halqalar birinchi guruh tebranish jismlari bilan, ikkinchilari esa ikkinchilari bilan yig'iladi va hokazo. Har xil guruhdagi detallami bir podshipnikdayig'ib boimaydi. Undan tashqari, funksional o'zaro almashinuvchanlik ajratiladi. Funksional o'zaro almashinuvchanlik deb, buyumlarning vaqt o'tishi bilan belgilangan chegarada maqbul va barqaror ko'rsatkichlari bilan ishlash qobiliyatini yoki yig'ma qismlaming maqbul ko'rsatkichlar bilan sifatli ishlashini ta’minlaydigan o'zaro almashinuvchanlik ataladi. Buyumlar va alohida mexanizmlaming funksional o'zaro almatsinuvchanligi faqat toiiq bo'lishi mumkin. Geometrik, elektrik, mexanikaviy va hokazo, mashina va boshqa buyumlarning foydalanish ko'rsatkichlariga yoki yig'ma qismlaming xizmat vazifalarigata’sir qiluvchi parametrlar funksional bo‘ladi. Masalan, porshen va silindr orasidagi oraliqga (funksional parametr) dvigatelning quvvati (foydalanish parametri) ga bog‘liq. 0 ‘zaro almashinuvchanlikning eng katta samardorligiga, ya’ni, funksional o‘zaro almashinuvchanlikka erishish uchun loyihalash, ishlab chiqarish va foydalanishda quyidagi, funksional o‘zaro almashinuvchanlik prinsipi deb atalmish, ilmiy-texnikaviy dast-labki qoidalar majmuini hisobga olish lozim.

Download 254,35 Kb.
  1   2   3




Download 254,35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zaro almashuvchanlik va uning turlari

Download 254,35 Kb.