|
O‘zaro almashuvchanlik va uning turlari
|
bet | 2/3 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 254,35 Kb. | | #111183 |
Bog'liq O‘zaro almashuvchanlik va uning turlariJoizlik (dopusk) haqida asosiy tushunchalar Joizlik (dopusk) T (lotincha tolerance - joizlik) - eng katta va eng kichik chekka oMchamlar o‘rtasidagi farq yoki yuqorigi va quyi og‘ishlar o‘rtasidagi algebraik farqning mutlaq qiymati: 1. TD = Dmax - Dmii, - ES - El; Td - dmax - dnrin^ es - ei. Joizlik (dopusk) doim musbat bo‘lib, partiyadagi yaroqli detallar haqiqiy o'lchamlarining yoyilish maydonini joriy qiladi. Joizlik kattalishishi bilan buyumning ishlab chiqarish narxi kamayadi. Soddalashtirish uchun joizliklar grafik usulida joizlik maydonlari shaklida tasvirlanadi (5.1-rasm). Bunda buyumning o‘qi doim sxemaning tagida joylashgan bo'ladi (5.1-rasmda ko‘rsatilmagan). Joizlik maydoni - yuqori va quyi og‘ishlar bilan cheklangan maydon. Joizlik maydoni joizlik qiymati va uning nominal o‘lchamiga nisbatan holati bilan aniqlanadi. Joizlik maydoni grafik usulida tasvirlanadi. Joizlik maydoni grafik usulida tasvirlanganda nol chiziqqa nisbatan yuqori va quyi og'ishlami ko‘rsatuvchi ikki chiziq o‘rtasida joylashadi. Nol chizig‘i - nominal o‘lchamru bildiruvchi chiziq boiib, joizliklami va o‘tqazishlami grafik usulida tasvirlashda oMchamning og‘ishi shu chiziqdan boshlab belgilanadi. Agar nol chiziq gorizontal joylashgan bo‘lsa, u holda musbat og‘islilar bu chiziqdan yuqonda. manfiy og‘ishlar esa pastida yozib belgilanadi. Ikkita yoki bir nechta qo‘zg‘aluvchan yoxud qo‘zg‘almas qilib biriktirilgan detallar tutashuvchi detallar deb ataladi. Detallar bir-biri bilan biriktiriladigan yuzalar tutashuvchi yuzalar, qolgan yuzalar esa tutashmaydigan yoki erkin yuzalar deb ataladi. Bir-birining ichiga kiradigan detallar birikmasida qamrovchi va qamranuvchi yuzalar mavjud. Val - detallaming tashqi (qamranuvchi) elementlarini belgilash uchun o'tqazishlar tizimida qo‘llanadigan atama Teshik - detallaming ichki (qamrovchi) elementlarini belgilash uchun o'tqazishlar tiziinida qo'llaniladigan atama.
Xulosa
Ishlab chiqarish texnikasi va uning rivojlanish istiqbollari, doimiy mahsulot sifatini oshirishga qaratilgan talablar, fan texnika oxirgi yutuqlarining ishlab chiqarishga tadbiq qilinishi bakalavrlarini tayyorlashda standartlashtirish, o‘zaroalmashinuvchanlik va texnik o‘lchashlar bilan bog‘liq bo‘lgan savollarni amaliyotda dolizarb masala sifatida qo‘yishni talab qilmoqda. “O‘zaro almashuvchanlik, standartlashtirish va texnikaviy o‘lchovlar” fani o‘zaro almashuvchanlikning zarur shartlaridan bo‘lgan geometrik ko‘rsatkichlarning aniqligini o‘lchash va ta’minlash usullarini qamrab oladi. Fanning maqsadi - bo‘lajak bakalavrlarda umumtexnikaviy standartlarni qo‘llay olish talablariga rioya qilishni, mashinasozlik mahsulotlarini tayyorlashda, ishlatishda va ta’mirlashda aniq hisob-kitoblarni bajarish va o‘lchash aniqligini ta’minlash ko‘nikmasini xosil qilishdir.
|
| |