• Laboratoriyada kokslash jarayoni uchun ishlatiladigan uzlukli qurilmalar.
  • 13-laboratoriya ishi. Og‘ir neft mahsulotlarini kokslash Umumiy tushuncha




    Download 34,06 Kb.
    bet1/3
    Sana02.12.2023
    Hajmi34,06 Kb.
    #109680
      1   2   3
    Bog'liq
    13-laboratoriya ishi


    13-laboratoriya ishi.
    Og‘ir neft mahsulotlarini kokslash
    Umumiy tushuncha.

    Neftni qayta ishlash sanoatida turli mahsulotlar qatorida neft koksi ham olinadi. Neft koksini olish uchun xom ashyo sifatida har xil og‘ir va qoldiq fraksiyalar ishlatiladi. Kokslash jarayonida temperatura ta’sirida xom ashyo tarkibidan yengil fraksiyalar ajralib chiqib, natijada uglevodorodga boy bo‘lgan qattiq koks massasi hosil bo‘ladi. Neft koksi sifat jihatidan ko‘mirdan olinadigan koksdan yuqori turadi.Kokslash jarayonida hosil bo‘lgan suyuq mahsulotlarni va gazlarni maxsus qurilmalarga yuborilib ulardan foydali mahsulotlar olinadi. Neft koksi esa asosan alyuminiy olish sanoatida ishlatiladi. Bundan tashqari yuqori sifatli po‘lat eritib olinadigan pechlarda ishlatiladigan elektrod olish uchun, kislota va ishqorlarga chidamli maxsus idish tayyorlashda, kalsiy karbidi olish uchun ishlatiladi. Sifati past koks esa yonilg‘i sifatida ishlatiladi.


    Kokslash jarayoni sanoatda uch xil yo‘nalishda amalga oshiriladi:
    1. Uzluksiz jarayon, kokslash kublarida;
    2. Yarim uzluksiz jarayon, istilmaydigan kokslash kameralarida;
    3.Uzluksiz jarayon.
    Laboratoriya sharoitida og‘ir neft mahsulotlarini kokslash uzlukli usulda olib boriladi.
    Laboratoriyada kokslash jarayoni uchun ishlatiladigan uzlukli qurilmalar.
    Uzlukli kokslash jarayonida xom ashyo sekinlik bilan qizdiriladi, shu sababli koks nisbatan ko‘proq hosil bo‘ladi. Uzlukli kokslash jarayonida ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar: xom ashyoni kerakli temeraturagacha isitgich vaqti, xom ashyodan suyuq mahsulotlarni ajralib chiqish temperaturasi va hosil bo‘lgan koksni qizdirish temperaturasi. Xom ashyoni koks hosil bo‘lish uchun isitish vaqti asosan sanoatdagi qurilmalar uchun katta ahamiyatga ega. Agarda xom ashyoni tezlik bilan qizdirilsa, u vaqtda kublarni pastki qismida koks qatlami hosil bo‘ladi va kokslash jarayonining rejimi buziladi. Laboratoriyadagi kubimiz kichik hajmda bo‘lgani uchun bu omil yetarlik asosiy, hal qiluvchi rolni o‘ynamaydi. Kokslash temperaturasi yuqori bo‘lsa gazsimon va suyuq mahsulotlarning miqdori orta boshlaydi va natijada sistemada gazsimon va suyuq holdagi mahsulotlarning fraksiyalari va ulushi ko‘proq hosil bo‘ladi, koksni miqdori kamayadi. Hosil bo‘lgan koksni qizdirish temperaturasi koksni tarkibidagi uchuvchi moddalarning miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi. Odatda kublarda olinadigan kokslarning tarkibida 2-3% mass.uchuvchi moddalar bo‘ladi.
    Laboratoriya sharoitida og‘ir neft mahsulotlarini kokslash uchun ishlatiladigan qurilmalar 1-rasmda ko‘rsatilgan.

    1 – rasm. Davriy kokslash laboratoriya qurilmasi sxemasi:
    1 – kubcha; 2 – sovutgich (metallik); 3 – qabul qiluvchi; 4 – absorber; 5 – termometr.
    Qurilmaning asosiy qismlari: kokslash kubi-1, sovutgich-2, suyuq mahsulotlarni yig‘uvchi-3 va absorber -4 lardan iborat. Absorberdan iborat bo‘lgan qurilmadan o‘tgan gazsimon moddalar gaz hisoblagichi orqali shisha gazometrga yig‘iladi. Kubikka termometr-5 o‘rnatilgan (500 oS li). Sovutgich metalldan yasalgan bo‘lib kubikka rezbali gayka vositasida biriktiriladi. Kubik metalldan tayyorlangan, diametri 100mm, balandligi 220mm, qopqog‘i korpusiga boltlar vositasida biriktiriladi. Kubikni tashqi tomondan issiqlikni yo‘qotmasligi uchun suvab qo‘yiladi. Laboratoriya ishidan maqsad og‘ir neft mahsulotlarini kokslash.



    Download 34,06 Kb.
      1   2   3




    Download 34,06 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    13-laboratoriya ishi. Og‘ir neft mahsulotlarini kokslash Umumiy tushuncha

    Download 34,06 Kb.