• Tajribaning material balansi.
  • Laboratoriya ishiga tayyorgarlik va bajarish




    Download 34,06 Kb.
    bet2/3
    Sana02.12.2023
    Hajmi34,06 Kb.
    #109680
    1   2   3
    Bog'liq
    13-laboratoriya ishi

    Laboratoriya ishiga tayyorgarlik va bajarish.
    Kubikka 400-500 g xom ashyo (gudron, kreking-qoldiq) quyamiz va qopqog‘ini boltlar vositasida biriktiramiz. Sovutkichni gayka vositasida kubikka ulaymiz. Suyuq mahsulotni va yig‘uvchi va absorberlarni ham tarozida tortib, so‘ngra sovutgichga ulaymiz. Yig‘uvchi va absorberlarni boshqa bir idishga o‘rnatib, idishning ichiga suv solib muz bilan sovutib turamiz.
    Kubikni gaz gorelkasi bilan isitishni boshlaymiz. Biroz vaqt o‘tgandan so‘ng kubikdan harorat ko‘tarilib, yig‘uvchi suyuq mahsulotning birinchi tomchilari hosil bo‘la boshlaydi.Bu xom ashyoni parchalanib koks hosil bo‘lish jarayonini bildiradi. Temperatura 400oS gacha ko‘tarilib shu darajada biroz vaqt turadi, gaz hosil bo‘lishi ko‘payadi.
    Kokslanish jarayonining oxirida suyuq mahsulotni ajralishi kamayadi, gaz mahsulotlari ko‘payadi. Keyinchalik gaz mahsulotlarining ajralishi ham kamayadi va butunlay to‘xtaydi.
    Demak kokslanish jarayoni ham tugaydi. Shundan keyin yana 20-30 minut koksni qizdirishni davom ettiramiz. Keyin esa gorelkani o‘chiramiz.
    Tajribaning material balansi.
    Tajriba tugagandan so‘ng qurilma sovutiladi, keyin esa suyuq mahsulot yig‘uvchi va absorberlarni artib, ularning ichidagi suyuq mahsulotlarni og‘irligini aniqlaymiz. Gazsimon moddalarni zichligi yordamida ularning massasini aniqlaymiz. Kubik sovugandan so‘ng, qopqog‘ini ochib koks massasidan tahlil uchun bir bo‘lak solamiz. Keyin kubikni ichki devorlariga yopishgan koks qatlamini qirib, koksni umumiy massasini aniqlaymiz. Kokslash jarayonining material balansi quyidagicha tuziladi:

    NOMLARI

    OG‘IRLIGI, G

    XOM ASHYOGA NISBATAN
    ,% MASS.

    Berilgan:



    Xom ashyo


    100

    Jami


    100

    Olingan



    Suyuq mahsulot



    Absorberni og‘irligini o‘zgarishi



    Gaz mahsulotlari



    Koks



    Yo‘qotilgan qismi



    Jami


    100

    Suyuq mahsulotni yig‘uvchi-3 ga tushgan suyuqlikni maxsus kolbaga quyib, undan 200oS gacha qaynab chiqadigan fraksiyasini xaydab olamiz. Bu benzin fraksiyasidir. Absorberni tarozida tortib, uning og‘irligi qanchaga oshganini aniqlaymiz. Bu ham benzin fraksiyasidir. Olingan mahsulotlarni og‘irligini hom ashyoning og‘irligiga nisbatan qanchaligini hisoblab chiqib uzlukli kokslash jarayonining yakunlovchi material balansini tuzamiz:



    Download 34,06 Kb.
    1   2   3




    Download 34,06 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya ishiga tayyorgarlik va bajarish

    Download 34,06 Kb.