• MAXAMATYUSUPOV SUXROBIDDIN “Analitik kimyo” fanidan “Gravimetrik analizda cho’ktirishga tasir etuvchi omillar” mavzusidagi
  • KURS ISHI REJA: I. KIRISH.
  • 1.3. Gravimetrik analiz usulining olib borish (cho’ktirish, cho’kmani ajratib olish, qizdirish, quritish, tarozida tortish) jarayonlari.
  • Tabiiy fanlar fakulteti




    Download 0.7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/9
    Sana22.05.2023
    Hajmi0.7 Mb.
    #63204
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    3-labaratoriya ishi Elektron to\'lov tizimlari Hamroyev Dilshod, KURS ISHI, Koaksial kabellar, 11-Mavzu Tarbiya Jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiya qon, 31-сем физика тест базаси, Regratsion taxlil BI Mustaqil sih, namozov asilbek, Ichki tartib-qoidalar, II-SEMSTR Elektr signallar 49-60 Ma\'ruza TAYYOR, RAZZAQOVA NAVBAHOR 201 GURUX TALABASI Virusli infeksiya qo’zg’tuvchisi, Sadullayeva Saida Mikrobiologiya., ST MUT, 9-mavzu, 11-mavzu, Reja Media va axborot savodxonligi talablari va afzalliklari


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM 
    VAZIRLIGI 
    FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    TABIIY FANLAR FAKULTETI 
    Kimyo kafedrasi kimyo yo’nalishi 2- kurs 20.64-guruh talabasi 
    MAXAMATYUSUPOV SUXROBIDDIN 
    “Analitik kimyo” fanidan 
    “Gravimetrik analizda cho’ktirishga tasir etuvchi omillar” mavzusidagi 
     
     
     
     
     
     
    ILMIY RAXBAR: 
     
     
    ILMIY DARAJASI VA LAVOZIMI: 
     
    FARG’ONA-2022 
    KURS ISHI 


     
    REJA: 
     
     
    I. KIRISH. 
     
    II. ASOSIY QISIM. 
    1.1. Gravimetrik analiz usulining mohiyati. 
    1.2. Gravimetrik analizning bevosita va bilvosita usullari. 
    1.3. Gravimetrik analiz usulining olib borish (cho’ktirish, cho’kmani 
    ajratib olish, qizdirish, quritish, tarozida tortish) jarayonlari. 
    1.4. Cho’ktirish usuli asosi va indikatorli va indikatorsiz titrlash usullari 
    1.5. Gravimetrik analiz hisoblash formulalari va natijalari. 
    III. XULOSA. 
     
    IV. 
     FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 
     
     


    KIRISH. 
    Miqdoriy analiz haqida umumiy tushuncha
    Miqdoriy analiz moddalarning miqdoriy tarkibini aniqlashga imkon 
    beradigan metodlarni o`rganadi.
    Miqdoriy analizning vazifalari birikmalardagi kimyoviy elementlar (yoki 
    ularning guruhlari) tarkibini miqdoriy jihatdan aniqlashdir. Miqdoriy analiz 
    yordamida har xil aniqlashlarni o`tkazish mumkin. Murakkab modda 
    (kislotalar, tuzlar va boshqalar) tarkibiga kiruvchi elementlarning massalari 
    orasidagi nisbatni, eritmadagi moddalar miqdorini, moddalar aralashmasi 
    tarkibiga kiruvchi elementlar (neftdagi uglerod va vodorod) miqdorini yoki 
    rudalar, minerallar, o`g`itlardagi u yoki bu komponentlarning tarkibiy 
    qismini aniqlash mumkin.
    Miqdoriy analiz foydali qazilmalarni izlab topish, metallurgiya va 
    kimyoviy texnologiya, biokimyo va agrokimyo, tuproqshunoslik, 
    o`simliklar fiziologiyasi, dorishunoslik, tibbiyot va boshqa sohalar bilan 
    uzviy bog`liqdir.
    Miqdoriy analiz o`simliklar va hayvonlar a`zolarining tarkibi to`g`risidagi 
    ma`lumotlarga ega bo`lishga , ayrim elementlarni ularning o`sishiga, 
    rivojlanishiga va mahsuldorligiga ta`sirini o`rganishga imkon beradi.
    Miqdoriy analizning hozirgi zamon metodlari o`lchanadigan ko`rsatkichlar
    (xossalar): modda massasi, reagent eritmasi hajmi, elementlarning spektr 
    chiziqlarining intensivligi, ko`rinadigan, infraqizil va ultrabinafsha 
    nurlarining yutilishi, sorbentlarning adsorbsion xossalari, eritmalarning 
    elektr o`tkazuvchanligi, elektrod potensiali, diffuzion tok qiymati, 
    radioaktiv impulslar soni va boshqalar asosida turlarga ajratiladi.
    Miqdoriy analiz metodlarini 3 qismga bo`linadi:
    • Kimyoviy
    • Fizikaviy
    • Fizik – kimyoviy metodlar.


    Kimyoviy metodlar kimyoviy o`zgarishlarga asoslangan bo`lib, bularga 
    gravimetrik (tortma) analiz, titrimetrik (hajmiy) analiz va gazovolyumetrik 
    analizlar kiradi.
    Analizning fizikaviy metodlari moddaning kimyoviy tarkibi bilan uning 
    ayrim fizikaviy xossalari o`rtasidagi bog`lanishdan foydalanishga 
    asoslangan.
    Analizning fizik – kimyoviy metodlari kimyoviy reaksiyalar vaqtida sodir 
    bo`ladigan fizikaviy o`zgarishlarni tekshirishga asoslangan.
    Kimyoviy analizning gravimetrik va titrimetrik metodlari turli – tuman 
    moddalarning miqdoriy tarkibini aniqlashga imkon beradi. Ba`zan bu 
    metodlar bilan aniqlashlarni bajarish katta qiyinchiliklar bilan bog`liq 
    bo`lib, ularning asosiylari quyidagilar
    1) Aniqlanuvchi qismni qo`shimchalardan avval ajratib olish 
    zarurligi;
    2) Kam miqdordagi aniqlanuvchi moddalarni analiz qilishda 
    kimyoviy metodlarning sezgirligining nisbatan kam bo`lishi;
    3) Analizni to`liq bajarish uchun (ayniqsa gravimetrik metodda) 
    ko`p vaqt ketishi, chunki ishlab chiqarish sharoitida analizning 
    tez bajarilishi hal qiluvchi o`rinni egallaydi.
    Gravimetriya va titrimetriya usullarining bir-biriga o‘xshashlik va farqli 
    tomonlari mavjud bo‘lib, buni quyidagi qiyoslashdan ko‘rishimiz mumkin:
    1) 
    Gravimetrik analiz negizida massani aniq o‘lchash yotsa, 
    titrimetrik analiz negizida hajmni aniq o‘lchash yotadi.
    2) 
    Gravimetrik analizda aniqlanadigan modda yoki tarkibida 
    aniqlanadigan modda (tarkibiy qism) bo‘lgan cho‘kma (namuna) massasi 
    o‘lchanadi. Titrimetrik analizda esa analiz qilinuvchi modda va u bilan 
    reaksiyaga kirishuvchi reaktiv eritmasining hajmi o‘lchanadi.
    3)Gravimetrik 
    analizda 
    reaktivlarning 
    taxminiy 
    konsentratsiyali 
    eritmalari ishlatilsa, titrimetrik analizda ularning aniq konsentratsiyali 
    eritmalari ishlatiladi.


    4)Gravimetrik analizda reaktivlar eritmalari, asosan, tekshiriladigan 
    eritmaga ortiqcha miqdorda qo‘shilsa, titrimetrik analizda qat’iy ekvivalent 
    miqdorlarda qo‘shiladi.
    5)Gravimetrik analizda ekvivalentlik paytining qachon yuzaga kelishi 
    ahamiyatga ega emas, titrimetrik analizda esa ekvivalentlik nuqtasining aniq qayd 
    etilishi juda muhimdir.
    6)Gravimetrik analizda moddani cho‘ktirish, dekantatsiyalash, filtrlash
    cho‘kmani yuvish, quritish, kuydirish, tortish amallari uchun ko‘p vaqt talab 
    etilgani holda, titrimetrik analizda bunday operatsiyalar bo‘lmagani uchun 
    analizga kam vaqt sarflanadi.
    7)Gravimetrik analizning aniqligi: 10
    -2 
    - 5•10
    -3
    % bo‘lib, titrimetrik
    analizning aniqligi 10
    -1
    – 5•10
    -2
    % ni tashkil etadi.
    Miqdoriy analizning fizik va fizik–kimyoviy (instrumental) metodlari 
    kimyoviy metodlarga nisbatan yuqori sezgirligi va analitik aniqlashlarning 
    tez bajarilishi bilan afzal hisoblanadi. Bu metodlar bilan analizlarni bajarish 
    uchun bir necha minutlar kerak bo`ladi, xolos. Fizik va fizik-kimyoviy 
    metodlar bilan analiz bajarilganda juda oz miqdordagi analiz qilinuvchi 
    modda kerak bo`ladi va bu namunadagi aniqlanuvchi element o`ta kam 
    bo`lganda ham miqdori topilishi mumkin. Ko`pgina hollarda aniqlanuvchi 
    komponentni tekshiriladigan moddaning boshqa tarkibiy qismlaridan 
    ajratishga hojat qolmaydi, shuningdek, indikatorlar qo`llash zarurati 
    bo`lmaydi.
    Moddalarning fizik xossalari bilan ularning kimyoviy tarkiblari o`rtasida 
    ma`lum bog`lanish mavjud bo`ladi. Kimyoviy reaksiyalar qo`llamasdan 
    moddalar tarkibini aniqlash imkoniyati bor metodlar fizik metodlar deb 
    ataladi.
    Moddalarni miqdoriy jihatdan aniqlashda kimyoviy reaksiyalardan 
    foydalanilganda, bu reaksiyalarning borishida eritmalarning fizik 
    xossalarini o`zgarishi (masalan, elektr o`tkazuvchanligini, rangning 
    intensivligini o`zgarishi) yuz beradi. Ma`lum reaksiyalarning borishida 


    vujudga keladigan fizik hodisalarni ko`rsatkichlarini o`lchashga asoslangan 
    analiz metodlari fizik kimyoviy metodlar deb ataladi.
    Analizning fizik va fizik-kimyoviy metodlarini quyidagi guruhlarga bo`lish 
    mumkin:
    1.Analizning ekektrokimyoviy metodlari. Bu metodlar tekshiriladigan 
    moddalarning elektrokimyoviy xossalaridan foydalanishga asoslanadi.
    2.Analizning optik (spektral) metodlari – tekshiriladigan birikmalarning 
    optik xossalaridan foydalanishga asoslangan.
    3.Analizning xromatografik metodlari – tanlab adsorbsilanish hodisasidan 
    foydalanishga asoslangan.
    4.Analizning radiometrik metodlari – ayni elementning radioaktiv 
    nurlanishini o`lchashga asoslangan.
    5.Analizning mass-spektrometrik metodlari ayrim ionlashtirilgan atom, 
    molekulalar va radikallarning massalarini aniqlashga asoslangan.
    Elektrokimyoviy 
    metodlarga 
    elektrogravimetriya, 
    potensiometriya, 
    konduktometriya, polyarografiya, amperometriya va boshqalar kiradi.
    Analizning optik metodlariga fotometrik, emission spektral analiz, alanga 
    fotometriyasi, rentgenospektral, atom-adsorbsion spektrofotometriya va boshqalar 
    kiradi. 



    Download 0.7 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0.7 Mb.
    Pdf ko'rish