• 4-rasm. Shlitsali birikma.
  • 4-rasm. Shlitslar profil shakli: a) toʼgʼri toʼrtburchakli; b) evolьventali; v) uchburchakli.
  • Shlitsali birikmalarning turlari va ularning qoʼllanilishi




    Download 388,71 Kb.
    bet3/5
    Sana20.12.2023
    Hajmi388,71 Kb.
    #125504
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Shlitsali birikmalarning shartli ifodalari

    Shlitsali birikmalarning turlari va ularning qoʼllanilishi
    Tezyurar, dinamik yuklangan vallarning shponka oʼyigʼi atrofida kuchlanishlar toʼplanishi sodir boʼladi, bu birikmaning ishlash qobiliyatini pasaytiradi. Bunday hollarda shlitsali birikmalarni qoʼllash maqsadga muvofiq boʼladi. Shlitsali birikmalar valni detal gupchagiga biriktirish uchun ishlatiladi.



    4-rasm. Shlitsali birikma.
    Shlitsali birikmalar shponkali birikmalarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
    А) bir hil oʼlchamlarda ishchi yuzasining sezilarli kattaligi va tishlar balandligi boʼyicha bosimning tekis taqsimlanishi evaziga yuklanish qobiliyati katta.
    B) valning toliqish boʼyicha mustahkamligi yuqori;
    V) detallar valda yaxshi markazlanadi va ularni val boʼylab surish lozim boʼlsa, aniqroq yoʼnaltiradi.
    Shlitsali birikmalar koʼndalang kesimidagi profil shakli, birikmaning oʼqiga nisbatan tishlar yon sirtlari yasovchilarining
    joylashishi, markazlashtirish usuli hamda texnologik belgilari boʼyicha turlanadi.
    Shlitslar profil shakliga koʼra, toʼgʼri toʼrtburchakli (4- rasm, a), evolьventali (4– rasm, b) va uchburchakli (4–rasm, v) boʼlishi mumkin.





    4-rasm. Shlitslar profil shakli: a) toʼgʼri toʼrtburchakli; b) evolьventali; v) uchburchakli.
    Shlitsali birikmalar qoʼzgʼaluvchan va qoʼzgʼalmas qilib bajariladi.
    Mashinasozlikda, toʼgʼri toʼrtburchakli shlitsli birikmalar eng koʼp ishlatiladi. Ishlash sharoitiga koʼra bu birikmalar standartga koʼra uchta seriyasi mavjud: yengil, oʼrta va ogʼir, ular bir-biridan shlitslar soni va oʼlchamlari bilan farq kiladi.Ular GOST 1139-80 boʼyicha uch turkumga boʼlinadi:

    1. Yengil, tashqi diametri D=26....120 mm, tishlar soni diametrga bogʼliq ravishda Z=6, 8, 10;

    2. Oʼrta, tashqi diametri D= 14...125 mm, Z= 6,8,10;

    3. Ogʼir, tashqi diametri D= 20... 125 mm , Z=10, 16,20.

    Evolventaviy profilli shlitsali birikmalar toʼgʼri yonlilarga nisbatan mustahkam va tayyorlanishi osonroq boʼladi. Ularning mustahkamligi tishlar sonining koʼpligi va tishlar asosining kengayishi hisobidadir. Evolventaviy birikmalarning oʼlchamlari GOST 6033-80 ga binoan modullari m=0.5…10mm, tashqi diametrlari D=4...500 mm va tishlar soni z=6...82 oraliqda boʼlish mumkin.
    Toʼgʼri yonli va evolventaviy shlitsali birikmalar vallarga tishli gʼildiraklarni, maxoviklarni, tasmali uzatmalarning shkivlarini, zanjirli uzatmalar yulduzchalarini, muftalarni va boshqa detalarni oʼrnatish uchun ishlatiladi.
    Shlitsali birikmalar quyidagicha qoʼllanishi mumkin: detal gupchagini valga qoʼzgʼalmas, mahkam biriktirish uchun; detallarning kichik qiymatdagi oʼqdoshmasligini kompensatsiyalash uchun; yuklanishsiz va yuklanish uzatadigan qoʼzgʼaluvchan (oʼq boʼylab suriladigan) birikma hosil qilish uchun. Yuklanish holatida oʼq boʼyicha surishlarga parmalash shpindeli, avtomobillarning kardan vallari; yuklanishsiz surilishlarga uzatmalar qutisidagi tishli gʼildiraklar misol boʼladi.
    Detallar valga nisbatan uch usul, tashqi diametr ( D ) (5- rasm, a) va ichki diametr ( d ) (5- rasm, b) yoki yon tamonlari ( b ) (5- rasm, v)boʼyicha markazlashtiriladi. Аgar val va gupchakning oʼqdosh boʼlishiga talab yuqori boʼlsa, D va d boʼyicha markazlashtiriladi. Ish sharoiti ogʼir, zarbli yoki reversli yuklanish boʼlsa b boʼyicha markazlashtirish maqsadga muvofiqdir.


    Download 388,71 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 388,71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shlitsali birikmalarning turlari va ularning qoʼllanilishi

    Download 388,71 Kb.