|
Shlitsali birikmalarning yuklanish qobiliyatini hisoblash usullari
|
bet | 4/5 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 388,71 Kb. | | #125504 |
Bog'liq Shlitsali birikmalarning shartli ifodalari Shlitsali birikmalarning yuklanish qobiliyatini hisoblash usullari
5-rasm. Shlitsali birikmani markazlashtirish turlari.
D yoki d boʼyicha markazlashtirilish texnologik talablar asosida belgilanadi. Аgar vtulka unchalik qattiq boʼlmagan materialdan (< 350HB) tayyorlangan boʼlib, shlitsning teshigi sidirgʼich (protyajka) bilan ishlov berilgan boʼlsa, markazlashtirish D buyicha amalga oshirilishi tavsiya qilinadi. Bunda valni markazlashadigan yuzasi jilvirlanadi. Аgar vtulka qattiq boʼlib, shlitsning teshigiga sidirgʼich bilan ishlov berib boʼlmasa, u holda markazlanishga d tanlanib, val va vtulkalarning markazlashadigan yuzalari jilvirlanadi. b boʼyicha markazlashtirish texnologik qiyinroq, chunki ularning yuzalarini jilvirlash uchun maxsus dastgoxlar kerak boʼladi.
Shlitsali birikmalarning ishlash qobiliyati va ularni hisoblashning asosiy mezonlari.
Birikmaning turi
|
Ishlash sharoiti
|
( (эз),МПа
|
)
|
350
НВ
|
4- HRC
|
Oʼq
|
ogʼir
|
35…50
|
40…70
|
xarakatlanmaydi
|
oʼrtacha
|
60…100
|
100…140
|
|
yaxshi
|
80…120
|
120…200
|
Oʼq
|
ogʼir
|
15…20
|
20…35
|
harakatlanmaydi
|
oʼrtacha
|
20…30
|
30…60
|
(yuklanishsiz)
|
yaxshi
|
25…40
|
40…70
|
|
|
ogʼir
|
-
|
3…10
|
|
|
oʼrtacha
|
-
|
5…15
|
|
O’q bo’yicha harakatlanadi ( yuklanishi)
|
yaxshi
|
-
|
10..20
|
Maxsus mashinasozlik sanoatida, masalan, dastgohsozlikda ( 12...20МПа ; ) Oʼq boʼyicha harakatlanuvchi birikmalarda
эз
4...7МПа ;
эз
|
Shlitsali birikmalarning ishlash qobiliyati va ularni hisoblashning asosiy mezonlari quyidagilar boʼladi: 1. Ishchi sirtlarning ezilishga qarshiligi; 2. Fretting –korroziya (fret-inglizcha- yeb tashlash) taʼsiridan yeyilishga qarshilik. Fretting – korroziyadagi yeyilish- bu tutashuvchi sirtlarning kichik nisbiy tebranma siljishlaridagi korrozion- mexanik yeyilishdir.
Shlitsali birikmalarning ishlashi tish yuzalarining ezilishga va yeyilishga chidamliligi bilan belgilanadi. Yeyilish asosan ilashgan tish yuzalarining tebranib siljish natijasidir. Bu hodisa birikmalarda ilashgan tishlar oʼrtasidagi boʼshliq tufayli roʼy beradi.
Masalan, birikmada val aylanganda oʼz holatini oʼzgartirmaydigan (tishli uzatmalarda) F kuchi taʼsir etadi. Bunda ilashgan tishlar orasidagi boʼshliq kuch taʼsir qilgan tomonda kam boʼlib, qarama- qarshi tomonda koʼp boʼladi, bu jarayon har siklda qaytarilishi natijasida tebranma siljish hodisasi roʼy beradi.
Demak, shlits tishlarini yoyilishini kamaytirish uchun tishlar oʼrtasidagi boʼshliqni kamaytirish, yaʼni birikma detallarini aniqlik darajasini oshirish bilan birga tish yuzalarini qattiqligini oshirish zarur.
Birikma faqat burovchi moment bilan yuklangan boʼlsa, masala oʼzaro mufta yordamida biriktirilgan vallarda tebranma siljish hodisasi roʼy bermaydi, shuning uchun ularning yeyilishga chidamligi hisoblanmaydi.
Hisoblashning aniqlashtirilgan usuli. Аniqlashtirilgan hisoblar mashinasozlikning turli tarmoqlarida toʼplangan tajribaviy maʼlumotlarga asoslangan. GOST boʼyicha hisoblashda radial yuklanishlar va eguvchi momentlarni, birikmalarning konstruktiv xususiyatlarini, birikma uzunligi boʼyicha yuklanishlar konsentratsiyasini, tishlar orasida yuklanishning notekis taqsimlanishini, xizmat qilish muddati va boshqalarning taʼsiri eʼtiborga olinadi.
GOST 21425-75 boʼyicha faqat toʼrtburchakli shlitsli tishlar uchun hisoblashning aniqlashtirilgan usulidan foydalanish mumkin. Bunda yuklanishni tish uzunligi boʼyicha notekis taqsimlanishi, birikmaning ishlash muddati, ishlash sharoiti, qoʼshimcha dinamik koeffitsient va boshqa omillar hisobga olingan.
Shlitsa tishlarini ezilishga va yeyilishga hisoblab, qaysi birining hisobiy qiymati katta boʼlsa, shu boʼyicha birikmaning yuklanish darajasi belgilanadi.
Ezilishga hisoblash yoʼli bilan birikma tishlari ishchi yuzalarining ish jarayonida oʼta yuklanish natijasida plastik deformatsiyalanmasligiga erishiladi. Hisoblash burovchi momentning davriy oʼzgarishidagi choʼqqi qiymati (maksimal) boʼyicha bajariladi.
Shlitsali birikmalar valni detal gupchagiga biriktirish uchun ishlatiladi. Shlitsali birikmalar vallardagi tashqi tishlar va detal gupchagi teshigidagi ularga mos ichki tishlar shlitsalar orqali hosil qilinadi. Bu birikmalarni shponkalari val bilan yaxlit qilib tayyorlangan ko‘p shponkali birikma sifatida tasavvur etish mumkin. Ba'zan bu birikmalar
tishli birikmalar deb ham yuritiladi.
Shlitsali birikmalar shponkali birikmalarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
a) bir xil o'lchamlarda ishchi yuzasining sezilarli kattaligi va tishlar balandligi bo'yicha bosimning tekis taqsimlanishi evaziga yuklanish qobiliyati katta;
b) valning toliqish bo'yicha mustahkamligi yuqori;
v) detallar valda yaxshi markazlanadi va ularni val bo'ylab
surish lozim bo'lsa, aniqroq yo'naltiradi.
Shlitsali birikmaldrning turlari va ularning qo'llanishi
Shlitsali birikmalar ko'ndalang kesimidagi profil shakli bo'yicha, birikmaning o'qiga nisbatan tishlar yon sirtlari yasovchilarining joylashishi bo'yicha, markazlashtirish usuli bo'yicha hamda texnologik belgilari bo'yicha turlanadi.
Profilning shakli bo'yicha shlitsali birikmalar to'g'ri yonli. evolventaviy. uchburchakli turlarga bo'linadi. Bulardan eng ko'p tarqalgani to'g'ri yonli shlitsali birikmalar bo'lib, ular ГОСТ 1139-80 bo'yicha uch turkumda bo'ladi: yengil, tashqi diametri D = 26... 120 mm, tishlar soni diametrga bog'liq ravishda z= 6.8,10; o'rta D = 14... 125 mm, z = 6,8,10; og'ir D = 20... 125 mm, Z = 10,16,20; yengil va o'rta turkum (seriya) ko‘proq qo'llaniladi, og‘ir turkumdagi birikmalar yeyilish bo'yicha og'ir sharoitlarda ishlatiladi.
To`g`ri yonli shlitsali birikmalar ko`rsatkichlari
Shlitsali birikmalarning yuklanish qobiliyatini hisoblash usullari.
Shlitsali birikmalarning ishlash qobiliyati va ularni hisoblashning asosiy mezonlari quyidagilar bo'ladi:
1. Ishchi sirtlarning ezilishga qarshiligi;
2. Fretting-korroziya (fret - inglizchadan - yeb tashlash) ta'siridan yeyilishga qarshilik. Fretting-korroziyadagi yeyilish – bu tutashuvchi sirtlarning kichik nisbiy tebranma siljishlaridagi korrozion mexanik yeyilishdir. Shlitsali birikmalarda bunday siljishlar deformatsiyalar va tirqishlarga bog'liq.
Agar birikma valning aylanishida o'z holatini o'zgartirmaydigan F— ko'ndalang kuch (12.1-rasm) bilan yuklansa (masalan, tishli uzatmaning ilashmasidagi kuchlar), birikmadagi tirqish dam-badam u yoki boshqa yo'nalishda bo'lishi yoki yo'qolishi mumkin, demak, bunda tebranma siljish yuzaga keladi.
Bundan tashqari, gupchakning o'rtasidan siljigan kuch ag'daruvchi moment MAG =F*l hosil qiladi. buning ta’sirida gupchakning yaqin chekkasida yuklanish konsentratsiyasi (jamlanishi) hosil bo'ladi. Ag'daruvchi moment o'q bo'ylab yo'nalgan kuch FA ta’siridan ham hosil bo'lishi mumkin: MAG2 =0,5FAdw; bu yerda, dw - g'ildirak boshlang'ich aylanasining diametri, MAG = MAG1 + MAG2 ta'siridan faqat yuklanish konsentratsiyasi emas, balki birikmadagi davriy surilishlar ham hosil bo'ladi.
Yuqorida aytilgandan ko'rinadiki, korrozion - mexanik yeyilishni birikmadagi tirqishlarni kichraytirib va tishli gardishni gupchakning o ‘rtasiga joylashtirib kamaytirish mumkin ekan.
Shlitsali birikmalarning yuklanish qobiliyatini hisoblash usullari
Shlitsalar ishchi sirtlarining ezilishi va yeyilishi bosim σez bilan bog`liq. Agar [σez] ning ruxsat etilgan qiymati ezilish va yeyilishning ta’sirini hisobga olib belgilansa, u holda “σez” ni hisoblashda yeyilish va ezilishning umumiy mezoni sifatida qabul qilish mumkin. Bunday hisob umumlashgan mezon bo'yicha soddalashtirilgan (taxminiy) hisob deyiladi.
Xizmat qilish muddati, yuklanish sharoiti va sh.k.ni hisobga olib ezilish va yeilishni alohida hisoblashga urinishlar bo'lgan bir qator tadqiqotlar natijasi ГОСТ 21425-75 da umumlashtirilgan.
XULOSA
Shlitsali birikmalar valni detal gupchagiga biriktirish uchun ishlatilar ekan. Shlitsali birikmalar vallardagi tashqi tishlar va detal gupchagi teshigidagi ularga mos ichki tishlar shlitsalar orqali hosil qilinadi. Bu birikmalarni shponkalari val bilan yaxlit qilib tayyorlangan ko‘p shponkali birikma sifatida tasavvur etish mumkin. Ba'zan bu birikmalar tishli birikmalar deb ham yuritilar ekan.
|
| |