• 12.1 - rasm. Yuklanish diagrammalari va taxogramma a) mexanizmning yuklanish diagrammasi; b) taxogramma;
  • 12.3 - rasm. Bo‘ylama randalash dasgohining bosh xarakat elektr yuritmasi uchun to‘g‘ri va ortga yurish yuklanish diagrammasi va taxogrammasi
  • 2. rasm. Yuklanish diagrammalari va taxogramma




    Download 251.34 Kb.
    Sana20.02.2024
    Hajmi251.34 Kb.
    #159366
    Bog'liq
    Yuklama diagrammasi
    Hybrid-renewable energy systems in microgrids integration, developments and control ( PDFDrive ), 1427572, gipermatnlar yaratish va ishlash, 2 5454015403950874988-3[1], Биринчи бет, Astanov Axliddin, Asosiy makroiqtisodiy ko, 11-маъруза, Additiv va multiplikativ ekonometrik modellarni tuzish, ,,,, Mavzu Erkin savdo va proteksionizm siyosati Reja, Tursunov Murodjon ingliz tilidan mustaqil ishi, Haqidagi fan, 0.В.И. Вешкурцев, Д.Г. Мирошин Практикум по дисциплине Оборудование отрасли, yakka tartibli ishchi reja

    12.3. Yuklanish diagrammalari va taxogrammalar.
    Elektr yuritmani tanlash va uning quvvatini hisoblash uchun yuklanish diagrammasi va tezlik diagrammasi (taxogaramma) asos bo‘ladi (12.1 - rasm). Ishlab chiqarish mexanizmi yuklanish diagrammasi deb motor validagi statik momenti Mq ning vaqtga bog‘liqlik grafigiga aytiladi. Mq = f(t).
    Bu diagrammalar mashinaning ishini xarakterlovchi berilganlar asosida hisoblanadi.

    12.1 - rasm. Yuklanish diagrammalari va taxogramma
    a) mexanizmning yuklanish diagrammasi;
    b) taxogramma;
    v) dinamik moment grafigi;
    g) elektr yuritmaning yuklanish diagrammasi.
    Elektr yuritmaning yuklanish diagrammasi – bu motor hosil qiladigan momentning vaqtga bog‘liqligi. U statik moment va dinamik momentlarning yig‘indisi sifatida hisoblanadi M = Mq +Mdin = f(t).
    Taxogramma – bu mashina ishchi organi yoki motor vali tezligining vaqtga bog‘liqlik grafigi ω = f(t).
    Xaqiqiy yuklanish diagrammalari hisobiy diagrammalardan ancha farq qilishi mumkin. Bu esa mashinani turlicha yuklatishga, mashinist tajribasiga bog‘liq bo‘ladi. Ammo har doim elektr yuritma elementlarini hisoblash uchun ma’qul bo‘lgan ishlab chiqarish mashinasinineg biror bir qismini tanlash imkoniyati bor.
    12.3 - rasmda bo‘ylama randalash dasgohi elektr yuritmasining taxogrammasi va yuklanish diagrammasi misol tariqasida keltirilgan. Dasgohning ishchi yurishi – to‘g‘ri, bunda keskich stolga mahkamlangan detalga ishlov beradi. Ortga yurish erkin bo‘ladi, shuning uchun uning tezligi to‘g‘ri yurish tezligidan yuqori bo‘ladi.

    12.3 - rasm. Bo‘ylama randalash dasgohining bosh xarakat elektr yuritmasi uchun to‘g‘ri va ortga yurish yuklanish diagrammasi va taxogrammasi
    Dastgohning ishi ishlov berilayotgan detal mahkamlangan stolning V1 tezlik bilan (t1vaqtda) xarakatlanishidan boshlanadi. Bunda motor eng katta momentga erishadi M1 = Mmax. Bu rejimdagi yuklanish momenti Ms2 ga teng bo‘ladi va F1 = μ (Gc+Gyuk) shartni qanoatlantiradi. Bunda Gc va Gyuk stol va detalning og‘irligi, μ – ishqalanish koeffitsienti, t2 uchastkada motor va stol tezligi o‘zgarmas bo‘ladi ω1 = const. Kesish paytidagi tezlik texnologik talablar bo‘yicha o‘rnatilgan qiymatdan oshib ketmasligi kerak.
    t3 – uchastkada kesish kuchi F3 = μ (Gc+Gyuk+Fy) +Fz bo‘ladi. M3 moment F3 kuchga moslashadi, keskich detalga tekkan holatda bo‘ladi. Undan keyin stol
    Mdin = Mmax – M3 moment ta’siri ostida to‘g‘ri yurish tezligiga (Vyur/ωyur) erishadi.
    t5 – uchastkada o‘rnatilgan tezlikda ishlash rejimi amal qiladi, M5-M3. t6 uchastkada keskich detaldan uzilgan holatda stolni tormozlash rejimi amal qiladi. Tormozlashda motor maksimal momentga erishadi M6=Mmax.
    t7 uchastkada stol V1(ω1) tezlik bilan to‘g‘ri yo‘nalishda xarakatlanadi va keskich detaldan chiqariladi. Undan keyin yuritmada revers amalga oshiriladi. Stolning orqaga qaytishidagi tezligi Vtes to‘g‘ri yurishga nisbatan 2-3 barobar katta olinadi. Dastgoxning berilgan tezlikka chiqishi va tormozlanishi motorning maksimal momenti bilan (Mmax) amalga oshiriladi. Teskari yurishdagi kuch (zo‘riqish) faqatgina yo‘naltiruvchilar ishqalanishi hisobiga yuzaga keladi F1 = μ (Gc+Gg). Ortga yurish tugagandan so‘ng motorning oldinga yurishiga buyruq beriladi.
    Download 251.34 Kb.




    Download 251.34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2. rasm. Yuklanish diagrammalari va taxogramma

    Download 251.34 Kb.