• Dizel yonilg‘ilarining turlari va ishlatilishi
  • K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    hosil bo‘lishiga ta’siri
    Dizel yonilg‘isi yonganida, yonish kamerasi detallarida, klapan-
    larda porshen halqalarida, forsunkaning ignasi va korpusida qurum 
    hosil bo‘lmasligi kerak. Klapanlarda hosil bo‘lgan qurum ularning 
    osilib qolishiga sabab bo‘ladi, yonish kamerasidan issiqlik uzati-
    lishini yomonlashtiradi, forsunkalardagi qurumlar yonilg‘ini pur-
    kash sifatini yomonlashishiga olib keladi. Porshen halqalarida hosil 
    bo‘lgan qurum koksga aylanib, silindrda kompressiyaning buzi-
    lishiga olib keladi. Gazlarning karterga o‘tib ketishiga yo‘l ochib 
    beradi, motor moyining kuyishi tezlashadi. 
    Qurum hosil bo‘lish jarayoniga yonilg‘ining quyidagi xususiyat-
    lari ta’sir ko‘rsatadi: yonilg‘ining og‘ir fraksiyaliligi va yuqori qo-
    vushoqligi hisobiga to‘la yonmaganligi; yonilg‘i tarkibida yuqori 
    molekular smola-asfalt birikmalar, to‘yinmagan uglevodorodlar, 
    oltingugurt birikmalari va mexanik aralashmalar borligi; kul ho-
    sil qilish xususiyatining yuqoriligi. Shuning uchun dvigatellarda 
    qurum hosil bo‘lishining oldini olish uchun yonilg‘ini kerakmas 
    qo‘shimchalardan butunlay tozalash yoki ularning miqdorini se-
    zilarli darajada kamaytirish lozim. 
    Standartlarda qurum hosil bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatuvchi qa-
    tor sifat ko‘rsatkichlari me’yorlanadi. Qurum to‘planish tezligi 
    yonilg‘ining koks soniga (kokslanuvchanligi), undagi oltingugurt, 
    haqiqiy smolalar miqdoriga, uning kul hosil qiluvchanligi hamda 
    mexanik aralashmalar miqdoriga, shuningdek, yonilg‘ining lok ho-
    sil bo‘lishiga moyilligiga bog‘liq. 


    80
    Koks soni deganda, yonilg‘ining havosiz, yuqori haroratda 
    (800–900°C) parchalanib, ko‘mirsimon qoldiq hosil qilish xususi-
    yati tushuniladi. Bu ko‘rsatkich dizel yonilg‘ilari uchun 0,05% dan 
    oshmasligi kerak. 
    Detallarda qurumdan tashqari loksimon quyqumlar ham hosil 
    bo‘ladi. Bular to‘yinmagan uglevodorodlar va boshqa birikmalar-
    ning yuqori haroratlaridagi oksidlanish muhsulotidir. Bu xususi-
    yatni aniqlash uchun tekshirilayotgan 1 ml yonilg‘i namunasi alu-
    miniy idishchaga solinadi va 250°C haroratda termostat-lok hosil 
    qilgichda bug‘latiladi. Bug‘lanishdan keyin idishchada lok pardasi 
    qoladi. Hosil qilingan lok pardasi sovitilib, tarozida tortiladi. Hisob 
    10 sm
    3
    yonilg‘iga nisbatan bajariladi. Yonilg‘ining fraksion tarkibi 
    qanchalik yengil bo‘lsa, shunchalik kam lok hosil bo‘ladi. 
    Yonilg‘ining kul hosil qilish xususiyati uning yonmaydigan 
    qoldig‘i miqdorini xarakterlaydi. Kul yonilg‘ini 800–850°C haro-
    ratda havoda yondirilganida qoladigan mineral qoldiqdir. 
    Dizel yonilg‘ilari uchun kul hosil bo‘lishi miqdori 0,01 foizdan 
    oshmasligi kerak. Yonilg‘ining kul hosil qilish xususiyati yuqori 
    bo‘lishi yonilg‘i apparaturasi va silindr-porshen guruhi detallari-
    ning yeyilish darajasini sezilarli darajada oshiradi. 
    Yonilg‘i tarkibidagi oltingugurtli birikmalar detallarda ho-
    sil bo‘lgan qurum va o‘tirib qolgan yopishqoq jinslarni qotiradi, 
    mustahkamlaydi va ularning ko‘chishini qiyinlashtiradi. Masalan, 
    tarkibida 0,08 foiz miqdorda oltingugurt bo‘lganida yonilg‘i ishla-
    tilganida hosil bo‘ladigan qurum tarkibida 1 foiz oltingugurt bo‘la-
    di va chiqindining zichligi 0,03 g/sm
    3
    bo‘lsa, yonilg‘i tarkibidagi 
    oltingugurt miqdori 1,5 foiz bo‘lganida bu ko‘rsatkichlar mos ra-
    vishda 9 foiz va 0,5 g/sm
    3
    ni tashkil etadi. 
    3. 11. Dizel yonilg‘ilarining turlari va ishlatilishi
    Tezyurar dizel dvigatellari uchun yonilg‘ilar 305–82- sonli 
    «Dizel yonilg‘ilari. Texnik shartlar» nomli standart asosida ishlab 
    81
    chiqariladi. Avtomobillarda, ish sharoitiga ko‘ra, uch turdagi dizel 
    yonilg‘ilaridan: Л (yozgi), З (qishki) va A (arktik) ishlab chiqa-
    riladi (3. 1- jadval). Barcha turdagi dizel yonilg‘ilariga belgilan-
    gan tartibda va miqdorda qo‘shilmalar qo‘shishga ruxsat etiladi. 
    Dizel yonilg‘isining barcha komponentlari yuqori turg‘unlikka 
    ega bo‘lganligi tufayli ularni uzoq muddat (5 yil va undan ortiq) 
    saqlash mumkin. Л markali yonilg‘i tashqi muhit harorati 0°C va 
    undan yuqori bo‘lganida ishlatish uchun mo‘ljallangan, З marka-
    li yonilg‘i minus 20°C va undan past harorat (sovuq tabiiy iqlim 
    mintaqalari)da, A markali yonilg‘i esa minus 50°C va undan past 
    haroratli mintaqalarda ishlatishga mo‘ljallangan. 
    Dizel yonilg‘ilari tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab 
    ikki kichik guruhga bo‘linadi. Birinchi kichik guruhga kiradigan 
    yonilg‘ilar tarkibidagi oltingugurt miqdori 0,2 foizdan oshmay-
    di, ikkinchi kichik guruhga kiruvchi Л va З markadagi yonilg‘ilar 
    tarkibidagi oltingugurt miqdori 0,21–0,50 foizdan, A markada-
    gi yonilg‘ilarda esa 0,21–0,40 foizdan ortmasligi lozim. Dizel 
    yonilg‘ilari quyidagicha markalanadi: Л–0,2–40. Bunda Л yoz-
    gi yonilg‘i ekanligini; 0,2 soni yonilg‘i tarkibidagi oltingugurt 
    miqdorini (foiz hisobida), 40 soni yonilg‘ining o‘t olish harorati 
    (°C)ni bildiradi. Qishki yonilg‘ilarda esa yonilg‘ining qotish haro-
    rati ko‘rsatiladi. Masalan, З–0,2–(–35) markali yonilg‘ida minus 
    35 soni yonilg‘ining qotish harorati (0°C)ni ko‘rsatadi. Arktik dizel 
    yonilg‘ilari markasida esa faqat oltingugurtning miqdori (%) kelti-
    riladi, masalan, A–0,4. 
    3. 1- jadval 

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish