96
Karburatorli dvigatellarni ko‘plab ishlab chiqish va foydalanish
davom etayotgan bir paytda neft yonilg‘isini tejashning dastlab-
ki tadbiri sifatida benzin-spirt aralashmalarini qo‘llash maqsad-
ga muvofiq. Oz miqdorda (metanoldan 5 foizgacha va etanoldan
10 foizgacha) spirt qo‘shilganida, dvigatelga hech qanday o‘zgarti-
rishlar kiritishga zarurat bo‘lmaydi hamda bunda ish ko‘rsatkichlari
sezilarli o‘zgarmaydi. Suvli spirtlardan foydalanilganida yonilg‘i
aralashmalarini turg‘unlashtirish maqsadida ularga 2 foizgacha
miqdorda izobutil spirti qo‘shiladi. Bularning hammasi benzinni
3–5 foiz tejashga imkon beradi.
Benzinga ko‘p miqdorda spirtlar (metanolni 15 foizgacha, eta-
nolni 20 foizgacha) qo‘shish aralashma hosil qilish va kiritish tizim-
larini ma’lum darajada o‘zgartirishni talab qiladi, dvigatel ning ish
ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Sof holdagi spirtlar dizellarda foydalanishga unchalik yaramay-
di, chunki ularning setan soni kichik (metanolniki 3–4 ga, etanolni-
ki 6–8 ga teng) va bug‘lanuvchanligi yuqori bo‘ladi. Bu hol katta va
o‘rtacha yuklanishlarda dvigatelning taqillab ishlashiga olib keladi.
Dizel yonilg‘isi o‘rniga spirt ishlatilganida, detallarda lok,
qurum va koks hosil bo‘lishi kamayadi, natijada moy toza ishlaydi
hamda yeyilish kamayadi. Shu bilan birga, spirtlar oksidlanganida,
oraliq kislotalar va tuzlar yuzaga kelib, ular detallarning yeyilishi
hamda korroziyalanishini jadallashtiradi. Bu kamchiliklarni bar-
taraf etish maqsadida AQSH, Braziliya, Germaniya, Shvetsiya kabi
mamlakatlarda faol ishlar olib borilmoqda.