• Yengil gaz kondensatlari
  • K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet49/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    Gaz kondensatlari. Gaz konlaridan olinadigan gaz yonilg‘ilari 
    tarkibida uglevodorodlarning ancha og‘ir fraksiyalari ko‘pincha 
    mavjud bo‘ladi, ular gaz bosimi ortganida va harorati pasayganida, 
    oson suyuqlanadi. Gaz kondensatlari deb atalmish ushbu fraksi-
    yalar neftdan olingan standart suyuq yonilg‘ilar o‘rnida, mazkur 
    yonilg‘ilar kamyob bo‘lganida, yoki iqtisodiy mulohazalarga ko‘ra, 
    ishlatilatilishi mumkin. Respublikamiz hududidagi gaz konlaridan 
    olinadigan 1 m
    3
    gazning tarkibidan 15–170 sm
    3
    suyuq gaz kon-
    densatlari olinadi. 
    97
    Albatta, gaz kondensatlarini dvigatellar konstruksiyasini deyar-
    li qayta o‘zgartirmagan holda qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘la-
    di. Gaz kondensatlarining muhim tomoni – ishlab chiqarishning 
    arzonligi, saqlanganida xossalarining o‘zgarmasligi, xususiyatlari 
    va tarkibining doimiyligidadir. Turli konlardan olinadigan gaz kon-
    densatlarining tarkibida uchqun bilan yondiraladigan dvigatellar 
    talablariga javob beradigan yengil gaz kondensatlari va dizellarda 
    qo‘llash mumkin bo‘lgan og‘ir gaz kondensatlari mavjud bo‘la-
    di. Markaziy Osiyo hududiga mansub bo‘lgan bu ikki turkum gaz 
    kondensatlarining ba’zi bir xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Ikkala 
    turkum uchun umumiy jihatlar shuki, gaz kondensatlari tarkibida 
    cheksiz birikmalar mavjud emas va ular aromatik, naften hamda 
    parafinli uglevodorodlardan tarkib topgan. 
    Yengil gaz kondensatlari Muborak, Gazli, Uchqir va boshqa 
    konlardan olinadi. Ular benzinlarga nisbatan past haroratda qay-
    nay boshlaydi, bu esa, o‘z navbatida, dvigatel ta’minlash tizimi-
    da bug‘ tiqinlari paydo bo‘lishiga moyillikni kuchaytiradi. Biroq 
    maxsus tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy dvigatellarning 
    ta’minlash tizimida bug‘ tiqinlari hosil bo‘ladigan harorat avtomo-
    billarning respublikamiz hududi sharoitlarida ishlaganida yuzaga 
    keluvchi odatdagi qiymatidan biroz yuqori bo‘lar ekan. 
    Gaz kondensatlari uncha yuqori bo‘lmagan antidetonatsion xu-
    susiyatlarga ega bo‘lib, ularning oktan soni 54–58 oralig‘ida bo‘la di. 
    Biroq tetraetilqo‘rg‘oshin qo‘shish hisobiga gaz konden satlari ning 
    oktan sonini o‘rta sifatli benzinlarning oktan soniga teng lashtirish 
    mumkin. Gaz kondensatlarini yuqori oktanli benzinlar bilan ara-
    lashtirib, ularning detonatsiyaga chidamliligini zamonaviy dvi-
    gatellar talab qiladigan darajagacha oshirish mumkin. Bu holda 
    gaz kondensatlaridan foydalanish sof benzinga bo‘lgan talabni 
    50–60 foizga kamaytiradi. 
    Gaz kondensatlarining qovushoqligi benzinlarning qovushoq-
    ligiga yaqin bo‘lganligi uchun dvigatelning ta’minlash tizimiga 
    konstruktiv jihatdan o‘zgartirish kiritish talab qilinmaydi. Maxsus 
    tajribalar yengil gaz kondensatlarining yetarli darajada barqaror 


    98
    ekanligini hamda ularni saqlash paytida isroflar (bug‘lanish tufayli) 
    yuqori emasligini ko‘rsatadi. 
    4,3- jadvalda yengil gaz kondensatlarining ba’zi xossalari kel-
    tirilgan. 
    4. 3- jadval

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish