• Moylarga qo‘shiladigan qo‘shilmalar
  • xossalari hamda moy tarkibidagi mexanik




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet57/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    xossalari hamda moy tarkibidagi mexanik
    aralashmalar va suvning miqdori
    Moylarga, yonilg‘ilarga qo‘yilgani kabi, ularning metallarga kor-
    rozion ta’sirining minimal bo‘lishi, tarkibida mexanik aralashmalar 
    va suvning bo‘lmasligi bo‘yicha talablar qo‘yiladi. Moylar detallar-
    ni korroziyalanishdan ishonchli saqlashi lozim. Korroziyalanish 
    tez ligi moy tarkibidagi yoki ish jarayonida hosil bo‘ladigan mexa-
    nik aralashmalar, suv, suvda eriydigan kislotalarga bog‘liq. Mineral 
    kislotalar detallarning jadal korroziyalanishiga sabab bo‘ladi, shu-
    ning uchun, standartlarga ko‘ra, moylar tarkibida ularning bo‘lishi-
    ga ruxsat etilmaydi. Aktivligi ancha past bo‘lgan kislotali organik 
    moddalar hamma moylarda bo‘ladi. Ularning miqdori kislota soni 
    bilan belgilanadi. Kislota soni 1 g moydagi kislotalarni neytrallash 
    uchun necha milligramm o‘yuvchi kaliy kerakligini bildiradi. 
    Ish davomida moyda organik kislotalar miqdori ortadi, buning 
    natijasida rangli metalldan yasalgan detallarning yemirilishi orta-
    di. Bundan tashqari, yonish kamerasidan dvigatel karteriga ish ba-
    jargan gazlar bilan birga oltingugurt oksidlar va kislotalar tushadi. 
    Bu korroziyalovchi aktiv moddalar moyda asta-sekin to‘planadi. 
    Yonilg‘ida oltingugurt qancha ko‘p bo‘lsa, moyning korroziyalan-
    ish xossasi shuncha ortadi. 
    Tarkibida oltingugurt miqdori ko‘p bo‘lgan yonilg‘idan keng 
    foydalanish dvigatel detallarini korroziyalanishdan saqlash uchun 
    maxsus choralar ko‘rishni talab qiladi. Yonilg‘iga korroziyala-
    nishga qarshi qo‘shilmalar qo‘shish sirtlarni korroziyalanishdan 
    saqlashning eng samarali usulidir. Bunday qo‘shilmalar sifatida 
    fosforli yoki oltingugurtli moddalardan foydalaniladi. Bu aktiv ele-
    mentlar metall sirtida himoya pardalarini hosil qiladi. Bu pardalar 
    kislotalar ta’sirida yemirilsa ham, muntazam kelib turuvchi yan-
    gi moy porsiyalari hisobiga qayta tiklanadi. Metall sirti korrozion 
    yemirilishdan shu tarzda ishonchli himoyalanadi. 


    114
    Korrozion yemirilish tezligiga suv katta ta’sir ko‘rsatadi. Stand-
    artlarga ko‘ra, yangi moylarda suv bo‘lishiga ruxsat etilmaydi. Le-
    kin moyni noto‘g‘ri tashish, saqlash va mashinaga noto‘g‘ri quyish 
    natijasida moyga suv tushishi mumkin. Bundan tashqari, ish vaqti-
    da dvigatelga gazlar bilan birga kiruvchi suv bug‘lari moyga tu-
    shadi. Bu gazlar yonilg‘idagi vodorodning yonishi natijasida pay-
    do bo‘lganligidan ularda ko‘p suv bo‘ladi. Shu sababli kimyoviy 
    yeyilishning oldini olishning asosiy shartlaridan biri ishlatiladi-
    gan moylarda suv bo‘lmasligiga erishishdir. Bir qator moylarning 
    tarkibida oz miqdorda (0,025 foizgacha) suv bo‘lishiga, shuning-
    dek, foizning yuzdan bir ulushi miqdorida mexanik aralashmalar 
    bo‘lishiga ruxsat etiladi. 
    Mazutdan olingan barcha moylar 50°C haroratgacha yuqori 
    fizikaviy va kimyoviy turg‘unlikka ega bo‘ladi. Ular tashish va 
    uzoq vaqt saqlash jarayonida o‘z xususiyatlarini sezilarli darajada 
    o‘zgartirmaydi. Shuning uchun moy zaxiralarini 5 yil va undan or-
    tiq muddat saqlashga ruxsat etiladi. 
    Moy harorati 50°C dan ortganida (bu holat amaliyotda ko‘p 
    uchraydi) esa, moyning fizikaviy va kimyoviy turg‘unligi keskin 
    pasayadi, korrozion ta’siri esa keskin ortadi. Yuqori haroratlarda 
    avtomobillarning ishonchli ishlashini ta’minlash uchun moylarga 
    turli xil qo‘shilmalar qo‘shiladi. 
    Standartlarda moyning metallarga ta’sirini bevosita baholovchi 
    ko‘rsatkich – korroziyalash ta’siri ham me’yorlanadi. Uni baho-
    lashning bir necha usuli mavjud bo‘lsa ham, aniqlash mezoni bir 
    xil: belgilangan haroratgacha qizdirilgan ma’lum miqdordagi moy 
    bilan metall plastinkalar (ko‘pincha qo‘rg‘oshin plastinkalar) yu-
    viladi. Sinash davomiyligi tanlangan usulga bog‘liq. Sinov tu-
    gagach, plastinkalar tarozida tortib ko‘riladi. Yuza birligiga to‘g‘ri 
    keladigan grammda o‘lchanadigan yo‘qotgan massasiga qarab 
    (g/ m
    2
    ) korroziyalash ta’siri hisoblab topiladi. Korroziyalash ta’si-
    rining qiymati va uni aniqlash usuli moy pasportida keltiriladi. Bu 
    qiymat qancha kichik bo‘lsa, moyning korroziyaga qarshi xossalari 
    shuncha yaxshi bo‘ladi. 
    115
    5. 1. 6. Moylarga qo‘shiladigan qo‘shilmalar
    Yaqin vaqtlargacha moylarning ekspluatatsion xossalari xom-
    ashyoni to‘g‘ri tanlash, uni qayta ishlash va tozalash texnologiya-
    sini yaxshilash yo‘li bilan oshirilar edi. Lekin texnika rivojlangani 
    sari surkov moylarining sifatiga qo‘yiladigan talablar ham ortib bor-
    moqda. Bu talablarni eski usullar bilan qondirish mumkin bo‘lmay 
    qoldi. Moylarning sifatini yaxshilash uchun ularga qo‘shilmalar 
    qo‘shish moylash materiallarining ekspluatatsion xossalarini kes-
    kin oshirishning yangi vositasi bo‘lib qoldi. 
    Moylarga qo‘shiladigan qo‘shilmalar bu murakkab birikmalar 
    bo‘lib, ularni surkov moylarining sifatini yaxilash va ularga yan-
    gi xususiyatlar berish uchun qo‘shiladi. Ularning miqdori foizning 
    yuzdan bir ulushidan 20–30 foizgacha yetadi. 
    Qo‘shilmalar vazifasiga ko‘ra oksidlanishga qarshi, korroziyaga 
    qarshi, yuvuvchi, dispersiyalovchi (maydalovchi), yeyilishga qar-
    shi, qovushoqlikni oshiruvchi, ko‘pirishga qarshi va boshqa turlar-
    ga bo‘linadi. 
    Moylarga qo‘shiladigan qo‘shilmalarga quyidagi talablar qo‘-
    yiladi:
    – moylarda yaxshi erish;
    – uzoq muddat saqlanganida, harorat o‘zgarganida va suv ta’sir 
    etganida ajralib chiqib, cho‘kma hosil qilmasligi;
    – dvigatelning moy tozalash qurilmalarida filtrlanmasligi;
    – moylarning ayrim ekspluatatsion xossalarini yaxshilab, bosh-
    qalarini yomonlashtirmasligi;
    – issiqlik va kimyoviy ta’sirlarga turg‘un bo‘lishi.

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish