• Moy qovushoqligining harorat t ga bog‘liqligi
  • Moylarning ishchi haroratdagi qovushoqligi




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet55/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    Moylarning ishchi haroratdagi qovushoqligi. Moylash mate-
    riallariga qo‘yiladigan muhim talablardan biri moyning qovushoq-
    lik xususiyatiga bo‘lgan talablardir. Turli uzellarda suyuqlikning 
    ishqalanish hosil qilishi, ularni sovitish, zichlikni ta’minlash, oson-
    gina yurgizib yuborish va boshqalar qovushoqlikka bog‘liq bo‘ladi. 


    110
    Moy ishchi haroratda ma’lum qovushoqlikka еgа bo‘lishi va harorat 
    ta’sirida moy qovushoqligi imkoniyat qadar kam o‘zgarishi lozim. 
    Moylarning qovushoqligi mexanizmlar ishiga katta ta’sir ko‘rsa-
    tadi. Har bir konkret hol uchun qovushoqlikni to‘g‘ri tanlash lozim. 
    Qovushoqligi juda ham past bo‘lgan moylar detallar orasidagi tir-
    qishdan osongina oqib chiqib ketadi, natijada detallarning yeyilishi 
    jadallashadi va moylash materialining sarfi ortadi. Aksincha, moy 
    qovushoqligi juda ham yuqori bo‘lganida, o‘zaro ishqalanuvchi de-
    tallar orasidagi tirqishga moy yetkazib berish qiyinlashadi, buning 
    natijasida ham detallarning yeyilishi jadallashadi. Shu bilan birga, 
    moylangan yoki moy vannasiga cho‘ktirilgan detallarni harakatlan-
    tirish uchun energiya sarfi ortib ketadi (5. 2­ rasm). 
    5. 2- rasm. Moy qovushoqligining harorat t ga bog‘liqligi:
    1 – М–10Г
    2
    2 – М –6А; – M–4
    3
    F
    6
    B
    1
    .
    Turli maqsadlarda ishlatiladigan mexanizm va agregatlarni moy-
    lashda ishlatiladigan moylarning ishchi harorati bir xil bo‘lmaydi. 
    Sanoatda ishlatiladigan jihozlarda foydalaniladigan moylarning ish 
    harorati taxminan 50°C bo‘ladi, shuning uchun standartlarda sa-
    111
    noat moylari uchun 50°C dagi qovushoqlik beriladi. Motor moyla-
    rining ishchi harorati 100°C deb qabul qilingan, ya’ni ichki yonuv 
    dvigatellarining past haroratli zonasidagi (karter, tirsakli val) moy 
    haroratining o‘rtacha qiymati. Ko‘pchilik avtomobillarning trans-
    missiyasida ishlatiladigan moylarning maksimal harorati 100°C ga 
    yaqin bo‘lganligi uchun transmission moylarning qovushoqlik xu-
    susiyatlari ham 100°C dagi qovushoqlikka nisbatan beriladi. 
    Barcha turdagi motor moylarini va bir qator transmission moy-
    larni markalashda moyning 100°C haroratdagi qovushoqligi o‘z 
    aksini topadi. Masalan, М8Б
    1
    markali moyda 8 raqami moyning 
    100°C dagi qovushoqligini bildiradi. 

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Moylarning ishchi haroratdagi qovushoqligi

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish