102
9. Vodorod yonilg‘idan foydalanish istiqbollari haqida gapirib bering.
10. Slaneslar va bitumlardan olinadigan yonilg‘ilar haqida aytib be-
ring.
V BOB. AVTOMOBIL MOYLARI
5. 1. Motor moylari
5. 1. 1. Moylarning olinishi va tarkibi
Har qanday mashinada o‘zaro ishqalanadigan juftlarni moylash
uchun turli moylash materiallaridan foydalaniladi. Ular texnika-
ning ishonchli ishlashini ta’minlovchi muhim omillardan biri hi-
soblanadi.
Turli maqsadlarda ishlatish uchun ishlab chiqariladigan moylash
materiallarining asosiy qismi neftni qayta ishlash mahsulotlari aso-
sida tayyorlanadi. Jumladan, avtomobillarda ishlatiladigan moylar
va bir qator maxsus suyuqliklarning asosiy komponenti mazutdan
ajratib olinadigan suyuq mineral moylardir.
XIX asrning 70- yillarigacha moylash materiali sifatida hayvon
yog‘lari va o‘simlik moylaridan foydalanilgan. Moylash materiali
sifatida neft mahsulotlaridan foydalanish D. I. Mendeleyev tomoni-
dan taklif etilgan. Uning g‘oyasi asosida V. I. Ragozin tomonidan
1876 yilda Novgorod shahri atrofida mazutni haydash hamda sul-
fat kislota va ishqorlar yordamida tozalash usuli bilan moy ishlab
chiqariladigan dastlabki zavod qurildi.
Mazut neftdan benzin, ligroin, kerosin va dizel yonilg‘isi frak-
siyasi ajratib olingan neft qoldig‘idir, ya’ni yengil fraksiyalardan
xoli bo‘lgan neftdir. Shuning uchun mazutdan olinadigan moylar
tarkibi, asosan, dvigatel yonilg‘ilari kabi uglevodorodlardan ibo-
103
rat. Biroq moy tarkibidagi uglevodorodlarning molekular massasi
benzin va dizel yonilg‘isi tarkibidagi uglevodorodlarning moleku-
lar massasiga nisbatan katta (moy molekulasidagi uglerod atomlari
soni 20 tadan 50 tagacha).
Mazut to‘q jigarrang suyuqlik bo‘lib, zichligi 0,89–1,00 g/sm
3
,
yonish issiqligi 38000 kJ/kg.
Mazutdan olinadigan surkov moylari tarkibida uglevodorodlar-
dan tashqari, naften kislotalar, uglerodli birikmalar va smola-asfalt-
li moddalar bo‘ladi.
Moylar ishlab chiqarish uslubiga ko‘ra distillat va qoldiq moy-
larga bo‘linadi. Distillat moylar mazutni bosim ostida haydash
yo‘li bilan olinadi. Vakuumli kolonnada mazut qovushoqligi har xil
bo‘lgan (qaynash harorati 350–500°C oralig‘ida) moy distillatlari-
ga ajratiladi (5. 1- rasm). Vakuumda haydash mazutni parchalani-
shidan saqlab, qizdirish haroratini pasaytirib moy fraksiyalarini
ajratishni osonlashtiradi.
Yo‘l va bino qurilishi,
elektrotexnik va lok-
bo‘yoq materiallari ishlab
chiqarish uchun bitumlar
5. 1- rasm. Mazutni vakuumda haydash usulida