• Parafinsizlantirish
  • Moyning vazifasi va turlari Surkov moylari
  • Moyning qotish harorati va uni pasaytirish usullari
  • Moylarning qovushoqlik xossalari
  • K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet54/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    Asfaltsizlantirish – gudrondan smolali asfalt birikmalarini va 
    aromatik polisiklik uglevodorodlarni erituvchilar (suyultirilgan 


    106
    propan) yordamida ajratib olish va cho‘ktirishdir. Shundan so‘ng 
    moy distillati selektiv tozalashdan o‘tkaziladi. Bunda kerakmas 
    moddalar ekstrakt holatiga, qoldiq moy esa rafinat holatiga o‘tadi. 
    Asfaltsizlantirish jarayoni 2,5–4 MPa bosim va 60–85°C haroratda 
    bajariladi. 
    Parafinsizlantirish – moy distillatlaridan past haroratlarda 
    kristallanuvchi va moyning past haroratdagi xususiyatlarini yomon-
    lashtiruvchi parafinli uglevodorodlarni ajratib olishdir. Erituvchi si-
    fatida aseton, dixloretan, suyuq propan kabi organik birikmalardan 
    foydalaniladi. Moy erituvchi bilan barcha kerakli haroratgacha so-
    vitiladi va filtrlanadi. Parafinlar filtrda qoladi, erituvchi esa moydan 
    haydaladi. 
    Moylarni tozalash usullarining xilma-xilligiga qaramay, olin-
    gan moy har doim ham qo‘yilgan talablarga to‘la javob beradi deb 
    bo‘lmaydi. Moy sifatining talab darajasida bo‘lishini ta’minlash 
    maqsadida ularning tarkibiga moyning bir yoki bir nechta xususi-
    yatlarini yaxshilovchi qo‘shilmalar qo‘shiladi. 
    5. 1. 2. Moyning vazifasi va turlari
    Surkov moylari deganda, qaynash harorati 350°C dan yuqori 
    bo‘lgan uglevodorodlardan iborat neft fraksiyasi tushuniladi. Moy-
    lar benzin va dizel yonilg‘isiga nisbatan yuqori qovushoqlikka 
    ega bo‘lgan suyuqlik bo‘lib, sariqdan qoragacha rangda bo‘ladi. 
    Yonilg‘ilar singari suvdan yengil (20°C haroratdagi zichligi 870–
    950 kg/m
    3
    ) bo‘lib, suvda erimaydi. 
    Ishlatiladigan moylash materiallarining sifati va mos kelishi 
    avtomobilning uzoq vaqt ishonchli ishlashini ta’minlovchi omil-
    lardan biridir. To‘g‘ri tanlangan yaxshi sifatli surkov moyi agre-
    gatlarning eng noqulay sharoitlarda ham uzoq muddat ishlashini 
    ta’minlaydi. 
    Moylash materiallari suyuq (moylar) va mazsimon (plastik 
    moylar) turlarga bo‘linadi. 
    Olinish usuliga ko‘ra moylar quyidagi turlarga bo‘linadi:
    107
    – mineral moylar – tabiiy holdagi mineral uglevodorodlarni ara-
    lashtirish yoki qayta ishlash yo‘li bilan olinadigan moylar. Mineral 
    moylarning asosiy qismi (90 foizdan ortig‘i) neftni qayta ishlash 
    yo‘li bilan olinadi;
    – neft moylari – neft xomashyolaridan olingan tozalangan moy. 
    Neft moylari olinish usuliga ko‘ra distillatli, qoldiq va aralash 
    bo‘lishi mumkin;
    – sintetik moylar – sintezlash natijasida olingan moylar. Ishlab 
    chiqarish qimmatligi tufayli ular keng ko‘lamda ishlatilmaydi, eng 
    muhim ishqalanish uzellaridagina ishlatiladi;
    – o‘simlik moylari – o‘simliklar urug‘ini qayta ishlash yo‘li 
    bilan olinadigan moylar. Texnikada kanakunjit, xantal va boshqa 
    o‘simlik moylari ishlatiladi;
    – hayvonot moylari – hayvonot mahsulotlaridan olinadigan moylar.
    O‘simlik va hayvonot mahsulotlaridan olinadigan organik moylar-
    ning moylash xususiyati yuqori bo‘lsa-da, ammo issiqlik ta’siriga 
    chidamliligi past. Shuning uchun ular neft moylariga qo‘shib ish-
    latiladi. 
    Organik moylar yuqori sifatli plastik moylar tayyorlashda ish-
    latiladi. 
    Plastik moylar mineral yoki organik moylarni quyultirish yo‘li 
    bilan olinadigan murakkab tarkibli mahsulotdir. Ulardan juda keng 
    foydalaniladi. Organik va mineral moylarning asosiy kamchiligi 
    ularni ishlatish mumkin bo‘lgan harorat chegaralari oralig‘ining 
    kichikligidir. Harorat –20°C dan past bo‘lganida ko‘p moylar qo-
    tib qoladi, 150–200°C haroratlarda ishlatilganida esa tez bug‘lana 
    boshlaydi va oksidlanadi. Bu moylar yaramaydigan hollarda sinte-
    tik moylardan foydalanish tavsiya etiladi. 
    Davlat standarti talablariga binoan, neft moylari ishlatilish so-
    hasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
    – motor moylari (benzinli, dezelli va gaz turbinali dvi ga tellar 
    uchun);
    – transmission moylar (gidrouzatmalar, gidrodinamik va gidro-
    hajmiy uzatmalar uchun);


    108
    – maxsus (turbina, kompressor va boshqa moylar);
    – turli maqsadlarda ishlatiladigan moylar. 
    Avtomobil agregatlarini moylashda, asosan, motor va transmis-
    sion moylardan foydalaniladi. 
    Barcha turdagi moylar bir qator vazifalarni bajarishi lozim, ular-
    dan eng asosiylari quyidagilardir: detallarning yeyilishini kamayti-
    rish; ishqalanishni yengishga sarflanadigan energiyani kamaytirish; 
    detallar orasidagi tirqishlarni zichlash (masalan, dvigatel silin-
    dri gilzasi va porshen orasidagi tirqishni); qizigan detallarni moy 
    tizimi bo‘yicha moy aylanishi hisobiga qisman bo‘lsa-da sovitish; 
    ishqalanuvchi yuzalarda hosil bo‘lgan yemirilish mahsulotlarini 
    filtrlovchi qurilmagacha surib kelish; metall sirtlarni korroziyadan 
    himoya qilish. 
    Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalarni yoki ularning bir qismi ning 
    yetarli darajada uzoq muddat davomida ta’minlanishiga erishish 
    uchun moylar bir qator ekspluatatsion talablarga javob berishi 
    lozim. Bu talablar ichida eng asosiylari quyidagilardir: moyning 
    qotish harorati imkon qadar past bo‘lishi va ishqalanuvchi de-
    tallarning ishonch li ishlashini ta’minlovchi qovushoqlikka ega 
    bo‘lishi; ishqalanuvchi detallarning yoyilishini sekinlatish uchun 
    yaxshi moylash xossasiga ega bo‘lishi; fizikaviy va kimyoviy 
    turg‘unligi yetarli darajada bo‘lishi; metallarni korrozion yemi-
    rilishdan saqlashi, shuningdek, tarkibida mexanik aralashmalar va 
    suv bo‘lmasligi lozim. 
    Bundan tashqari, moyning qimmatbaholigi va o‘t olish xavfini 
    ham hisobga olish lozim. 
    Moy sifatiga qo‘yiladigan ekspluatatsion talablar bir yoki bir 
    necha ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi va bu ko‘rsatkichlarning 
    qiy mati turli maqsadlarda ishlatiladigan moylar uchun Davlat stan-
    darti asosida me’yorlashtirilgan. Quyida moylarning asosiy sifat 
    ko‘rsatkichlarining mohiyatini va bu ko‘rsatkichlarning avtomobil 
    dvigatellari va boshqa agregatlarning ishonchli va uzoq muddat 
    ishlashiga ta’sirini ko‘rib chiqamiz. 
    109
    5. 1. 3. Moyning qotish harorati va uni pasaytirish usullari
    Moylash materiallari ma’lum bir haroratda o‘zining oquvchanlik 
    xususiyatini yo‘qotadi. Moyning oquvchanlik xususiyatini yo‘qo-
    tishi sovuq ta’sirida moy tarkibidagi uglevodorod kristallarining 
    ajralishi oqibatida kristall karkas hosil bo‘lishi yoki sovuq ta’sirida 
    moy qovushoqligining katta qiymatga ega bo‘lishi natijasida amal-
    ga oshadi. Neftdan olinadigan ko‘pchilik moylar o‘z oquvchanligi-
    ni bir paytda yuqoridagi sabablar tufayli yo‘qotadi. Barcha holatlar-
    da moy oquvchanligining yo‘qolish harorati dizel yonilg‘ilaridagi 
    kabi aniqlanadi va moyning qotish harorati deyiladi. 
    Tarkibidan qattiq fazalar ajralib chiqqan va oquvchanlik xususi-
    yati yo‘qolgan moylardan foydalanishga ruxsat etilmaydi. Shuning 
    uchun har qanday moyga qotish haroratining yuqori qiymati cheg-
    arasi bo‘yicha talablar qo‘yiladi. 
    Moylash materiallarini ishlab chiqarishda olinadigan mahsulot-
    ning qotish haroratini pasaytirishga yo‘naltirilgan bir qator cho-
    ra-tadbirlar amalga oshiriladi. Bu tadbirlardan biri moy suyuqlanish 
    harorati nisbatan yuqori bo‘lgan uglevodorodlardan parafinsizlan-
    tirish yo‘li bilan tozalanadi va tozalangan moy tarkibiga depressor 
    qo‘shilmalar (depressorlar) qo‘shilib, moyning qotish harorati se-
    zilarli darajada pasaytiriladi. 
    Qotish haroratining ekspluatatsion qiymati haqida aniq tasav-
    vurga ega bo‘lish lozim. Unga ko‘ra, moylarni saqlashda bajariladi-
    gan ishlar, moylash tizimini moyni qizdirmasdan moy bilan to‘ldi-
    rish imkoniyatlarini baholash mumkin. 
    5. 1. 4. Moylarning qovushoqlik xossalari

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish