|
Texnologik jarayonni avtomatlashtirish
|
Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 0,58 Mb. | | #264470 |
Bog'liq каталитик reforming
TEXNOLOGIK JARAYONNI AVTOMATLASHTIRISH
Turli texnologik uskunalar va sistemalar talab etilgan vazifalarni bajarishi uchun biron bir boshqarish jarayonini tashkillashtirish lozim. Boshqarish jarayoni “qo‘l” usulida yoki umumiy xolda avtomatlashtik boshqarish sistemalari deb ataluvchi texnik vositalar birligi orqali amalga oshiriladi.
Sanoat ishlab chiqarishining texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish texnik progressning ishlab chiqarish madaniyatining yuksalishiga, maxsulot sifatini oshishiga, uskuna unumdorligiga, maxsulotni ishlab chiqarishda xom ashyoning umumiy sarfini, energiya va mexnat sarfini kamaytirishga, atrof muhit himoyasini yaxshilashga, insonni ishlab chiqarishning zararli sharoitlaridan ozod qilishga shu bilan birga qator sotsial, iqtisodiy va texnik ko‘rsatgichlarni yaxshilashga qaratilgan asoslaridan biridir.
Avtomatlashtirish – texnologik jarayonlarni odam ishtirokisiz boshqaradigan texnik vositalarni joriy etish demakdir. Avtomatlashtirish ishlab chiqarish jarayonidagi odam ishtirok etmagan sanoatning yangi bosqichi bo‘lib, bunda texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish funksiyasini avtomatik qurilmalar bajaradi. Avtomatlashtirishni joriy etish ishlab chiqarishning asosiy texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga, ya’ni ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdori va sifatining oshishi hamda tannarxining kamayishiga olib keladi.
Avtomatlashtirishning maqsadi–mehnat unumdorligi va ishlab chiqarishning sifatini oshirish rejalarini avtomatlashtirish, optimallashtirish va boshqarish, insonni zararli sharoitlarda ishlashdan ozod qilishdir.
Texnik jarayonlarda odamning ishtirok etishiga ko‘ra avtomatlashtirishni quyidagilarga ajratish mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik rostlash va avtomatik boshqarish.
Avtomatik nazorat–texnologik jarayonlarda tezkor ma’lumotlarni avtomatik ravishda qabul qilish va uni qayta ishlash uchun kerakli bo‘lgan sharoitlarni ta’minlaydi.
Haroratni rostlash. Qurilmaga kirayotgan bug’ sarfi bo’yicha haroratni rostlash uchun trubaquvurga izolyatsion holda, SITRANS TR Pt100 elektr qarshilik termometrlari TT (1-1) o’rnatilgan. Ijrochi mexanizm sifatida REVCA teskari membranali rostlash klapani va 1.4 atmosfera bosimidagi NO’A va A pnevmomanbasi asosida ishlaydigan pozitsioner o’rnatilgan
Balandlikni rostlash. Qurilmaga past qismidan maxsulot nasos oraqli beriladi, shuning uchun reaktordagi balandlikni nasos bo’yicha rostlanadi. Rostlash uchun Pointek KLS 400 sath o’lchov asbobi LT (2-1) yordamida o’lchanadi va analog signal shitga yuboriladi. Ijrochi mexanizm sifatida pozitsiya 2-4 nasosdan foydalaniladi.
Bosimni kuzatib borish. Qurilmadagi bosimni nazorat qilish talab etiladi, buning uchun 3-1 pozitsiyada PScale 133 markali, bosimni ko’rsatib turuvchi shkalali asbob o’rnatilgan.
Sarfni rostlash. Reaktordan chiqishdagi tabiiy gaz sarfini o’lchash uchun Proline Prosonic Flow ultratovushli sarf o’lchagich FE,FT(4-1, 4-2) o’rnatilgan. Ijrochi mexanizm sifatida REVCA teskari membranali rostlash klapani va 1.4, atmosfera bosimidagi NO’A va A pnevmomanbasi asosida ishlaydigan pozitsionerlar o’rnatilgan.
Reaktordagi ish rejimini nazorat qilish va boshqarish uchun SIMATIC Panel sanoat kompyuterida avtomatlashtirilgan ish o’rni yaratiladi.
TT – Pt100 sezgir elementli -200 dan 6500C o’lchaydigan, chiqish signali 4-20mA analogli tokga ega bo’lgan SITRANS TR elektr qarshilik termometri.
FE - Proline Prosonic Flow ultratovushli sarf o’lchagichning sezgir elementi.
FT - Proline Prosonic Flow ultratovushli sarf o’lchagich signal o’zgartirgichi, chiqish signali 4-20 mA.
PLK SIMATIC – programmalashtirilgan logik kontrollerlar.
Boshqaruv obyektini uzatish funksiyasini aniqlash
Mazkur jarayonni bajarishda obyekt tanlab oldik. Olingan obyektni tizimli tahlil qilib, uning kirish va chiqish parametrlarini aniqlaymiz:
Boshqaruvchi ko‘rsatkich- sarf;
Boshqariluvchi ko‘rsatkich- harorat;
Jarayondagi o‘zgartiriladigan obyektning asosiy ko‘rsatkichi – harorat bo‘lib, uning o‘zgarish chegarasi tmax=240 oC; tmin =220 oC; to‘rt= 230 oC;
o‘zgarish chegarasi = yo10 oC. Ya’ni:
tmax= tmax- to‘rt=240-230=10 oC
tmin= tmin - to‘rt= 210-230=-10 oC
t= 10 oC
Avtomatik rostlash tizimini hisoblash
Biz tanlagan ob’ekt ikki sig‘imli ekanini hisobga olib,uning kompyuter modelini quyida keltirilgan “MATLAB” dasturi asosida hosil qilamiz.
Rostlagichning Kr va To koffitsiyentlarini qiymatini aniqlash maqsadida boshqaruv tizimining kompyutor modelini tuzamiz:
Roslgichning sozlash koeffitsiyentlari (Ti va Kr ) qiymatini aniqlash uchun tizimning MATLAB dasturidagi modeli yordamida bir necha o‘tish chizmalarini olamiz va ular orasidan eng muqobilini (optimalini) tanlayman (Rasm. 5) va roslagich koeffitsiyentlarining qiymatlarini texnologik tizimda turadigan rostlagich koffitsiyent kritaman Kr= 0.07. T = 0.0004.
Kuchaytirish koeffitsiyenti K=1, integrallash koeffitsiyenti Ti=0.01
Kuchaytirish koeffitsiyenti K=1.5, integrallash koeffitsiyenti Ti=0.01
Kuchaytirish koeffitsiyenti K=1.5, integrallash koeffitsiyenti Ti=0.01 bo‘lganda rostlanish vaqti kisqa va tekis harakat orqali rostlanish yuzaga keladi.Rostlagich mana shu qiymatlarda optimal boshqarishga erishar ekan.
|
| |