Cho’yanlar markalanishi va xossalari 1 Cho’yanlar haqida umumiy malumot




Download 472,26 Kb.
Sana29.11.2023
Hajmi472,26 Kb.
#108020
Bog'liq
materialshunoslik 2


Cho’yanlar markalanishi va xossalari
1 Cho’yanlar haqida umumiy malumot
2 cho‘yanlarning kimyoviy tarkibi, mexanik xossalari va faza tashkil etuvchilari
3 . Cho‘yan ishlab chiqarish

Cho’yanlar haqida umumiy malumot


Tarkibida uglerod miqdori 2,14 dan 6,67 % gacha boigan temirning uglerod va boshqa elementlar bilan qotishmasi cho'ycm deyiladi. Cho‘yanlar tarkibidagi uglerodning qanday holatda ekanligiga ko‘ra oq, kulrang, juda puxta va bolg‘alanuvchan cho‘yanlarga boiinadi. Oq cho‘yanning tarkibida uglerod kimyoviy birikma-sementit holatida boiadi. Sementit sinish yuzasida yaltiroq, oq rangda boiadi. Shu sababli, asosini sementit tashkil etgan cho‘yan oq cho'yan deb yuritiladi. Kulrang, bolg‘alanuvchan va juda puxta cho'yanlaming tarkibida uglerodning juda ko‘p qismi erkin holatda, ya’ni grafit tarzida boMadi.
Oq cho‘yanlar tuzilishiga va tarkibidagi uglerod miqdoriga ko‘ra quyidagi turlarga boiinadi: •evtektikadan oldingi cho‘yan, tarkibida uglerod miqdori 2,14- 4,3% bo‘lib, strukturasi perlit, sementit va ledeburitdan iborat; • evtektik cho'yan tarkibida uglerod miqdori 4,3% ni tashkil etib, strukturasi ledeburitdan iborat (3.1-rasm); •evtektikadan keyingi cho‘yan, tarkibida uglerod miqdori 4,3- 6,67% bo‘lib, strukturasi birlamchi sementit va ledeburitdan tashkil topadi.


Kulrang cho‘yanlar. Kulrang cho‘yanlaming qolipga quyilish xossasi yuqori bo'lganligi sababli, ular quymakorlik cho‘yanlari deb ham yuritiladi. Metall asosining tuzilishiga ko‘ra, kulrang cho‘yanlar quyidagicha ajratiladi:
• perlitli kulrang cho'yan;
• perlit-ferritli kulrang cho'yan;
• ferritli kulrang cho'yan.
Perlitli СЧ21, СЧ24, СЧ25, СЧЗО, СЧ35 kulrang cho‘yanlari kuchli dastgohlarning staninasi, mexanizmlari, porshen, silindr, dvigatel bloklari, metallurgiya jihozlarining detallarini ishlab chiqarishda qoilaniladi. Ferritli СЧ10, СЧ15, СЧ18 kulrang cho‘yanlari poydevor plitalari, qurilish ustunlari, qishloq xo‘jalik mashinalari, dastgohlar, avtomobil va traktor detallarini ishlab chiqarishda qoilaniladi. Markada СЧ-kulrang cho‘yan, birinchi ikkita son cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasini bildiradi
Bolg‘alanuvchan cho‘yanlar oq cho‘yanni maxsus usulda yumshatish orqali olinadi. Bolg‘alanuvchan cho‘yanda uglerod erkin holatda-bodroqsimon grafit shaklida boiadi. Ulaming plastikligi kulrang cho‘yanlarnikiga nisbatan yuqori. Metall asosiga ko‘ra bolg‘alanuvchan cho‘yan ferritli va perlitli boiadi. Ferritli kulrang cho‘yanning plastik xossalari yuqori boiganligi sababli mashinasozlikda keng ishlatiladi. Bolg‘alanuvchan cho‘yan olish uchun ishlatiladigan oq cho‘yanning kimyoviy tarkibi quyidagicha boiadi:2,5-3,0% C, 0,7-1,5% Si, 0,3-1,0% M n'o,12% S, 0,18% P. Yumshatish ikki bosqichda olib boriladi (3.2-rasm). Birinchi bosqichda quymalar 950-970°C da ushlab turiladi. Bu davrda ledeburit tarkibiga kiruvchi (Fe3C+A) sementit parchalanadi va muvozanat holatdagi A+S strukturasi hosil boiadi.

Juda puxta cho‘yanlar Juda puxta cho‘yanlar suyuq cho‘yanni qolipga quyish oldidan unga kam miqdorda (0,03-0,07%) Mg qo‘shish orqali olinadi. Grafit shar shakliga ega bo‘lgani uchun metall asosning mustahkamligini kam pasaytiradi. Shar shaklidagi grafitli cho‘yan yuqori mexanik xossalarga ega bo‘ladi. Juda puxta cho‘yanlar metall asosiga ko‘ra ferritli ВЧ38-17, ВЧ 42-12, ferrit-perlitli ВЧ 45-5 va perlitli ВЧ50 - 2, ВЧ60-2, ВЧ70-3, ВЧ80-3, ВЧ100^1, ВЧ120-4 boiadi. Markada ВЧ-juda puxta cho‘yanni, birinchi ikkita son cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasini va oxirgi son nisbiy uzayishini bildiradi. Cho‘yanlardan dastgoh detallari, podshipnik, yuqori bosimda va ishqalanib ishlaydigan tirsakli vallar, detallar ishlab chiqarilad

Cho‘yanlarning kimyoviy tarkibi, mexanik xossalari va faza tashkil etuvchilari



Juda puxta cho‘yanlar yaxshi quymakorlik xossasiga-suyuq oquvchanlikka ega. Ulami kesib mexanik ishlov berish oson. Termik ishlov berish orqali juda puxta cho‘yanlarning mustahkamligini yanada oshirish mumkin. Buning uchun cho‘yan toblanadi va yuqori (500-600°C) haroratda yumshatiladi. Ba’zi hollarda gafit shaklini mukammallashtirish maqsadida juda puxta cho‘yanlar yumshatiladi. Juda puxta cho‘yanlaming nisbiy uzayishi 2 - 7 % ni va Brinell bo‘yicha qattiqligi 150-360 HBni tashkil etadi. Juda puxta cho‘yanlaming mexanik xossalari, kimyoviy tarkibi 3.5- jadvalda berilgan.

Juda puxta cho‘yanlar mexanik xossalari bo‘yicha po‘latlarga yaqin turadi. Ulardan tirsakli -vallar, iskanalar, metallurgiya sanoati uchun jo ‘valash uskunalarining vallarini tayyorlashda foydalaniladi. Maxsus legirlangan cho‘yanlar Legirlovchi elementlar cho‘yan stmkturasiga, undagi grafit shakliga va o‘lchamlariga ta’sir ko‘rsatadi. Cho'yan tarkibiga legirlovchi elementlar qo‘shish orqali ishqalanishga chidamli, korroziyabardosh va olovbardosh qotishmalar olish mumkin. Abraziv muhitda ishlaydigan ishqalanishga chidamli cho‘yanlar olish uchun ular nikel (3,5-5%) va xrom (0,8%), titan, mis, vanadiy, molibden kabi elementlar bilan qo‘shimcha ravishda legirlanadi. Bunday materiallar ishqalanish juftliklarida moysiz ishlay oladi. Ulardan tormoz kolodkalari, harakatni uzatish vositalari va silindr gilzasi kabi avtomobil detallari yasaladi. АЧС1, АЧС5, АЧВ1, АЧК2 markali tarkibida xrom miqdori ko‘p bo‘lgan cho‘yanlardan qattiq materiallami maydalaydigan uskunalar, АЧС2 cho‘yanidan abraziv muhitda katta kuchlanish ostida ishlaydigan tegirmon uskunalari tayyorlanadi. Legirlangan olovbardosh ЖЧХ2, ЖЧХЗ cho'yanlaridan metallurgiya, sanoatida ishlatiladigan aglomerat mashinalarining kolosniklari, kimyoviy muhitda ishlaydigan korroziyabardosh uskunalar detallari va quvurlari ishlab chiqariladi. ЖЧХ2 600°C, ЖЧХЗ 700°C, ЖЧХ, ЖЧЮ2ХШ 750°C, ЖЧХ16 900°C va ЖЧЮ22Ш cho‘yanlari 1100°C haroratda ham o‘z xossalarini yo‘qotmasdan ishlay oladi. Bunday cho'yanlar metallurgiya sanoatida pech armaturalari, metallni yupqa jo ‘valaydigan uskunalaming detallari, shisha ishlab chiqarish sanoati uskunalari tayyorlashda ishlatiladi.
. Cho‘yan ishlab chiqarish
M aiumki, tabiatda deyarli hamma metallar va ulaming qotishmalari tog‘ jinslari tarkibida turli xil murakkab birikmalar ko‘rinishida uchraydi. Cho‘yan va poiat ishlab chiqaradigan hozirgi zamon metallurgiya korxonasi turli korxonalaming murakkab kompleksidan iborat. 1. Ruda, toshko‘mir, flyus, o‘tga chidamli materiallar qazib olinadigan shaxta va karerlar. 2. Bekorchi jinslami chiqarib tashlab ruda tozalanadigan va suyuqlantirishga tayyorlanadigan hamda rudaga nisbatan tarkibida temir ko‘p boigan mahsulot — konsentrat olinadigan mda boyitish kombinati. 3. Koks-kimyo sexlari va zavodlari. U yerda kokslanadigan ko‘mirlar tayyorlanadi, koks pechlarida ular kokslanadi (havo kiritmasdan taxminan 1000 °C temperaturada quruq haydaladi) hamda ulardan yoi-yoiakay benzol, fenol, toshko‘mir smolasi kabi qimmatli kimyo mahsulotlari ajratib olinadi. 4. Energetika sexlari. U yerda elektr energiyasi olinadi va uzatiladi, domna protsesslarida havo puflash uchun zarur boigan siqilgan havo olinadi, cho‘yan va poiat eritish uchun kislorod olinadi, shuningdek, metallurgiya korxonalarida chiqadigan gazlari tozalanadi (tabiatni saqlash va havo basseynini toza saqlash maqsadida). 5. Cho‘yan va ferroqotishmalami eritish domna sexlari. 6 . Turli ferroqotishmalar ishlab chiqariladigan zavodlar. 7. P o iat ishlab chiqarish uchun moijallangan konverter, marten, elektr-poiat suyultirish sexlari. 8 . Prokat sexlari. U yerda qizdirilgan poiat quymalardan tayyorlamalar (blyumlar va slyablar), keyinchalik sort prokat, trubalar, list, sim va boshqalar uchun qayta ishlanadi. Hozirgi zamon poiat ishlab chiqarishi ikki bosqichli sxemaga asoslangan, unda domna pechlarida cho‘yan eritiladi hamda keyinchalik undan turli usullar bilan poiat olinadi. Domna pechlarida eritish protsessida ruda tarkibidagi temir oksidlaridan temir tanlama qaytariladi. Shu bilan birga rudadan fosfor hamda uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda marganes va kremniy ham qaytarib olinadi; temir uglerod va qisman yoqilg‘idagi (koks) oltingugurt bilan to‘yinadi. Shunday qilib, rudadan tarkibida 2,14% dan ko‘p uglerod, kremniy, marganes, oltingugurt va fosfor bo‘lgan temir qotishmasi olinadi. Metallurgiya korxonalarida mazkur birikmalardan quyidagi asosiy usullar yordamida metall va uning qotishmalari ajratib olinadi: • Pirometallurgiya, bu usulda metall ishlab chiqarish uchun zarur issiqlik yoqilg‘ini yondirish hisobiga olinadi; • Elektrometallurgiya, ushbu usulda metall ishlab chiqarish uchun zarur issiqlik elektr energiyasi evaziga olinadi; • Gidrometallurgiya, mazkur usulda ruda tarkibidagi metall erituvchiga o‘tkazilib, so‘ngra ajratib olinadi; • Kimyoviy metallurgiya usulda kimyoviy va metallurgiya jarayonlari yordamida metall ajratib olinadi. Yoqilg‘ining asosiy yonuvchi komponenti uglerod bilan vodorod hisoblanadi. Uglerod yonish davrida o‘zidan ko‘p miqdorda issiqlik ajratib chiqarishi bilan birgalikda, temimi oksidlardan qaytarishda ishtirok etadi. Metallurgiyada yoqilg‘i sifatida koks, mazut, tabiiy gaz, domna va koks gazlari ishlatiladi. Koks. Toshko‘mimi maydalab, maxsus pechlarda 1000-1100°C haroratda 10-15 soat davomida havosiz joyda qizdirishdan olingan qattiq g‘ovak massa koks deyiladi. Koks 80-95 % C, 0,5-2,0 % S, 0,04 % P, 1,0 % ga yaqin gazlar, 10-13 % kul va 5 % namlikdan iborat bo‘Iadi. Koks o‘zidan 6500- 7500 kkal/kg issiqlik ajratib chiqaradi; koksning g‘ovakligi 45-55 % bo‘lib, 700°C haroratda alangalanadi. Koks domna pechlari va vagrankalarda cho‘yan ishlab chiqarishda yoqilg‘i sifatida ishlatiladi. M azut neftni qayta ishlashdan hosil boMgan suyuq yoqilgM boMib, Marten va boshqa pechlami qizdirishda ishlatiladi. Mazut o‘zidan 8500 - 10500 kkal/kg issiqlik ajratib chiqaradi. Yonish jarayonini boshqarish qulay va yongandan keyin o‘zidan kul ajratmaydi. Tabiiy gaz. Uning asosiy qismi CH4-metan boMib, 1 m3 tabiiy gaz yonganda 8000 kkal issiqlik chiqadi. Metallurgiya sanoatida tabiiy gazdan foydalanish quyidagi afzalliklarga ega: • domna va marten pechlarida boradigan jarayonlami faollashtiradi; • ish unumdorligini oshiradi; • koksni tejash imkonini beradi. Koks gazi. Toshko‘mirdan koks olish jarayonida gaz hosil bo‘ladi. Uning tarkibida 46-63 % H, 21-27 % CH4, 2-7 % CC>2,4—18 % N boiadi; 1 m3 koks gazi yonganda 3500-4500 kkal/kg issiqlik ajralib chiqadi. Domna gazi. Domna pechlarida cho‘yan ishlab chiqarishda ajraluvchi gaz boiib, metallurgiya korxonalarida u sof holda yoki koks gazi bilan aralashtirilib ishlatiladi. 0 ‘tga chidamli materiallar. Metallurgiya pechlari, yig‘gichlar, kovshlarning devorlari va tublari o‘tga chidamli materiallardan tayyorlanadi. 0 ‘tga chidamli materiallar kimyoviy tarkibiga ko‘ra kislotali, asosli va neytral guruhlarga boiinadi. 0 ‘tga chidamli materiallaming kimyoviy tarkibi, suyuqlanish harorati va ishlatilish sohalari 7.1-jadvalda keltirilgan.

2022-2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida O’zbekiston Resublikasi Prezidentining Farmoni 28.01.2022 yildagi PF-30 son farmoni.

Mirziyoyev SH.M Buyuk kelajakni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz.-T.: O’zbekiston.IMIU.2017.-488-bet.

Shoumarova, T.Abdullayev Qishloq xo’jalik mashinalari –Toshkent. O’qituvchi 2009 504 b.

A.Xamidov Qishloq xo’jalik mashinalarini loyihalash Toshkent 1994.

Hamidov A. G’alla hosilini yig’ish kombaynlari va don tozalash


mashinalari.Ma’ruzalar matni. – Toshkent: ToshDTU, 1998, 159 b.

Hamidov A. Yem-xashak, donli ekinlarni yig’ish va chorvachilik


mashinalari fanidan amaliy mashg’ulotlar: o’quv qo’llanma. – Toshkent:
ToshDTU, 2001, 160 b.

Сельскохозяйственные и мелиоративные машина/ Г.Е.Листопад,


Г.К. Демидов, Б.Д. Зонов ва б. Под общ. ред. Г.Е. Листопада. – М.:
Агропромиздат, 1986. – 688 б.

Белянчиков Н.Н., Смирнов А.И. Механизация животноводства.


М.: Колос, 1988 – 360 б.

Кленин Н.И., Сакун В.А. Сельскохозяйственные машины. М.: Колос, 1994.

Листопад Г.Е. и др. Сельскохозяйственные машины. Под редакцией Г.Е. Листопада. М.: Агропромиздат, 1986.
Download 472,26 Kb.




Download 472,26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Cho’yanlar markalanishi va xossalari 1 Cho’yanlar haqida umumiy malumot

Download 472,26 Kb.