• Vodorod yonilg‘ilar.
  • Og‘ir gaz kondensatlarining xossalari




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet51/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    Og‘ir gaz kondensatlarining xossalari
    Topilgan 
    joyi
    Setan 
    soni
    Friksion tarkib uchun haydash 
    harorati, °C
    Qovu-
    shoqligi,
    10
    6
     m
    3
    /s
    Zichligi,
    kg/dm
    3
    qaynash
    boshlan. 10% 50% 90%
    qay-
    nash 
    oxiri
    Shoxpaxli
    50,5
    79
    139 208 277
    314
    2,29
    0,712
    Achak
    34–42
    103
    122 151 242
    292
    1,16
    0,77
    Karim
    65
    50
    94
    149 257
    313
    0. 85
    0,76
    Shatlik
    53
    111
    150 201 308
    350
    1,74
    0,773
    Qora-Chop
    65
    58
    108 185 335
    353
    0,71
    0,759
    Qator gaz konlaridan olinadigan gaz kondensatlari tarkibida eng 
    zararli modda – oltingugurt bo‘ladi. Ba’zi hollarda uning miqdori 
    3 foizgacha yetadi va bu gaz kondensatlarini dvigatellarda yonilg‘i 
    sifatida ishlatishni cheklab qo‘yadi. Gaz kondensatlari tarkibidagi 
    oltingugurtni kamaytirish uchun maxsus texnologiya qo‘llash talab 
    etiladi, bu esa gaz kondensatlari ishlab chiqarishni qimmatlashti-
    radi. Biroq respublikamizda ishlab chiqariladigan gaz kondensat-
    larining tannarxi dvigatellarda qo‘llaniladigan standart yonilg‘ilar 
    tannarxidan bir necha marta arzonga tushadi. 
    Vodorod yonilg‘ilar. Vodorod dvigatellar uchun katta istiqbolga 
    ega bo‘lgan yonilg‘i turidir. Chunki u bitmas-tuganmas xomashyo 
    bazasiga ega, yonish issiqligi juda yuqori (uning yonish issiqligi 
    118 045 kJ/kg ni tashkil etadi), yonish natijasida o‘zidan zaharli 
    moddalar (azotdan tashqari) chiqarmaydi va moyning xossalarini 
    yomonlashtirmaydi. 


    100
    Vodorodning diffuziyalanish koeffitsiyenti yuqoriligi yonilg‘i 
    silindrga har qanday usulda uzatilganida ham bir jinsli aralashma 
    hosil qilish, dvigatelning barcha ish rejimlarida uni silindrlarga bir 
    tekis taqsimlash imkonini beradi. Vodorod yonganida lok, so‘xta 
    va koks hosil bo‘lmaydi, bu esa dvigatel detallarining yeyilishi 
    va xizmat muddati nuqtayi nazaridan maqbuldir. Ammo vodorod 
    zichligining kamligi tufayli uning hajmiy energiya sig‘imi nisbatan 
    pastdir. Vodorodli yonuvchi aralashmaning yonishi benzin-havo 
    aralashmasining yonish tezligidan 6 barobar tez amalga oshadi. 
    Vodorodning havo bilan 1 : 10 nisbatdagi ishchi aralashmasi nis-
    batan samarali hisoblanadi. Vodorod vodorodli aralashmaning quyi 
    alangalanish chegarasining kichikligi (vodorod va havo nisbati 
    1 : 25) va alangalanish energiyasining juda kamligi (benzinga nis-
    batan 12–14 barobar kam) bilan ajralib turadi. Vodorodning bu xu-
    susiyatlari ishchi aralashmaning kiritish o‘tkazgichlarida chaqnash 
    hosil bo‘lishi, silindrlardagi ishchi aralashmaning belgilangan pay-
    tdan avval alangalanishi, yonish jarayonining shiddatli bo‘lishi, 
    detonatsiya kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Bu holatlar natijasida 
    karburatorli dvigateldagi ish jarayoni buziladi. Bundan tashqari, 
    vodorodni saqlash va avtomobilga joylashtirish masalasi yechilishi 
    lozim bo‘lgan muammolardandir. Masalan, ma’lum zaxira yo‘lini 
    bosib o‘tishga yetarli bo‘lgan miqdordagi yonilg‘ini (benzin yoki 
    dizel yonilg‘isi) saqlash uchun yonilg‘i bakining massasi 13–15 kg 
    bo‘lsa, shuncha yo‘l yurish uchun mo‘ljallangan siqilgan vodorod-
    ni saqlash uchun idish tizimining massasi 1300–1400 kg bo‘lishi 
    lozim. 
    Shu sabablar tufayli vodorodga uzoq kelajakda neftdan olingan 
    suyuq yonilg‘ining o‘rnini bosuvchi material sifatida qaraladi. Ho-
    zirgi vaqtda vodoroddan suyuq yonilg‘i sarfini kamaytirish uchun 
    qo‘shilma sifatida foydalanish ustida ish olib borilmoqda. 

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish