Yuvuvchi disperslovchi qo‘shilmalar




Download 6,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/156
Sana16.11.2023
Hajmi6,9 Mb.
#99491
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   156
Bog'liq
K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

Yuvuvchi disperslovchi qo‘shilmalar. Moyning oksidlanish 
mahsulotlari va iflosliklarni erimagan holda tutib, dvigatel detalla-
rining kerakli tozaligini ta’minlash xususiyati yuvish xossalari deb 
ataladi. Qo‘shilmalar qo‘shilmagan motor moylarining bu xossasi 
taxminan bir xil va yetarli darajada emas. Dvigatel detallari haro-
rati yuqori bo‘lganligi tufayli ular bunday moyda ishlay olmaydi: 
moyning oksidlanishi natijasida zarralari o‘zaro birikib yiriklashib
silindr-porshen guruhining issiq detallariga o‘tiradi, ya’ni lok va 
qurum hosil bo‘lishi natijasida ular tezda ishdan chiqadi, shuning 
uchun buning oldini olish maqsadida moylarga yuvish qo‘shilma-
lari qo‘shiladi. 
117
Yuvish xususiyatiga ega bo‘lgan qo‘shilmalar oksidlanish mah-
sulotlarining yiriklashishiga to‘sqinlik qiladi. Qo‘shilma moleku-
lalari zarralarni o‘rab olib, ularning sirtida bir xil ishorali zaryadlar 
hosil qiladi. Bu zaryadlar bir-birini itarishi natijasida zarralar o‘za-
ro yopishmaydi. Keyinchalik ular dvigatelning filtrlovchi qurilma-
larida ushlanib qoladi. 
Samaradorligi yuqori bo‘lgan qo‘shilmalar hosil bo‘lgan qurum-
ni ma’lum darajada yo‘qotish xususiyatiga ega. 
Yuvuvchi qo‘shilmalar sifatida har xil sulfokarbon kislotalar-
ning tuzlari, shuningdek, alkilfenolatlar, kukunsiz va kamkukunli 
polimerli qo‘shilmalar, ko‘p kukunli, yuqori ishqoriy sulfonatlar va 
boshqalar ishlatiladi. 
Dastlab moylash materialiga yuvuvchi va korroziyaga qarshi 
komponentlardan tashkil topgan sulfonat qo‘shilma АЗНИИ–4 dan 
foydalanilgan. Bu qo‘shilma dizel moylariga 3–5 foiz miqdorida 
qo‘shilgan. 
Kukunsiz va kam kukunli qo‘shilmalar sifatida СБ–3, CK–3 kabi 
qo‘shilmalardan, kukunli qo‘shilma sifatida MACK qo‘shilmasi-
dan, yuqori ishqoriy qo‘shilma sifatida ВНИИНП–121 qo‘shilma-
sidan foydalaniladi. 
Qo‘shilmalarning turi va miqdorini to‘g‘ri tanlash dvigatel de-
tallari sirtida o‘tirindilar hosil bo‘lishini kamaytiradi va buning 
natijasida ularning uzoq vaqt ishonchli ishlashini ta’minlaydi. 

Download 6,9 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   156




Download 6,9 Mb.
Pdf ko'rish