• Antikorrozion qo‘shilmalar
  • Oksidlanishga qarshi qo‘shilmalar




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet58/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    Oksidlanishga qarshi qo‘shilmalar. Uzel va agregatlarni ish-
    latishda to‘planadigan oksidlanish mahsullari qurum, lok hosil 
    bo‘lishining, shuningdek, detallarning korrozion yeyilishi tezlashi-
    shining asosiy sababchisidir. Shuning uchun harorat ta’siriga chi-
    damli moylar ishlab chiqarish zarurati tug‘iladi. Bunga oksidla-


    116
    nish jarayonini sekinlashtiruvchi oksidlanishga qarshi qo‘shilmalar 
    qo‘shish yo‘li bilan erishiladi. Oksidlanishga qarshi qo‘shilmalar 
    moyning oksidlanish jarayoni boshlanishini kechiktirib, ishlash 
    davrini kengaytiradi, oksidlanganda hosil bo‘lgan gidrooksidlar-
    ni buzib yuboradi va buning natijasida zanjirli reaksiyani to‘xta-
    tib qo‘yadi, uglevodorodlarning oksidlanish mahsulotlariga ta’sir 
    ko‘rsatib, yangi moddalar hosil qiladi, bu moddalar oksidlanishga 
    qarshi xususiyatga ega bo‘lib, oksidlanish jarayonini to‘xtatadi. 
    Oksidlanishga qarshi qo‘shilmalar sifatida alkinfenolli qo‘shilma-
    lar ko‘proq tarqalgan bo‘lib, ularning eng samaralisi ionol, amin 
    tipidagi birikmalar va tarkibida oltingugurt, azot, fosforli birikma-
    lar mavjud qo‘shilmalardir. 
    Antikorrozion qo‘shilmalar metall detallar sirtida korro-
    zion-aktiv moddalarning metallga ta’siriga to‘sqinlik qiluvchi par-
    dalar hosil qiladi. Bu pardaning qalinligi, xususiyatlari va hosil 
    bo‘lish tezligi qo‘shilmaning kimyoviy tarkibi va ta’sir sharoitiga 
    bog‘liq. Bu parda sirtni yeyilishdan, tirnalish, qirilish va toliqib 
    yemirilishdan saqlaydi. Qo‘shilmalarning ikkinchi ta’sir yo‘li – bu 
    oltingugurtli yonilg‘ini yonish va moyni oksidlanish natijasida ho-
    sil bo‘lgan korrozion-agressiv mahsulotlarni neytrallashdir. 
    Antikorrozion qo‘shilmalar sifatida quyidagi birikmalar ishlati-
    ladi: tributilfosfit, trifenil fosfit, oltingugurtlashgan moy va bosh-
    qalar. 

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish