• Ko‘pirishga qarshi qo‘shilmalar.
  • Ko‘p funksiyali qo‘shilmalar.
  • K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet61/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    Depressor qo‘shilmalar. Havo harorati past bo‘lganida odat-
    dagi moylar o‘zining oquvchanlik xususiyatini yo‘qotishi tufayli 
    ularni ishlatib bo‘lmaydi. Shuning uchun qotish harorati nisbatan 
    yuqori bo‘lgan moylarga depressor qo‘shilmalar qo‘shiladi. 
    Depressor qo‘shilmalar havo harorati pasaygan paytlarda moy 
    tarkibidagi parafin kristallarining o‘sishini to‘xtatib turadi. Buning 
    natijasida moyning qotish harorati 15–20°C ga pasayadi va moy 
    o‘zining oquvchanlik xususiyatini saqlab qoladi. Bunday qo‘shil-
    119
    malar sifatida dialkilnaflalin, paraflou, santopur, polimetakrilat D 
    va boshqa qo‘shilmalardan foydalaniladi. 
    Ko‘pirishga qarshi qo‘shilmalar. Ish jarayonida motor moyi 
    kuchli ko‘pirishi mumkin, buning natijasida ishqalanuvchi yu-
    zalarni moylash sifati sezilarli darajada yomonlashadi. Moyning 
    ko‘pirish darajasi moyning qovushoqlik va zichligiga, shuning-
    dek, haroratga bog‘liq. Ko‘pirishga qarshi qo‘shilmalar moylar-
    ning sirt tarangligini kamaytiradi va bu bilan ularning havo va suv 
    aralashganida, masalan, chayqalganida, ko‘pirishiga to‘sqinlik 
    qiladi. Ko‘pirishning oldini olish maqsadida moyga polimetilsilok-
    san (ПМС–200А), polidimetilsiloksan, polietilsiloksan va boshqa 
    qo‘shilmalar qo‘shiladi. Bu qo‘shilmalar moyga yuvuvchi qo‘shil-
    ma bilan birgalikda qo‘shiladi. 
    Ko‘p funksiyali qo‘shilmalar. Surkov moylarining ekspluatat-
    sion xususiyatlarini yaxshilash maqsadida ularga birdaniga turli xil 
    xususiyatlarga ega bo‘lgan bir nechta organik birikmalar qo‘shila-
    di. Bu qo‘shilmalar moyning bir qator xususiyatlarini yaxshilash 
    maqsadida qo‘shilganligi tufayli ular ko‘p funksiyali qo‘shilmalar 
    deb yuritiladi. 
    Ko‘p funksiyali qo‘shilmalarni moylarga aralashtirish zarurati 
    dvigatelning ishonchli va uzoq muddat ishlashini ta’minlash uchun 
    moy bir qator ekspluatatsion xususiyatlarga (oksidlanishga qarshi, 
    qurum hosil bo‘lishiga qarshi, antikorrozion, yemirilishga qarshi) 
    ega bo‘lishligidan kelib chiqadi. 
    Ko‘p funksiyali qo‘shilmalar jumlasiga alkilfenolli, fenolsul-
    fidli, shuningdek, tarkibida fosfor va oltingugurt bo‘lgan polimer 
    birikmalar kiradi. 
    ВФК va КФК, shuningdek, ВНИИНП–370 va ВНИИНП–371 
    qo‘shilmalari alkilfenolli qo‘shilmalardir. Ularni tarkibida bariyli 
    yoki kalsiyli tuzlar bo‘ladi. Ular yuqori antikorrozion, yuvuvchi, 
    qurum hosil bo‘lishiga va oksidlanishga qarshi xususiyatlarga ega. 
    Fenolsulfidli 
    qo‘shilmalar 
    (АзНИИЦИАТИМ–1 
    va 
    ЦИАТИМ–339) antikorrozion va yuvuvchi xususiyatlarga ega
    shuningdek, moyning qotish haroratini pasaytiradi. 


    120
    АзНИИ–7 va АзНИИ–8 (АзНИИ–7 va СБ–3 qo‘shilmalari­
    ning 1 : 1 nisbatdagi aralashmasi) qo‘shilmalarining antikorrozion 
    va yuvuvchi xususiyatlari yaxshi, shuningdek, moyning moylash 
    xususiyatini yaxshilaydi va qotish haroratini pasaytiradi. 

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish