• Kinematik qovushoqlik.
  • Qotish harorati.
  • Korroziyalash xususiyati.
  • Motor moylarining markalanishi
  • Me’yorlanadigan sifat ko‘rsatkichlari




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet64/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    Me’yorlanadigan sifat ko‘rsatkichlari. Motor moylari dvi-
    gatellarning belgilangan quvvat va tejamkorligini, sifat ko‘rsat-
    kichlarini yo‘qotmasdan ishonchli va uzoq vaqt ishlashini ta’min-
    lashi uchun ular standartlar va texnik shartlarda belgilangan 
    talablarga javob berishi lozim. 
    Kinematik qovushoqlik. Avtomobil dvigatellarining moylash 
    tizimlarida ishlatiladigan motor moylarining kinematik qovushoql-
    igi 100°C haroratda 6–14 mm
    2
    /s ga teng. Harorat pasayishi bilan 
    bu ko‘rsatkich tez kattalashadi, minus 20°C haroratda 1000 mm
    2
    /s 
    ga yetishi va undan oshib ham ketishi mumkin. Kinematik qovu-
    shoqlik 6–3 mm
    2
    /s bo‘lgan moy qishda, qovushoqligi 10–14 mm
    2
    /s 
    bo‘lganlari yozda ishlatiladi. 
    123
    Qotish harorati. Bu ko‘rsatkich ma’lum darajada moyning 
    haydaluvchanligini va dvigatelni ishga tushirish xossalariga uning 
    ta’sirini xarakterlaydi. Yozgi moylarda qotish harorati minus 15°C 
    dan minus 20°C gacha, qishki moylarda esa minus 25°C dan minus 
    30°C gacha, barcha mavsumlarda foydalaniladigan moylarning qo-
    tish harorati minus 45°C gacha yetadi. 
    Korroziyalash xususiyati. Avtomobillarda ishlatiladigan mo-
    tor moylarining yuqori sifatli markalarida korroziyalash xususiyati 
    yo‘q, boshqa markadagi moylarda 20 g/m
    2
    dan oshmasligi lozim. 
    Moy tarkibidagi mexanik aralashmalar va suvning miqdori. 
    Maxsus qo‘shilmalar qo‘shilmagan moy tarkibida mexanik ara-
    lashmalar bo‘lmasligi kerak, maxsus qo‘shilmalar qo‘shilgan moy-
    lar tarkibida esa massasi bo‘yicha 0,15 foizdan oshmasligi lozim. 
    Bunda mexanik aralashmalar ishqalanib ishlovchi detallar sirti-
    ga abraziv ta’sir ko‘rsatmasligi kerak. Motor moyi tarkibida suv 
    bo‘lmasligi zarur. Tarkibida juda oz miqdorda suv bo‘lganida ham, 
    moyda mayda ko‘pik va emulsiya paydo bo‘ladi va bu detallar sir-
    tidagi moy pardasining mustahkamligini yomonlashtiradi. 
    5. 1. 8. Motor moylarining markalanishi
    Motor moylarini dvigatel turi va aniq ish sharoitidan kelib 
    chiqqan holda to‘g‘ri tanlash 17479. 1–85­ sonli Davlat standarti 
    asosida amalga oshiriladi. Bu standarga ko‘ra, motor moylari yoz-
    gi, qishki va barcha mavsumlarga mo‘ljallangan turlarga bo‘linadi. 
    Shuningdek, moylar kinematik qovushoqligi (5. 1- jadval) hamda 
    ishlatilish sharoiti va ekspluatatsion xossalari darajasiga ko‘ra klass 
    va guruhlarga ajratiladi. 
    Motor moylarining qishki va yozgi markalari qovushoqligiga 
    ko‘ra yetti klassga (6, 8, 10, 12, 14, 16 va 20 mm
    2
    /s), barcha mav-
    sumlarda ishlatishga mo‘ljallangan moylar esa to‘rt klassga ajrati-
    ladi va ularning qovushoqlik indeksi 125 dan kam bo‘lmaydi. 


    124
    5. 1- jadval

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish