128
qo‘shguncha moy kinematik qovushoqligining qiymatini (mm
2
/s)
bildiradi, kasr chizig‘idan keyin turgan raqam esa quyuqlashtiruv-
chi qo‘shilma qo‘shganidan keyin haqiqiy kinematik qovushoqli-
gini bildiradi.
5. 1. 9. Benzinli dvigatellar uchun moylar
Benzinli dvigatellar uchun moylar, asosan, oltingugurtli neftdan
olingan va selektiv usulda tozalangan moylar bo‘lib, tarkibiga te-
gishli qo‘shilmalar qo‘shiladi. Benzinli dvigatellar uchun 4
guruh-
dagi (А, Б, В va Г) moylar ishlab chiqariladi. ГАЗ–53, ЗИЛ–130,
Урал–375 va boshqa markadagi avtomobillar uchun barcha mav-
sumlarda ishlatiladigan nisbatan samarali moy M–8B
1
moyidir. Bu
markadagi moy bo‘lmaganida M–8B
1
moyidan ham uzoq muddat
foydalanish mumkin, M–8A moyidan esa faqat almashtiruvchi moy
sifatida foydalanishga ruxsat etiladi.
Г guruhiga uchta markadagi moylar kiradi: М–12Г
1
(yozgi),
М–8Г
1
(qishki) va М–6
3
/10Г
1
(barcha mavsumda ishlatiladigan).
Bu moylar ВАЗ markali avtomobillar uchun maxsus ishlab chiqa-
rilgan bo‘lib, hozirda bu moylardan boshqa
avtomobil zavodlari-
ning zamonaviy avtomobillarida ham foydalanilmoqda.
Barcha mavsumlarda ishlatiladigan moylar jumlasiga М–6
3
/10Г,
moyidan tashqari АСП–10, M–6
3
/10B va М–6
3
/10В
1
moylari ham
kiradi. Ularning barchasi quyultirilgan neft mahsulotlari kabi juda
yaxshi qovushoqlikharorat tavsifiga ega, shuning uchun ular qish
mavsumida avtomobillarni ishga tayyorgarlik darajasini yuqori
bo‘lishini ta’minlaydi. Bu moylar ishlatilganida havo
harorati mi-
nus 30°C – minus 40°C bo‘lganida ham dvigatelni qizdirmay ishga
tushirish mumkin.
M–6
3
/10B moyi texnik adabiyotlarda uzoq muddat ishlovchi
universal moy nomi bilan kiritilgan. Moyni
almashtirmagan hol-
da benzinli dvigatelli avtomobillar (ВАЗ markali avtomobillardan
129
tashqari) ushbu moy yordamida 18 000 km gacha masofani bosib
o‘tishi mumkin. Bu moyning universal deyilishiga sabab, uning
kam va o‘rtacha kuchaytirilgan dizellarda ham (moyni almashtir-
may yurish masofasi 15 000 km gacha)
ishlatishga yaroqli ekanli-
gidir. Benzinli dvigatellarda ishlatilayotgan asosiy motor moylari
va ularning tavsifi 5. 5 jadvalda keltirilgan.
5. 5- jadval