• Tayanch so‘zlar va iboralar
  • 3- mavzu. Yo‘l qurilishida sifat nazorati tuzilmasi




    Download 68.69 Kb.
    bet1/9
    Sana03.03.2024
    Hajmi68.69 Kb.
    #166099
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Maъруза. 3-мавзу.
    4-topshiriq, Bux.ON, soniy dasturlash 9-10, Referat Mustaqil ish mavzusi Sotsiologik tadqiqotlar metodologi, Qadimgi Hindistonda ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Moddiy yodgorlikla, 5-Laboratoriya ishi. Daraxtsimon ma’lumotlar tuzilmasini tadqiq , Химоядан кейинги хужжатларни тайёрлаш буйича курсатма, kurs ishi, Назорат ишига ТАҚРИЗ, Korporativ boshqaruv. Xodiyev B, international-standard-classification-of-education-isced-2011-ru 0, Kataliz Turlari Umumiy tamoyillar Kattalitik reaksiya mexaniz fayllar, Azizbek, Husan aka, Gazni tozalash usullari gazlarni mexanik tozalash

    3- MAVZU. YO‘L QURILISHIDA SIFAT NAZORATI TUZILMASI
    REJA

    1. Sifat nazorat turlari.

    2. Qurilishni nazorat qilish tizimi.

    3. Qurilishda ijro hujjatlari.

    4. Sifatni baholashning ekspert usullari

    5. Sifatning kompleks baholash usullari

    6. Mahsulot sifatini taminlashda texnik nazoratning roli

    7. Sifatning nazorat qilish va ta’minlashda statistik usullar

    8. Sifatni axborot bilan ta’minlash

    9. Prezident qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, ShNK, MKN, IKN, GOSTlar.

    Tayanch so‘zlar va iboralar: mahsulot sifati, mahsulot sifatining ko‘rsatkichlar nomenkulaturasi, sifatni axborot bilan ta’minlash, statistik usul, sifatni huquqiy ta’minlash, texnik nazorat, intervyulash, munozara, ergonomik ko‘rsatkichlar, estetik ko‘rsatkichlar, standartlashtirish ko‘rsatkichlari, texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlar, ekspluatasiya ko‘rsatkichlari , ishonchlilik ko‘rsatkichlari

    Mahsulot sifati deganda o‘z vazifasiga ko‘ra ma’lum ehtiyojlarni qondirishga yaroqli mahsulotlar majmui tushu niladi.


    Yo‘l ta’mirlashida mahsulot sifati odatda, ishlatilgangan materiallar yoki tugallangan konstruktiv elementlarining sifati bilan tenglashtirilgan. Bunday tasavvur standart talablarga to‘g‘ri kelmaydi va qo‘yilgan masalani hal qilmaydi. Yo‘l ta’mirlashida so‘nggi mahsulot bu yo‘l; Yo‘lovchi va yuklar tashishga mo‘ljallangan. Yuqoridagi ta’rifni rivojlantirgan holda yo‘l sifati deganda, xalq xo‘jaligining yo‘lovchilar va yuklar tashishga bo‘lgan ehtiyojlarni berilgan tezliklar, yuklamalar va yo‘llarda harakat jadalligi bilan bajaradigan xususiyatlar majmuini tushu namiz.
    Bunday yo‘lni sifatini baholash uchun buning o‘zi kifoya emas, undan uzoq vaqt foydalanishni, qimmatbaho ishlar ekanligini ham hisobga olib, unga qo‘yiladigan talablarning qanchalik to‘la qondirishni aniqlash kerak.
    Yo‘llarga qo‘yiladigan ijtimoiy talablar juda xilma-xil: tashish va o‘tkazish qobiliyati, yo‘ldagi foydalanish qulayligi, haydovchi va yo‘lovchilar o‘rtasida yuqori psixologik muhitni va haydovchiga yuqori ish qobiliyatini ta’minlash, eng kam harajatlar bilan ta’mirlab yo‘llar samarali ish berish imkoniyati haydovchi va yo‘lovchilirning estetik va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish. Ijtimoiy talablar uzluksiz o‘sib boradi. Bunga ilmiy – texnik taraqqiyotni, aholining moddiy va ma’naviy darajasini ko‘tarish bilan erishiladi. Shuning uchun ham yo‘llar sifatiga qo‘yiladigan talablar ham doim o‘sib boradi.
    Yuqoridagilar yo‘lning sifati degan tushu nchaga yangicha ta’rif berishni taqozo etadi. Yo‘l sifati deganda “haydovchi – avtomobil – yo‘l – muhit” (HAYM) sistemasining optimal faoliyatini ta’minlaydigan xususiyatlar to‘plami tushu niladi.
    Yo‘l sifati yo‘l ta’mirlash mahsulotini yaratishning barcha jihatlarini bir kompleksga birlashtiradi va muhim muammoga aylanadi. Buning dolzarbligi quyidagilarda o‘z ifodasini topadi: harakat jadalligi va o‘qlarga tushadigan yuklamaning uzluksiz oshib borishi chiqarilayotgan avtomobillar sifatining yaxshilanishi va katta tezlikda yurish imkoniyatlari; yo‘l – transport hodisalarining ko‘payishi; avtomobillarning nisbatan o‘rtacha tezlikda yurishi va tashish tannarxining nisbatan yuqoriligi; yo‘l ta’mirlashining qimmatlaekspluatatsiya vi; Yo‘lovchilarning yo‘l estetikasiga va xarakat qulayligiga talablarining o‘sib borishi.
    Yo‘l sifati kompleks ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy muammodir. Uni samarali hal qilish bugun yo‘l ta’mirlashini ishlab chiqarishni tubdan o‘zgartirishni talab etadi, ya’ni: ilmiy tadqiqot va loyiha qidiruv ishlarini ishlab chiqarish texnologiyasi, tashkiliy va madaniyatini takomillashtirish; yo‘l to‘shamasining yangi, ilg‘or konstruksiyalarini va yig‘ma konstruksiyalarini qo‘llash; xom ashyo materiallar, buyumlar va tayyor mahsulotlarni tegishli nazorat qilish; yo‘llardan foydalanish holatini jiddiy yaxshilash.
    Yo‘l ta’mirlash mahsulotlarini tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari bor, chunki bu sohada xududiy va ma’muriy jihatdan bir-biridan uzoq tashkilotlar (loyihalovchi, ta’minlovchi, yarim mahsulot ishlab chiqaruvchi, ta’mirlash-montaj, subpudratchi, ekspluatasiya qiluvchi) ishtirok etadi. Shuning uchun yo‘l sifati muammosi, ishlab chiqarishning ayrim pog‘onasida alohida tashkiliy texnik tadbirlar darajasidan butun sistema bo‘yicha sifatni boshqarish bo‘yicha uzluksiz ishlaydigan ilmiy asoslangan kompleks tadbirlarga o‘tishni taqozo etadi-yu muammoning bunday qo‘yilishi tadqiqot loyihalash ta’mirlash va ekspluatasiya qilish bosqichlariga moslaekspluatatsiya vchan aloqalar o‘rnatishni va strukturaviy birliklar o‘rtasida tezkor o‘zaro ta’sirini talab etadi.



    Download 68.69 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 68.69 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3- mavzu. Yo‘l qurilishida sifat nazorati tuzilmasi

    Download 68.69 Kb.