|
K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolarBog'liq K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda isPolimer qo‘shilmalar. Tarkibida fosfor va oltingugurt bo‘lgan
polimer qo‘shilmalar yuqori yuvish va dispergiyalash xususiyatiga
ega, shuningdek, ko‘pchilik hollarda moyning qovushoqlik-harorat
tavsifini yaxshilaydi, qotish haroratini pasaytiradi, oksidlanishga
qarshi sifatini yaxshilaydi, korrozion aktivligini pasaytiradi. Poli-
mer qo‘shilmalarga tarkibida fosfor, oltingugurt, azot va boshqa
har xil funksional guruhlar makromolekulalarini qo‘shish natijasi-
da ko‘p funksiyali qo‘shilmalar olinadi.
5. 1. 7. Dvigatellarda ishlatiladigan moylar,
ularning ishlash sharoitlari va xossalari
Ichki yonuv dvigatellarining moylash tizimlarida ishlatiladigan
moylar motor moylari deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi ishqa-
lanuvchi detallar sirtida mustahkam moy pardasi hosil qilish hisobi-
ga dvigatel detallarining yeyilishini kamaytirishdir. Bunday moylar
juda og‘ir ish sharoitida ishlaydi. Benzinli dvigatelda silindr gil-
zalari 180–200°C, cho‘yan porshenlar yuqori zonada 400–430°C,
aluminiy porshenlar 260–280°C haroratgacha qiziydi. Dizel dvi-
gatellarida esa harorat bundan 50–100°C yuqori bo‘ladi.
Moyning ish sharoitiga ko‘ra dvigatelda uchta zonani ajratish
mumkin:
– yuqori haroratli zona – yonish kamerasi, porshenning yuqori
kallagi va silindrning yuqori qismi. Bu zonadagi ba’zi detallar
400°C gacha (porshen kallagi) va hatto 800°C gacha (chiqarish
klapani) qizishi mumkin, yonuvchi gaz harorati esa 2500°C gacha
yetishi mumkin;
– o‘rtacha haroratli zona – porshen halqalari bilan birgalikda,
porshen barmog‘i, shatunning yuqori qismi va silindr devorlari. Bu
121
zonadagi maksimal harorat (porshen halqalari atrofida) 300–350°C
ga yetadi;
– past haroratli zona – tirsakli val, karter joylashgan uchastkalar.
Bu zonadagi eng yuqori harorat (tayanch va shatun podshipniklari
atrofida) 180°C ga yetadi.
Qizdirilgan dvigatelning o‘rtacha va past haroratli zonalarida
moy jadal bug‘lanishi mumkin. Buning natijasida tizimdagi moy
miqdori kamayadi, sifati esa yomonlashadi. Moy sarfini kamayti-
rish va uning xususiyatlari o‘zgarishiga barham berish uchun aniq
ekspluatatsiya sharoitiga mos keladigan moyni tanlashda moyning
bug‘lanuvchanligiga asoslanish lozim. Ammo moyning fraksion
tarkibini aniqlash murakkab tahlillarni talab etganligi tufayli nis-
batan oddiy tahlil qilish, ya’ni o‘t oldirish haroratini aniqlash usu-
lidan foydalaniladi.
|
| |