AVTOMOBIL BENZINLARI
Reja:
1. Avtomobil benzinlariga qo‘yiladigan ekspluatatsion talablar
2. Avtomobil benzinlarining zichligi, qovushoqligi, sirt taranglik kuchi va
issiqlik sig‘imi
3. Avtomobil benzinlarining bug‘lanuvchanligi va fraksion tarkibi
4. Yonilg‘ining normal va
detonatsion yonishi
5. Oktan sonini antidetonatorlar yordamida oshirish
Tayanch so’z va iboralar: Ichki yonuv dvigatellari, avtomobil benzinlari,
Karburatorli va injector, fraksion tarkibi, yonilg’ining normal va detanasion yonishi,
oktan soni
2. 1. Avtomobil benzinlariga qo‘yiladigan ekspluatatsion talablar
Ichki yonuv dvigatellarida
yonuvchi aralashma yonganida, uning kimyoviy
energiyasi dastlab issiqlik energiyasiga, keyin esa mexanik ishga aylanadi. Porshenli
dvigatellarda issiqlik energiyasining 20-42 foizi foydali ishga aylanadi. Jumladan,
karburatorli dvigatellarda 24-30 foiz, dizel dvigatellarda 28-42 foiz va gazsi- mon
yonilg‘ida ishlaydigan dvigatellarda 23-28 foiz. Issiqlikning qolgan qismi befoyda
sarflanadi. Ish bajargan gazlar issiq holda atmosferaga
chiqarib yuboriladi va
issiqlikning bir qismini (taxminan 33 foizini) o‘zi bilan olib ketadi. Dvigatel
ishlayotganida detallar qiziydi, bu detallar suyuqlik yoki havo bilan sovitiladi,
bunda ham ko‘p miqdordagi energiya (taxminan 29 foiz) befoyda sarflanadi.
Gazlami kiritish va siqishga,
silindr-porshenli guruh, tirsakli val podshipniklari va
boshqa detallardagi ishqalanishni yengishga ham anchagina (7-13 foiz) energiya
sarflanadi (2. 1- rasm).
Karburatorli va injektori yonilg‘i sifatida, odatda, benzin ishla- tiladi.
Avtomobil benzini deganda,
qaynash harorati, odatda, 40°C dan 200°C gacha
bo‘lgan uglevodorodlar aralashmasi tushuniladi. Benzin tez bug‘lanadigan suyuq
yonilg‘i bo‘lib, neftni to‘g‘ridan to‘g‘ri haydash yo‘li bilan va kreking usulida
olinadi.
Benzin tarkibida massasi bo‘yicha taxminan 85 foiz uglerod, 15 foiz vodorod
va juda oz miqdorda kislorod, azot va oltingugurt bo‘ladi. Tashqi ko‘rinishi tiniq,
kam
qovushoq, rangsiz yoki rangli suyuqlik bo‘lib, o‘tkir hidga ega va normal
sharoitlarda tez bug‘lanadi. Barcha uglevodorodlar va ularning aralashmalari kabi
suvdan yengil va suvda erimaydi, shuningdek, qoldiqsiz yonadi.
2. 2-
jadval
Benzin dvigatel silindrlarida me’yorda yonishi va dvigatel ko‘p quwat berishi
uchun, u muayyan xossalarga ega bo‘lishi lozim. Solishtirma og‘irlik, issiqlik
beruvchanlik va detonatsiyaga moyillik benzinning asosiy xossalaridir.
Neftdan turli usullarda olinadigan har xil markadagi
avtomobil benzinlari zichligi,
qovushoqligi, sirt taranglik kuchi va yonish issiqligi bo‘yicha bir-biridan sezilarli
darajada farq qilmaydi. Ammo bug‘lanuvchanligi, turg‘unligi va boshqa bir qator
xossalari bo‘yicha bir-biridan katta farq qiladi.
Benzinli dvigatellarning ishonchli, tejamli va samarali ishlashi hamda
dvigatel
detallarining zanglamasligi, shuningdek, o‘zining sifatini uzoq vaqt
o‘zgartirmasdan saqlashi uchun benzinlar qu- yidagi talablarga javob berishi lozim:
barcha ish rejimlarida dvigatelning osongina ishga tushirilishi- ni
ta’minlaydigan yonuvchi aralashma hosil qilishi kerak;
yuqori detonatsion barqarorlikka ega bo‘lishi, ya’ni
barcha ish rejimlarida
dvigatelda detonatsiya bo‘lmasligi lozim;
yonilg‘i baklarida, ta’minlash tizimi jihozlarida smolalar hosil qilmasligi,
shuningdek, dvigatelning issiq detallarida mumkin qa- dar kam qurum hosil qilishi
zarur;
yonilg‘i
baklari,
sig‘imlar
va
ta’minlash
tizimi
detallarining
korroziyalanmasligi, uning yonish mahsullari esa dvigatel detalla- rini
korroziyalamasligi lozim;
yonuvchi aralashmaning yonish issiqligi zarur darajada yuqori bo‘lishi kerak;
fizikaviy va kimyoviy jihatdan turg‘un bo‘lishi zarur;
tarkibida mexanik qo‘shilmalar va suv bo‘lmasligi lozim;
inson salomatligi uchun xavfli bo‘lmasligi shart.
Yuqorida keltirilgan barcha talablar davlat standarti asosida me’yorlangan bir
yoki bir nechta ko‘rsatkichlar bilan baholanadi.