Benzinning detonatsiyaga chidamliligini baholash




Download 339,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana13.12.2023
Hajmi339,21 Kb.
#117721
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3 NAZARIY MALUMOTLAR

 
1.6. Benzinning detonatsiyaga chidamliligini baholash 
Benzinning detonatsiyaga chidamliligi (detonatsiyaga qarshi turg‘unligi) 
deganda, yonuvchi aralashmani dvigatel sharoitlarida siqishda detonatsiya 
hodisasining yuzaga kelishiga yonilg‘ining qarshilik ko‘rsatish xususiyati 
tushuniladi. U yonilg‘ining oktan soni bilan belgilanadi. Oktan soni - bu 
izooktanning normal geptanli etalon aralashmadagi (detonatsiyaga turg‘unligi 
jihatidan sinalayotgan yonilg‘iga teng) foiz (hajm bo‘yicha) miqdoridir. Izo- oktan 
yuqori, normal geptan esa past chidamlilikka ega. Shuning uchun yonilg‘i 
detonatsiyaga qancha yaxshi qarshilik ko‘rsata olsa, uning oktan soni shuncha 
yuqori bo‘ladi. Yonilg‘ining oktan soni laboratoriya sharoitlarida siqish darajasini 
o‘zgartirish mumkin bo‘lgan hamda detonatsiya boshlanishini aniqlaydigan 
moslama bilan jihozlangan maxsus UIT-65 ichki yonuv dvigatelida motor usulida 
aniqlanadi. 


Benzinlarning detonatsiyaga chidamliligi aniq etalon bilan so- lishtiriladi. 
Izooktan C8H18 izomer tuzilishiga ega bo‘lgan parafin qatoridagi uglevodoroddir. 
Uning detonatsiyaga chidamliligi yuqori bo‘lib, oktan soni 100 birlik sifatida qabul 
qilingan. Izooktan siqish darajasi juda yuqori bo‘lgan dvigatellardagina detonatsi- 
yalana boshlaydi. Geptan C
7
H
16
ham parafin qatoridagi uglevodorod bo‘lib, 
zanjirsimon normal tuzilishga ega. Geptan kuchli detonatsiyalanadi, uning 
detonatsiyaga chidamliligi 0 ga teng. Buni etalon bilan aralashtirib, detonatsiyaga 
chidamliligi 0 dan 100 gacha bo‘lgan yonilg‘i olish mumkin. Demak, oktan soni 
benzinlarning detonatsi- yaga chidamliligini bildiruvchi shartli o‘lchov birligi dir. 
Yuqoridagi fikrlarga ko‘ra, tarkibida 24 foiz geptan va 76 foiz izooktandan iborat 
aralashmaning detonatsiyaga chidamliligi, ya’ni oktan soni 76 ga teng bo‘ladi. 
Tekshirish quyidagicha bajariladi. Bir silindrli dvigatelga oktan soni 
aniqlanishi kerak bo‘lgan benzin quyiladi. Dvigatel standart rejimda ishlatiladi
so‘ngra ish davomida siqish darajasi detonatsiya bo‘lguncha asta-sekin oshirib 
boriladi. Detonatsiyaningjadalligi detonometr deb ataluvchi maxsus asbob 
yordamida qayd etiladi. Detonatsiya bo‘lgan siqish darajasi moslama yordamida 
belgilab olinadi. Shundan so‘ng dvigatelga etalon yonilg‘i quyiladi. Buning uchun 
izooktan va normal geptanning shunday aralashmasini tanlash kerakki, dvigatel u 
bilan 
ishlatilganida 
detonatsiyaningjadalligi 
sinaladigan 
benzin 
bilan 
ishlaganidagidek bo‘lsin. 
So‘nggi yillarda benzinning detonatsiyaga chidamligi motor usulidan tashqari 
tadqiqot usuli bilan ham aniqlanmoqda. Tadqiqot usuli bilan aniqlangan oktan soni 
motor usuli bilan aniqlanganidan 7-10 birlikka katta bo‘ladi. Agarda benzinning 
oktan soni tadqiqot usuli bilan aniqlangan bo‘lsa, benzin markasida «I» indeksi 
yozi- ladi, masalan, AI-93. Mana shu ikki usul bilan aniqlangan oktan sonlarining 
farqi benzinning sezgirligi deyiladi. U benzinning fizik va fraksion tarkibiga 
bog‘liq. 
Detonatsiyaga chidamliligi izooktandan ham yuqori bo‘lgan uglevodorodlar 
va ba’zi organik moddalar aniqlangan. Chunonchi, triptanning detonatsiyaga 
chidamliligi 104 birlikka, toluolniki 103 ga, etil spirti va benzolniki esa 106 ga teng. 
Detonatsiyaga chidamliligi izooktannikidan past bo‘lgan uglevodorodlar ham bor. 
Masalan, oktanning oktan soni 20 ga, dekanniki 53 ga teng. Demak, xususiy 
uglevodorodlar va organik moddalar dvigatelda izooktandan yaxshiroq ishlaydi, 
oktan hamda dekan esa geptandan yomonroq ishlaydi. 

Download 339,21 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 339,21 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Benzinning detonatsiyaga chidamliligini baholash

Download 339,21 Kb.
Pdf ko'rish