soniga ega bo‘lmaydi. Shu tufayli yonilg‘ining detonatsiyaga qarshi chidamliligini
oshirish uchun maxsus usullardan foydalaniladi.
Benzinlarning oktan sonini yonilg‘ining kimyoviy tarkibini o‘zgartirib yoki
yonilg‘iga maxsus qo‘shilmalar - antidetonatorlar qo‘shish bilan oshirilmoqda.
Antidetonatorlar benzinning detonatsiyaga chidamliligini oshirish uchun unga
qo‘shiladigan moddalardir. Antidetonator sifatida tetraetilqo‘rg‘oshin (TEQ) Pb
(C
2
H
5
) keng ishlatiladi, u quyuq, rangsiz juda zaharli suyuqlik bo‘lib, zichligi 1,659
g/sm3, suvda erimaydi, neft mahsulotlarida yaxshi eriydi.
TEQning antidetonatorli mexanizmi ta’siri quyidagicha namoyon bo‘ladi:
qo‘rg‘oshin oksidning hosil bo‘layotgan uglevodorodlarning gidroperoksidlari bilan
ta’sir etishi natijasida gidroperoksidlar parchalanadi va oksidlanishning zanjirli
reaksiyasi uziladi. TEQning kamchiliklaridan biri shuki, uning yonish kamerasidan
to‘la chiqarib tashlashning qiyinligidadir, uni
qoldiqlari yonish kamerasi
devorlarida, porshen tagida, chiqaruvchi klapanlarda, svechalar elektrodlarida
qurum shaklida qolib ketadi va dvigatel ishini yomonlashtiradi, ishlash imkoniyatini
kamaytiradi. Buni kamaytirish maqsadida TEQga bromli va xlorli birikmalar
qo‘shiladi, ular qo‘rg‘oshinni chiqaribyuboruvchi deyiladi. Bu aralashma etil
suyuqligidan iborat, tarkibiga etillangan benzinni etillanmaganidan ajratish uchun
qo‘shimcha bo‘yoq modda ham qo‘shiladi.
Tetrametilqo‘rg‘oshin (TMQ) TEQga nisbatan biroz afzalroqdir.
Buning
sababi shuki, TEQ tez parchalanadi, natijada hosil bo‘lgan aktiv radikallarning bir
qismi unumsiz sarflanadi. TMQning issiqlikka chidamlilik xususiyatiga ega ekanligi
tufayli u maksimal peroksidlar (birikmalar) hosil bo‘lgan paytda par- chalanib,
zanjirli reaksiyani to‘xtatadi. TEQ va TMQdan samarali foydalanish uchun
antidetonatorlar tarkibiga marganes birikmalari kiritiladi.
Hozirgi kunda etillangan benzinlami yuqori oktanli benzinlarga almashtirish
ustida izlanishlar olib borilmoqda. Chet elda shunday yuqori oktanli benzinlardan
trebutilmetilli efir (TBME) ishlatildi, u izobutenni metanol bilan ta’sir etish yo‘li
bilan olingan. Efir 55°C da qaynaydi, uning oktan soni tadqiqot usuli bilan 115-135,
motor usuli bilan 98-100 ga teng.
U zaharli emas, benzinda yaxshi eriydi, suvda
yomon eriydi. Benzinga 11 foizli TBME qo‘shilsa, etillanmagan AI-93 benzini
olinadi va unga yana 15-20 foiz past oktanli komponentlar qo‘shish mumkin. Bunda
dvigatelning yurgizish harorati 8-12°C ga pasayadi va chiqarilgan gazning zaharli-
ligi pasayadi. Efirning yonish issiqligining pastligiga (35200 kJ/kg) qaramasdan,
dvigatelning tejamkorligi pasaymaydi.
Agarda oktan soni 100 dan yuqori bo‘lsa, bu izooktanga yana ma’lum
miqdorda tetraetilqo‘rg‘oshin antidetonatori qo‘shib detonatsiyaga turg‘un
ekvivalent aralashma hosil qilinganligini ko‘rsatadi. Masalan, benzinning oktan soni
110 ga teng bo‘lsa, benzinning detonatsiyaga chidamliligi izooktanga teng va unga
qo‘shimcha (hajmi bo‘yicha) 10 foiz tetraetilqo‘rg‘oshin aralashtirilganligini
bildiradi.
TEQ va TMQga nisbatan samarali bo‘lgan, tarkibiga
marganes birikmalari
kiruvchi antidetonatorlardan ham foydalanilmoqda. Bunday antidetonatorlar
jumlasiga siklopentadiyeniltrikarbonil- marganes C5H5Mn(CO)3 STM va uning
gamogeni metilsiklopentadiyeniltrikarbonilmarganes CH
3
C
5
H
4
M
n
(CO)
3
MSKM
kiradi. Ular toza benzinlarning detonatsion chidamliligini oshirish bilan birga,
tarkibida TEQ bo‘lgan benzinlarning ham detonatsiyaga chidamliligini
oshiradi.Benzin tarkibidagi komponentlaming kimyoviy ta’sirlashishi, avvalambor,
to‘yinmagan uglevodorodlarning oksidlanishi natijasida, benzin o‘z xususiyatlarini
o‘zgartirishi mumkin. Termik va katalitik kreking
usulida olingan benzinlarni
tashish va saqlashda benzin tarkibidagi olefinlar oksidlanadi va naften kislotalar
hamda smolalar hosil qiladi. Natijada ma’lum vaqt o‘tishi bilan benzinning
kislotaliligi ortadi va rangi dastlab sariq, keyinchalik esa och jigarrang tusga kiradi.
Shu bilan birga, benzin saqlanayotgan idish devorlarida smolasimon moddalar
qatlami hosil bo‘ladi.
Yonilg‘i tarkibidagi smolalar yonilg‘i baklariga va quruvlar devorlariga
o‘tiradi, karburatorli dvigatellar jiklorlarini berkitib qo‘yadi. Smolali birikmalar
karburatorli dvigatellar chiqarish kollektorlarining
issiq devorlarida, klapanlar va
porshenlar tubida, yonish kamerasida, porshen ariqchalarida va boshqa joylarda ham
to‘planadi. Qurumlar ko‘p to‘planganda dvigatel detallarining yeyilishi ortadi,
yonilg‘ining yonish jarayoni yomonlashadi, yonilg‘i sarfi ortadi, ba’zan dvigatel
butunlay ishdan chiqadi.
Yonilg‘ining oksidlanish va smolalar hosil bo‘lishiga moyilligi induksion daw
bilan baholanadi. Induksion davr deganda, quruq va toza kislorod muhitida 0,7 MPa
bosim ostida hamda 100°C haroratda benzinning o‘z tarkibini o‘zgartirmasdan
(oksidlanmasdan) saqlanish davri tushuniladi. Bu davr minutda o‘lchanadi.
Turli
mar- kadagi benzinlar uchun induksion davr qiymati 600-900 daqiqaga, sifat belgisi
berilgan benzinlar uchun 1200 minutga teng.
Benzinning ruxsat etilgan saqlash muddatining minimal qiy- mati (yarim yil)
yonilg‘ini saqlash noqulay bo‘lgan janubiy iqlim sharoitiga (bochkalarda), saqlash
muddatining maksimal qiymati (6 yil) esa yonilg‘ini saqlash qulay bo‘lgan shimoliy
sharoitiga (yer ostiga joylashtirilgan sig‘imlarda) to‘g‘ri keladi.
Benzinning smolaliligi uning tarkibidagi haqiqiy smolalar miqdori bilan
aniqlanadi. Standartlarda haqiqiy smolalaming miqdori me’yorlanadi. Ularni
aniqlashning mohiyati ma’lum miqdordagi yonilg‘ini issiq havo bilan yuqori
haroratda (150°C) bug‘lantirishdan iborat. Yonilg‘i bug‘latilganidan keyin qolgan
qoldiq smola miqdorini bildiradi. U 100 ml yonilg‘i hisobiga milligrammda
o‘lchanadi. 100 ml yonilg‘i tarkibidagi smola miqdori benzinning turli markalari
uchun quyi- dagi qiymatlardan ortmasligi lozim: A-72 va A-76 markalardagi
benzinlar uchun 15 mg; AI-93 markali benzinlar uchun 10 mg.
Agar haqiqiy smolalaming miqdori standartlarda ko‘rsatilgan- dek bo‘lsa,
dvigatellar ko‘p miqdorda smola va qurum hosil qilmasdan uzoq muddat ishlaydi.
Ko‘pincha yonilg‘i tarkibida smolalar ancha ko‘p bo‘ladi. Agar u me’yordan ikki-
uch marta ko‘p bo‘lsa, karburatorli dvigatelning motoresursi 20-25 foiz kamayishi
isbotlangan.
Agar benzin tarkibidagi haqiqiy smolalar miqdorining
ortishiga qarshi zarur
chora-tadbirlar ko‘rilmasa, bir necha haftadan so‘ng benzin tarkibida smolalar pay
do bo‘lishi mumkin. Shuning uchun tarkibida termik yoki katalitik kreking
fraksiyalar bo‘lgan benzin tarkibiga zavod sharoitida maxsus oksidlanishga qarshi
qo‘shil- malar (antioksidlovchilar) qo‘shish lozim. Antioksidlovchilar (in-
gibitorlar) sifatida yog‘ochli smolalar (0,05-0,15 foiz), FCH-16 (0,03-0,10 foiz)
yoki
paraoksidifenilamin
(0,007-0,10
foiz)lar-
dan
foydalaniladi.
Bu
antioksidlovchilarni benzinga ko‘rsatilgan miqdorda qo‘shish benzinning induksion
davrini bir necha barobar orttiradi, benzinning tarkibida smola hosil bo‘lish
jarayonini birdaniga pasaytiradi va benzinlar uzoq muddat saqlashga yaroqli
bo‘ladi.
2.2-jadval