• 2.4. Yonilg‘ining normal va detonatsion yonishi
  • Avtomobil benzinining fraksion tarkibini haydash usulida aniqlash natijalari




    Download 339,21 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet4/9
    Sana13.12.2023
    Hajmi339,21 Kb.
    #117721
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    3 NAZARIY MALUMOTLAR

    Avtomobil benzinining fraksion tarkibini haydash usulida aniqlash natijalari 
    Tegishli harorat, °C 
    Qoldiq, 

    Yo‘qotis
    h, % 
    BH 10 

    20 

    30 

    40 

    50 

    60 

    70 

    80 

    90 

    OH 
    96,5

    39 70 83 95 10

    11

    12

    13

    15

    17

    193 1,4 
    2D 


    Standartlar va sifat pasportlari 2.1- jadvalda keltirilgan barcha ma’lumotlami 
    o‘zida mujassamlashtirmaydi, balki eng muhim ma’lumotlargina qayd etiladi. Bular 
    - yonilg‘i haydash vaqtidan benzinning qaynay boshlash (BH) va qaynab bug‘lanish 
    oxiridagi (OH) harorat, 10, 50 va 90 foiz benzinning qaynab bug‘lanish haroratlari 
    (f , t , f ), shuningdek, haydash jarayonida yo‘qotiladigan va sinashdan so‘ng 
    qoladigan benzinning foizdagi ulushi. Standartlarda dizel yonilg‘ilarining fraksion 
    tarkibini tavsiflashda uch-to‘rttagacha ko‘rsatkichdan, ba’zi markalar uchun esa 
    hatto ikkita ko‘rsatkichdan foydalaniladi. Benzinning fraksion tarkibi aniq 
    bo‘lganida uning bug‘lanuvchanlik xossasi bo‘yicha standart talablariga mos 
    kelishini nazorat qilish osongina amalga oshiriladi. Buning uchun yonilg‘i haydash 
    natijasida olingan haqiqiy ma’lumotlar standartning texnik talablari bilan 
    solishtiriladi. 
    2.4. Yonilg‘ining normal va detonatsion yonishi 
    Yonilg‘ining yonishi dvigatelda sodir bo‘ladigan asosiy ja- rayondir. 
    Dvigatelning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari silindrda yonilg‘ining yonish jarayoni 
    qanday kechishiga bog‘liq. Yonish jarayonining to‘g‘ri kechishi bir qator omillarga 
    bog‘liq. Jumladan, dvigatelning konstruktiv xususiyatlari, yonilg‘ining kimyoviy 
    tarkibi, ishchi aralashmaning tarkibi, bosim va harorati, uchqun berilishi va 
    boshqalar. 
    Siqish taktining oxirida svechadan uchqun chiqqanida alanga- lanishdan oldin 
    yonilg‘ining oksidlanish reaksiyalari sodir bo‘ladi va dvigatelning yonish 
    kamerasidagi ish aralashmasi o‘t oldirish svechasi yaqinida yona boshlaydi. Ish 
    aralashmasining yonishi va yonish jarayoni normal kechganida yonilg‘ining bir 
    qismi alangalanib, alanga frontining siljishi ishchi aralashmaning issiqlik o‘tka- 
    zuvchanligi, issiqlik uzatish va nur tarqatish hisobiga kengayib boradi. 
    Yonish natijasida bosim oshadi va aralashmaning yonmagan qismi alanga oldiga 
    siljiy boradi. Normal yonishda alanga 25-40 m/s tezlikda tarqaladi. Yonish tezligi 
    harorat va bosim ko‘tarilishi, shuningdek, ishchi aralashma biroz quyuqlashishi 
    bilan yana-da ortadi. Yonish tezligining maksimal qiymati havoning ortiqchalik 
    koeffitsiyenti (a/0,93-0,95)ga to‘g‘ri keladi. 
    Normal yonishda butun yonish davrida yonish tezligi taxminan bir xil bo‘ladi, 
    dvigatel silindridagi bosim esa yonish mahsullarining kengayishi natijasida asta-
    sekin ortadi va y. ch. n. yaqinida maksimal qiymatga erishadi. Porshen p. ch. n. ga 
    qarab siljiydi, yonish mahsullari egallagan hajm kengayadi, natijada dvigatel ravon 
    va normal ishlaydi. 
    Dvigatel tirsakli valini aylanish chastotasining oshib borishi ishchi 
    aralashmani uyurma to‘lqinli harakatini kuchaytiradi, bu esa alanga fronti sirti va 


    yonish tezligini oshiradi. Dvigatel silindrida aralashmani normal yonishida bosim 
    bir tekisda o‘sib boradi (2. 3- rasm). 

    Download 339,21 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 339,21 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobil benzinining fraksion tarkibini haydash usulida aniqlash natijalari

    Download 339,21 Kb.
    Pdf ko'rish