16-LABORATORIYA MASHG`ULOTI. YUSSX USULIDA DORI
PREPARATLARINING MIQDORINI ANIQLASH.
Laboratoriya mashg‘ulotining rejasi
. 1. YUSSX qurilmasiga dori moddasi namunasini kiritish.
2. YUSSX taxlilda dori vositasining miqdoriy tahlilini
amalga oshirish
YUSSX usulida dori preparatining miqdorini aniqlash.
Boshqa xromatografik usullarga o‘xshash YUSSX usulda dori vositalarini sifatini aniqlash bilan bir
qatorda miqdoriy tahlilini olib borish mumkin. Hosil bo‘ladigan piklarni hajmi, yuborilgan moddaning
hajmiga to‘g‘ri proporsionalikka bog‘liqdir.
Gaz
xromatografiyasiga asosan, bu usulda ham piklarni hajmini aniqlashda
pikning balandligini
uning o‘rta kengligining yarim qiymatini ko‘paytmasi bilan yoki elektron integrator yordamida aniqlash
mumkin.
Miqdoriy tahlil usulini olib borish ayrim kamchiliklardan holi emas.
Bular kolonkaga shprits
yordamida yuborilganda namunani to‘liq kolonkaga tushmasligi yoki kolonkadagi
bosimni kuchligiga
asoslanib shprits porshenlariga teskari ta’sir natijada ma’lum miqdorda moddalarn yo‘qotilishini kuzatish
mumkin. SHuning uchun miqdoriy tahlil natijalarini aniq olib borish maqsadida ichki standart eritma bilan
taqqoslab olib borishni keng yo‘lga qo‘yilgan. Bunda taqqoslovchi sifatida mos standart moddani tanlash
kerakki, u hosil qiladigan pik aniq masofada bo‘lishiga erishishga harakat qilish kerak. Ana shu standart
moddaning pikiga nisbatan olib borilgan tahlil natijasida yuqorida keltirilgan xatoliklarni oldini olishga
erishiladi.
YUSSX tahlilda detektorni ko‘rsatkichi moddaning konsentrsiyasiga to‘g‘ri proporsionaldir. O‘zi
yozib beradign moslama tekshiriluvchi moddani konsentrsiyasini o‘zgarishini va uni hosil bo‘lish vaqtni
ќisobga oladi.
Detektorni ko‘rsatmasi har bir aniqlanuvchi moddaga aloќida spektral xususiyatni olishni tavsiya
etiladi.
Hosil bo‘lgan spektral chizmalardagi cho‘qqilarni sifatini tahlil qilishda:
1.
CHo‘qqilarni yuzasini yoki balandligini planimetrik usulda o‘lchash.
2.
Xromatogrammadagi cho‘qqi chizmasi konturu bo‘yicha
qirqib olib,
uni tortish usulida olib
borish.
3.
CHo‘qq chizmasi balanligini uning balandligi yarmidagi kengligiga μ
1/2
ko‘paytmasi bilan S=h.
μ
1/2
.
4.
Balandlikni bir nechta darajalarida o‘lchalgan kenglikning o‘rtacha qiymatiga ko‘paytirish.