• «Turon» truppasi a’zolari. XX asr boshi
  • Teatrlashtirilgan tomoshalar




    Download 1.8 Mb.
    bet1/3
    Sana24.03.2024
    Hajmi1.8 Mb.
    #175748
      1   2   3
    Bog'liq
    TEATRLASHTIRILGAN TOMOSHALAR
    u65u56uli, BO’LINISH ALOMATLARI, Jaxongir, kurs loyha print 7 variant, Azot va uning birikmalarini olinish va xossalari, 2023-11-16-06-45-28 ef0f5a7daf730f1bdb02fe9720d3193e, Topshiriq ikki qismdan iborat bo, Dars ishlanma, KONTSERTLARNI TASHKIL ETISH VA UNING TURLARI, Zamonaviy mehnat marosimlari va bayramlari, O\'zbekistonda o’tkaziladigan bayram va tomoshalar, Qumli joylarda yo‘llarning o‘ziga xosligi, 05 09 02 Geotexnika-Yo‘llar-yo‘llarni-raqamlashtirish-va-yo‘l-harakati-xavfsizligi.-Yo‘l-telematikasi-yo‘nalishlari-bo‘yicha, ИЁД амалий туплам

    TEATRLASHTIRILGAN TOMOSHALAR

    Reja:

    • Yopiq binoda ommaviy teatrlashtirilgan tomoshalar.
    • Ochiq maydondagi ommaviy teatrlashtirilgan tomoshalar.
    • Teatrlashtirilgan karnaval namoyishi.
    • Ko`cha va maydonlarda o`tkaziladigan tomoshalar.
    • Stadionlarda o`tkaziladigan teatrlashtirilgan tomoshalar.

    Teatrlashtirilgan tomosha deb, teatr va dramaturgiya qonunlari asosida tuzilgan badiiy obrazli kompozitsiyaga ega bo`lgan madaniy-ommaviy tadbirga aytiladi.


    Bu tushunchani keng ma`noda va asl ma`nosida izohlash mumkin.

    Buning uchun teatr spektakli va ommaviy tomoshalarni bir-biriga taqqoslab ko`ramiz va teatrlashgan tomoshaning mohiyatini ochishga harakat qilamiz. Birinchidan, teatr tomoshalari spektakllarining asosini p’esa tashkil etib, u insoniyat hayotida uchragan yoki uchrashi mumkin bo`lgan voqealarni badiiy obrazlar orqali aks ettiradi, ommaviy tomoshalar asosini esa stsenariya tashkil etib, u real hayotda bo`layotgan muhim voqealarga va mahalliy turmush muammolariga bag`ishlanadi.


    «Turon» truppasi a’zolari. XX asr boshi
    Ikkinchidan, p’esa qachon yozilganidan qat`i nazar, lozim topilsa, har bir teatr sahnalashtirishi mumkin, ommaviy tomosha stsenariyasi esa ma`lum bo`lganidek, konkret sharoit, ma`lum auditoriya uchun, aniq vaqtda faqat bir marta tashkil qilinadi.
    Uchinchidan, teatr spektakllarida dunyodagi tipik voqea asosida «ikkinchi dunyo», ya`ni badiiy sahnaviy asar vujudga kelsa, ommaviy teatrlashtirilgan tomoshalar esa, real hayotning kundalik muhim voqealarni o`zining badiiy hujjatli shakllari asosida teatrlashtiradi.

    To`rtinchidan, spektakl’ aktyorlar tomonidan sahnada - «to`rt devor» ichida ijro etilib, uni faqat omma tomosha qiladi, teatrlashtirilgan ommaviy tomoshalar esa ommaning ishtiroki bilan o`tadi.


    Klub faoliyatida bu ikki xil tomoshalardan ham keng ko`lamda foydalaniladi. Birinchisi: teatr tomoshasi — spektakllar badiiy havaskorlik drama kollektivlari ish jarayonida tayyorlanadi. Ikkinchisi — ommaviy teatrlashgan tomoshalar muhim sanalarga bag`ishlangan bo`lib, havaskorlar kuchi bilan maxsus tayyorlanadi.

    Download 1.8 Mb.
      1   2   3




    Download 1.8 Mb.