Qalqovuchli kameradan aralashtirish kamerasiga
uzatiladigan benzin miqdori
benzinning qovushoqligiga va zichligiga bevosita bog‘liq.
Yonilg‘ining zichligi deganda, hajm birligiga to‘g‘ri keladigan yonilg‘i
massa- si tushuniladi. Avtomobil benzinlarining zichligi 690-810 kg/m3 oralig‘ida
bo‘ladi.Yonilg‘i zachligi haroratning o‘zgarishi ta’sirida kam o‘zgaradi. Havo
harorati har 10° ga pasayganida, yonilg‘ining zichligi faqat 1
foizga
ortadi.Yonilg‘ining qovushoqligi (yopish- qoqlik, ichki ishqalanish) suyuqliklarning
ular oqimini yuzaga keltiruvchi tashqi kuchlar ta’siriga qarshiligini ifodalovchi
xossadir.
Qovushoqlik, asosan, harorat va yonilg‘i tarkibiga bog‘liq. Yonilg‘ining
qovushoqligiga ko‘ra absolut (dinamik va kinematik) va shartli qovushoqlik tu-
shunchalari ishlatiladi. Yonilg‘ining qovushoqligi maxsus asboblar - viskozimetrlar
yordamida aniqlanadi.
2. 2- rasm. Benzin qovushoqligining haroratga bog‘liqlik grafigi
:
1 - A-66 (yozgi); 2 - A-76 (qishki); 3 - A-66 (qishki).
Shunday qilib, avtomobil benzinlarining zichligi, sirt taranglik kuchi va asosan
qovushoqligi ishchi aralashma hosil bo‘lishiga ta’sir etadi, shuning uchun aralashma
tarkibini rostlovchi qismlarni sozlashda bu ko‘rsatkichlami inobatga olish zarur.
Shuningdek, karburatorlami sozlashda yonilg‘ining
yonish issiqligini ham
hisobga olish lozim. Yonilg‘ining yonish issiqligi deganda, 1 kg suyuq yoki 1 m
3
gazsimon yonilg‘i to‘la yonganida ajralib chiqadigan issiqlik miqdori tushuniladi.
Yonilg‘ining yonish issiqligi qancha yuqori bo‘lsa, avtomobilning 1
km bosib
o‘tadigan masofasi yoki 1 soat ish vaqti uchun sarflanadigan yonilg‘i miqdori
shuncha kam bo‘ladi. Avtomobil benzinlari uchun yonish issiqligi 43500-44500
kJ/kg oralig‘ida bo‘ladi.