• Gidravlika fanining o`rganish sohasi
  • 1-mavzu. Gidravlika fanining tarixi va rivojlanishi




    Download 276.71 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/6
    Sana10.04.2023
    Hajmi276.71 Kb.
    #50160
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1-MA\'RUZA
    2016 kvant, 5Практическое занятие, 098981ab6b55a7d9317c024970b18133 Ma`lumotlar bazasi Sh Nazirov, A Ne`matov, R Qobulov, N Mardonova, Календарный план, dreamweaver mx imkoniyatlaridan fojdalanib orgatuvchi dasturlar yaratish metodikasi , 8- MAVZU, javoblar varaqasi, Qobilyat va kasb, Elshod tjmo, etq mustaqil ish, Abduaziz work, Tiggo-7-Pro-price-UZ, 4. Тажриба - МТА (lot)-2022й., 2


    1-MAVZU. GIDRAVLIKA FANINING TARIXI VA RIVOJLANISHI 
    REJA: 
    1.1. Gidravlikaning o`rganish sohasi. 
    1.2. Gidravlikaning qisqacha tarixi. 
    1.3. Gidravlikaning hozirgi zamon mashinasozligida va qishloq xo`jaligida to`tgan 
    o`rni va qo`llanishi 
    1.4. Suyuqliklar to`g`risida asosiy tushunchalar. 
    1.5. Gidrostatik bosim va uning xossalari. 
    1.6. Suyuqliklarning fizik xossalari. 
    1.7. Suyuqliklarda ishqalanish uchun Nyuton qonuni. Qovushoqlik. 
    TAYANCH IBORALAR: 
    Bosim, bug` mashinasi, buldozirlar, gazsimon, gidravlika, gidromashinalar, 
    gidromexanika, gidromufta, gidrotexnika, gidrotransformator, gidrouzatmalar, 
    gidroyuritmalar, differentsial tenglamalar, ideal suyuqlik, inertsiya, irrigatsiya
    qarshilik, qattiq jismlar tashqi kuchlar, kimyoviy ishlab chiqarish jarayonlari va 
    mashinalari, qovushqoqlik kuchi, qonun, quvurlar, qurilmalar, kuchlar, loyihalash, 
    massali kuch, matematika, mashinalar, muvozanat holati, muvozanat, nasos, neft 
    mexanikasi, neft, og`irlik, oquvchanlik, paxta terish mashinalari, porshenli nasos
    Prandtl, rezervuar, saqlagichlar, siquvchi kuchlanish, simob, sirt taranglik kuchi, 
    sirtqi kuch, spirt, suv ta'minoti va kanalizatsiya, suv, suyuqlik, tajriba, tegirmonlar,
    texnika, tog`-kon sanoati, tomchilanuvchi, tomchisimon suyuqliklar, traktorlar, turli 
    moylar, tutash jismlar, o`rtacha tezlik, hajm, harakat, harakat qonunlari, harorat, 
    hisoblash, charxpalak, cho`zuvchi kuch, empirik, energiya, erkin sirt.
    1.1. Gidravlika fanining o`rganish sohasi 
    Suyuqlik qonunlarini ikkita fan o`rganadi: ulardan birinchisi nazariy 
    gidromexanika bo`lib, suyuqlik muvozanati va harakati qonunlarini aniq 
    matematikaga asoslanib, ularni differentsial tenglamalar bilan ifodalash va uni 
    yechishga asoslangandir. Ulardan ikkinchisi gidravlika bo`lib, u gidromexanikaning 


    qonunlarini amaliy jihatdan o`rganib, uni texnikaning har xil sohalariga tadbiq etish 
    bilan shug`ullanadi. 
    Gidravlika 
    o`z xulosalarini 
    suyuqlik 
    harakatining 
    soddalashtirilgan 
    sxemalarini qarash asosida chiqaradi va, odatda nazariy tenglamalarga empirik 
    koeffitsiyentlar kiritib, ularni tajribalar o`tkazish yo`li bilan aniqlaydi. Shuningdek, 
    gidravlika oqimning kesim bo`yicha o`rtacha tezligi va bosimning harakat 
    davomida yo`lning biror nuqtasidan ikkinchi nuqtasiga o`tganda qanday o`zgarib 
    borishini tekshirish bilan qanoatlanadi. Keyinchalik gidravlika bilan gidromexanika 
    fani o`zaro yaqinlashib, bir-birini to`ldiruvchi fanga aylandi. Bu narsa asrimiz 
    boshida ijod etgan olim L. Prandtlning nomi bilan bog`liqdir.
    Gidravlikaning 
    tadbiqi 
    sifatida 
    gidromashinalar, 
    gidroyuritmalar, 
    gidroyuritmalar bo`limi bo`lib, u suyuqliklarda kuchlarning tarqalishi va uning 
    harakat davomida o`zgarib borish qonunlarini har xil qurilmalar va mashinalarni 
    hisoblash hamda loyihalashga tadbiq etish bilan shug`ullanadi. 
    Gidravlika shuningdek, gidrotexnika, irrigatsiya, suv ta'minoti va 
    kanalizatsiya, neft mexanikasi, kimyoviy ishlab chiqarish jarayonlari va mashinalari 
    kabi bir qancha fanlarning asosi hisoblanadi. 
    Gidravlika va gidromashinalar fani asosan ikki bo`limga bo`lib o`rganiladi, 
    ya'ni gidravlika qismida tomchisimon suyuqliklarning siqilmaydigan muvozanat 
    holati va harakat qonunlari o`rganiladi; gidromashinalar qismida-gidravlik
    mashinalar tuzilishi, ishlashi, asosiy tavsiflari va hisob tenglamalari hamda ularni 
    loyihalash va ishlatishning asosiy qonunlari o`rganiladi. 
    Bu fan talabalarga suyuqliklarni saqlashda, saqlagichlarni loyihalash va 
    ishlatish, hamda ularni tashishda va quvurlar orqali jo`natishda, rezervuar va 
    quvurlarni hisoblash va loyihalash, hamda nasos stantsiyalarini, kompressor 
    stantsiyalarini loyihalash va ishlatishni o`rgatadi.

    Download 276.71 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 276.71 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu. Gidravlika fanining tarixi va rivojlanishi

    Download 276.71 Kb.
    Pdf ko'rish