|
3. Avtomobil benzinlarining bug‘lanuvchanligi va fraksion tarkibiBog'liq 3 NAZARIY MALUMOTLAR2. 3. Avtomobil benzinlarining bug‘lanuvchanligi va fraksion tarkibi
Yonilg‘ining bug‘lanishi uning suyuq holatdan gazsimon holatga tezlik bilan
o‘tish xususiyatidir. Bu, asosan, yonilg‘ining kimiyoviy tarkibi va uning to‘yingan
bug‘larining bosimiga bog‘liq. Yonilg‘i uglevodorodlarining molekular massasi,
zichligi va qaynash harorati ortishi bilan, uning bug‘lanishi yomonlashadi.
Yonilg‘ining yonilg‘i bakidan karburatorga uzatish ishonchliligi, ishchi aralashma
hosil bo‘lish tezligi va sifati bevosita yonilg‘ining qovushoqligiga bog‘liq.
Avomobil benzinlari dvigatelning oson ishga tushirilishi, dvigatelning tezda
qizishi, yonilg‘ining to‘la yonishi va, shuningdek, ta’minlash tizimida bug‘ tiqinlari
paydo bo‘lishining oldini olish uchun zarur bug‘lanuvchanlikka ega bo‘lishi lozim.
Bug‘lanish jarayonini dvigatellar ishlayotgan paytda bevosita kuzatish juda
murakkab jarayondir. Chunki hozirgi zamonaviy yonilg‘ilarning kimyoviy va
fraksion tarkibi murakkab tuzilishga ega, ishchi aralashmasi tayyorlash uchun
sarflanadigan vaqt juda ham qisqa (soniyasiga yuzdan bir, ba’zan mingdan bir ulush
miqdorida), shuningdek, ishchi aralashmasi hosil bo‘lishiga kon- struktiv va
ekspluatatsion omillar ham ta’sir etadi. Shuning uchun yonilg‘ilarning
bug‘lanuvchanligini aniqlash ularning fraksion tarkibiga asoslanadi.
Neft mahsulotining fraksion tarkibi deganda, uning tarkibidagi hajm yoki
massa foizlarida ifodalanadigan u yoki bu fraksiyalar- ning miqdori tushuniladi.
Benzin va dizel yonilg‘ilarining fraksion tarkibi neftni to‘g‘ridan to‘g‘ri haydashda
ishlatiladigan standart jihozlar yordamida aniqlanadi. Ixtiyoriy yonilg‘ining fraksion
tarkibini aniqlashda yonilg‘i hay dash vaqtidan benzinning hay da- la boshlashi
(BH) va haydalish tugallanishi oxiridagi (OH) harorat qayd etiladi. Oraliq
haroratlami esa Davlat standard asosida (ma’lum markalar uchun) yoki har 10 foiz
kondensat yig‘ilganida sinalayotgan yonilg‘i bo‘yicha ma’lumotlar bo‘lmaganida)
qayd etib boriladi. Fraksion tarkibini aniqlash natijalari jadval ko‘rinishida yozib
boriladi. A-76 benzinining fraksion tarkibini aniqlash natijalari 2. 1- jadvalda
keltirilgan.
2. 1- jadval
|
| |