yeyiladi, yonilg‘i ortiqcha sarflanadi, hatto dvigatelni ishdan chiqarishi ham
mumkin.
Benzinning kimyoviy tarkibi detonatsion yonishning asosiy sababi
hisoblanadi. Detonatsion yonish jarayoni organik peroksidli birikmalar hosil bo‘lish
nazariyasi asosidatushuntiriladi. Bu nazari- yaga binoan kislorod molekulalari
oksidlanish davrida uglevodorod radikaliga batamom birikadi va quyidagi tipdagi
peroksidli birikmalar hosil qiladi: dialkil-peroksid yoki gidroperekis. Bunda yonish
ikki fazaga bo‘linadi. Birinchi fazada harorat va bosim oshi- shi natijasida
uglevodorodlar alangasining oldi oksidlanishi bilan xarakterlanadi, ikkinchi fazada
alangali yonish davom etadi. Bu fazada aralashma yonishi va alanga fronti hosil
bo‘lishi natijasida oksidlanish tezligi keskin oshadi va aralashmaning yonmagan qis-
mida harorat hamda bosim yanada oshadi. Aralashma yonishining kengayishi
natijasida oksidlanish tezligi to‘zonli xarakterga o‘tadi va uning konsentratsiyasi
aralashmaning yonmagan qismida kritik miqdorni tashkil etadi. Mana shu paytda
aralashma portlab yonadi, ya’ni detonatsiya bilan yonadi. Bu holda alanganing
tarqalish tezligi sakrashsimon oshib boradi va tovush tezligidan oshib keta- di. Bu
paytda hosil bo‘lgan zarba to‘lqinlari alanga frontidan o‘zib ketmaydi, u bilan
to‘g‘ri mos qo‘shilib detonatsiya to‘lqinlarini kuchaytiradi. Ishchi aralashmaning
normal yonishida ham peroksidli birikmalar hosil bo‘ladi, ammo ularning
konsentratsiyasi aralashmaning yonmagan qismida kritik miqdorga ega bo‘lmaydi.
Dvigatelning ish sharoitini o‘zgartirish yo‘li bilan detonatsiyani birmuncha
kamaytirish mumkin, lekin butunlay yo‘qotib bo‘lmaydi. Detonatsiya bo‘lmasligi
uchun har bir turdagi dvigatel uchun benzinni to‘g‘ri tanlash lozim.