|
O'zbekistonning zaharli ilonlari, ularning tarqalishi va ahamiyati
|
bet | 1/4 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 3,84 Mb. | | #231648 |
Bog'liq 202 Bio Mo‘minjonova Muslima O'zbekistonning zaharli ilonlari, ularning tarqalishi va ahamiyati
Reja
1.Ilonlarning tuzilishi
2.zaharli ilonlarga tavsif.
3.Ilonlarni o‘rganishni ahamiyati.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Ilonlar (Ophidia yoki Serpentes) kenja turkumi. Ilonlarning gavdasi silindr shaklida, deyarli qismlarga bo'linmaydi. O'rmalab yurishga va katta-katta g'animlarini butunlay yutishgamoslashgan. Ilonlarning oyoqlari, oyoq kamarlari va to'sh suyagi yo'qolib ketgan, faqat bo'g'ma ilonlarda va ko'r ilonlarda chanoq kamari qoldiqlari saqlanib qolgan. Barcha tana umurtqalarida harakatchan qovurg'alari bor, bu qovurg'alar qorin qalqonlariga taqalib turadi. Qorin qalqonlarida teriosti muskullarining faoliyati tufayli harakatga kelib, ilonlarning o'rmalashiga yordam beradi. Ilonlarning umurtqalari soni 140 ta dan 435 ta gacha boradi.
Kobra — O‘zbekistondagi yirik zaharli ilonlardan biridir Tanasining uzunligi 125 sm, dumi 45 sm gacha. Rangi tana rangidan to‘q sariq, qo‘ng‘ir yoki qoragacha kuchli darajada o‘zgarib turadi. Ostki tomoni oq va tanasining oldingi tomonida ikki-uchta qora ko‘ndalang yo‘llari bor.
Yoshlarining orqasida uzunasiga qora rangli ko‘ndalang yo‘llari bor, ularning old tomonidagilari pastki yuzasiga o‘tib ketadi. Hindistonda yashaydigan kobralarning ensasida ko‘zoynakka o‘xshash naqshi bo‘lgani uchun ular ko‘zoynakli ilon deb ataladi.
Ilon zahari — zaharli ilonlarning zahar bezidan chiqadigan sargʻish yoki och yashil, hvdsiz tiniq suyuklik. Quritilgan I.z.ning 70—90% i murakkab oqsil moddalar, qolgani anorganik moddalardan iborat. Zahar tarkibida erkin aminokislotalar, yogʻlar, yogʻ kislotalar, har xil tuzlar bor; natriy, kalsiy, kaliy, rux, magniy, fosfor, kremniy, temir, kumush kabi elementlar ham uchraydi. I.z.da 15 ga yaqin oqsil moddalar borligi elektroforsz usulida aniqlanib bu moddalarning biologik xossalari turlicha ekanligi qayd qilingan. Ulardan biri odam yoki hayvonni oʻldirsa, ikkinchisi qonni ivitadi, uchinchisi qizil qon tanachalarini yemiradi, boshqasi esa organizmga hech qanday taʼsir koʻrsatmaydi. Koʻzoynakli ilon zaharidan nervga taʼsir etadigan modda — neytrotoksin, koʻlbor ilon va charx ilon zaharidan bir qancha fermentlar ajratib olingan. Ilon chaqqan odamning zaharlani-shida ana shu maxsus toksinlar va baʼ-zi- fermentlar asosiy rol oʻynaydi. Yaxshilab quritilgan va havo kirmaydigan qorongʻi joyda saklangan I. z. 15—20 yilgacha barcha xossalarini saqlab qoladi.
Kobralar va bu oilaning boshqa vakillarining yuqori jag'ida ikkita zaharli tish bor, har ikki tomonda bittadan. Bu tishlarning yivlari bor,
lekin kobralarning aksariyatida ular
yopiq va ichi bo'sh bo'lgan
naychalarni hosil qiladi. Zaharli bez
atrofida mushak joylashgan. Ilon tishlaganda,
mushak bezni bosib, zaharni tishlarga siqib chiqaradi, bu esa tishlarning yivlari orqali qurbonning tanasiga kiradi.
Kobra zahari odatda ta'sir qiladi asab tizimi qurbonlar va ularni falaj qiladi. Zahar nafas olish va yurak urishini boshqaradigan nerv markazlariga etib kelganida, jabrlanuvchi o'ladi.
|
| |